Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Lagranj (Lagrange) Jozef Lui (1736.25.1, Turin – 1813.10.4, Parij) – fransuz matematigi va mexanigi, Berlin Fanlar akademiyasi aʼzosi (1759) va prezidenta (1766

Joseph-Louis Lagrange

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jozef-Luis Lagrange
Tavalludi 25-yanvar 1736
Turin, Sardiniya Qirolligi
Vafoti 10-aprel 1813
Parij, Birinchi Fransiya imperiyasi
Fuqaroligi
  • Sardiniya
  • Fransuz imperiyasi


Lagranj (Lagrange) Jozef Lui (1736.25.1, Turin – 1813.10.4, Parij) – fransuz matematigi va mexanigi, Berlin Fanlar akademiyasi aʼzosi (1759) va prezidenta (1766—87), Parij Fanlar akademiyasining aʼzosi (1772). Peterburg Fanlar akademiyasining faxriy aʼzosi (1776). Matematikanini mustaqil oʻrgangan. Turin artilleriya maktabini tugatgan va 19 yoshida shu maktabda professor boʻlgan. 1787-yildan Parijda yashagan. Parij oliy oʻquv yurtlarida professor (1795). Lagranj Eylernshlari asosida Lagranj variatsion hisobning asosiy tushunchalarini ishlab chiqdi va variatsiyalar usulini yaratdi. Uning „Analitik mexanika“ asari (1788) analitik va nazariy mexanika taraqqiyotida muhim oʻrin tutdi. Bunda mumkin boʻlgan siljish prinsipining analitik ifodasini berdi va shunga asosan statikaning asosiy masalalarini yechdi. Dinamikada oʻzining asosiy prinsiplari (qarang D’Alamber Lagranj prinsipi)dan foydalanib, istagan sistemaning harakat tenglamasini yechdi; umumlashgan koordinatalarni kiritdi.

Yuqori