| Jesse Douglas | |
|---|---|
| | |
| Tavalludi | 3-iyul 1897-yil New York shahri, New York, AQSh |
| Vafoti | 7-sentyabr 1965-yil (68 yoshda) New York shahri, New York, AQSh |
| Fuqaroligi | AQSh |
| Mukofotlari | Fields medali (1936) Bôcher memorial mukofoti (1943) |
Jesse Douglas (talaffuzi: Jessi Duglas) (3-iyul 1897 — 7-sentyabr 1965) — amerikalik matematik. Douglas Plateau masalasiga topgan umumiy yechimi bilan tanilgan. 1936-yil Lars Ahlfors bilan birga ilk Fields medali bilan taqdirlangan.
Douglas 1897-yil New York shahrida yahudiy oilasida tugʻilgan. 1916-yil New York shahar kollejidan matematika boʻyicha bakalavr darajasini olgan. 1920-yil Columbia universitetidan PhD darajasini olgan. Douglas umrining oxirigacha New York shahar kollejida matematikadan saboq bergan.
Olim 1760-yilda Joseph-Louis Lagrange oʻrtaga tashlaganidan beri yechimi topilmay kelgan Platea masalasini hal qilgan. Masala „sovun pufagi masalasi“ nomi bilan ham maʼlum. 1943-yil Amerika matematika jamiyati Douglasni Bocher memorial mukofoti bilan taqdirlagan.
- 3-iyulda tugʻilganlar
- 1897-yilda tugʻilganlar
- 7-sentyabrda vafot etganlar
- 1965-yilda vafot etganlar
- 20-asr amerikalik olimlari
- Fields medali sovrindorlari
- Olimlar haqidagi chala maqolalar