Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ermanov Farhod Oʻrozboyevich (1958-yil 30-aprel, Amudaryo tumani, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek siyosatchisi, senator. 2022-yildan Qora

Farhod Ermanov

Ermanov Farhod Oʻrozboyevich (1958-yil 30-aprel, Amudaryo tumani, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek siyosatchisi, senator. 2022-yildan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, 2018-yil 21-apreldan 2022-yil 17-dekabrgacha Xorazm viloyati hokimi.

Farhod Ermanov
 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi
Mansab davri
2022-yildan
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Qahramon Sariyev
 Xorazm viloyati hokimi
Mansab davri
2018-yildan – 2022-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ilgizar Sobirov
Vorisi Joʻrabek Rahimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 30-aprel 1958-yil (1958-04-30) (67 yosh)
Qoraqalpogʻiston
Mukofotlari
Mehnat shuhrati ordeni

Biografiyasi

Farhod Ermanov 1958-yil 30-aprelda Qoraqalpogʻiston ASSRning Amudaryo tumanida tugʻilgan.

Maʼlumoti oliy. 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi boʻyicha, 1996-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

1975—1976-yillarda Amudaryo tumani Mangʻit shahar profilaktika va dezinfeksiya boʻlimi xodimi.

1981—1995-yillarda avtomexanik, bosh muhandis, Amudaryo tumani „Mangʻit“ xoʻjaligi direktori, 1995—1998-yillarda Amudaryo tumani hokimi, 1998—2002-yillarda Amudaryo viloyati „Mangʻit“ fermer xoʻjaligi raisi.

2002—2004-yillarda Amudaryo tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi vazifalarida ishlagan.

2004—2007-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, 2007-yilda qisqa muddat Toʻrtkoʻl tumani hokimi bo'lib ishladi.

2007—2010-yillarda qayta Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri.

2010—2018-yillarda Beruniy tumani hokimi.

2018-yil 21-apreldan 2022-yil 17-dekabrgacha Xorazm viloyati hokimi.

2022-yil 17-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi etib tayinlandi.

Farhod Ermanov ShHTga aʼzo davlatlar hududlari rahbarlarining forumi doirasida turizmga doir bir qator tashabbuslarni ilgari surgan.

  • SHHTga aʼzo mamlakatlar hududlarining sayyohlik salohiyati namoyish qilish hamda sayyohlik yoʻnalishlari boʻylab oʻzaro axborot va matbuot turlarini tashkil etish;
  • Tashkilot hududida mavjud turistik salohiyatni targʻib qilish, turizm sohasidagi qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
  • Xorazmda SHHT mamlakatlari mehmonxona tarmogʻi filialini ochish kabilar shular jumlasidan.

Mukofotlari

Farhod Ermanov "Taʼlim homiysi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan

Yuqori