Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Jamshid Abduxakimovich Xodjayev (1979-yil, Fargʻona viloyati,Qo‘qon shahrida tug‘ilgan) – oʻzbek moliyachisi va davlat arbobi. 2022-yil 30-dekabrdan buyon O‘zbe

Jamshid Xoʻjayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jamshid Xo'jayev
 Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri
 
Mansab davri
2022-yil 16-iyuldan
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Sardor Umrzoqov
Mansab davri
2017-yil 1-noyabrdan  2019-yil 28-yanvargacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Elyor Gʻaniyev
Vorisi Sardor Umrzoqov
 Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri
 
Mansab davri
2019-yil 28-yanvardan  2022-yil 16-iyulgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Bahodir Yusupov
Vorisi Aziz Voitov
 Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari
 
Mansab davri
2022-yil 16-iyul
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1979-yil 3-mart (1979-03-03) (47 yosh)
Qoʻqon, Fargʻona viloyati, OʻzSSR
Maʼlumoti Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Birmingem universiteti
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Ushbu maqola iqtisodchi haqida. Pedagog haqida Jamshid Xoʻjayev (pedagog) maqolasiga qarang.

Jamshid Abduxakimovich Xodjayev (1979-yil, Fargʻona viloyati,Qo‘qon shahrida tug‘ilgan) – oʻzbek moliyachisi va davlat arbobi. 2022-yil 30-dekabrdan buyon O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritadi.. 2024-yilda u “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Biografiyasi

Jamshid Xoʻjayev 1979-yilda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida tavallud topgan.

Taʼlimi

2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan "Umid" jamgʻarmasi stipendiyasi sohibi. 2002-yilda Yevropa davlat boshqaruvi institutini (EIPA) tamomlagan, shundan soʻng 2003-yilda Birmingem universitetida (Buyuk Britaniya) xalqaro iqtisodiy munosabatlar, davlat boshqaruvi boʻyicha magistrlik darajasini olgan. Ixtisosligi – xalqaro iqtisodiy munosabatlar, davlat boshqaruvi

Commerzbank (Germaniya), IMF (AQSh), Standard Bank (Janubiy Afrika), JPMorgan Chase (AQSh), Bank of Russia (RF), Natixis (Fransiya), KB Kookmin, (Janubiy Koreya), DBS (Singapur), Credit Suisse (Shveysariya) va boshqa koʻplab tashkilotlarning bir qator xorijiy treninglari va malaka oshirish kurslarini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

2000-yildan O‘zbekiston bank tizimida ishlagan. Turli yillarda "O‘zprivatbank," Markaziy bank, shuningdek, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida faoliyat yuritgan. 2017-yilda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan (manbalar: UzReport, CA Trade Forum).

2017-yil avgust oyida – Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari – Davlat byudjeti tushumlarining toʻliqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi lavozimida xizmat qilgan.

Tashqi savdo vaziri

2017-yil 29-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri tomonidan tasdiqlangan.

Qishloq xo‘jaligi vaziri

2019-yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jamshid Xodjayevni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinladi. Xodjayev rahbarligida, mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida hamda xalqaro tashkilotlar ko‘magida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi” ishlab chiqildi va keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlandi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligidagi faoliyati davomida O‘zbekiston nomidan xalqaro tarmoq platformalarida ishtirok etdi. 2020-yilda FAOning Yevropa bo‘yicha mintaqaviy konferensiyasining 32-sessiyasi raisi etib, 2020-yil dekabr oyida esa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining agrosanoat majmuasi masalalari bo‘yicha hukumatlararo kengashi (MDH ASM) raisi etib saylandi..

J. Xodjayev qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlagan yillarda Toshkent shahrida Buyuk Britaniyaning Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti (Royal Agricultural University) bilan hamkorlikda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil etilib, o‘z faoliyatini boshladi. Universitet vazirlik tashabbusi bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-maydagi PQ-237-sonli qarori asosida tashkil etilgan.

Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri

2022-yil 16-iyul kuni Qonunchilik palatasi deputatlari uning nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga ma’qullagan.

2022-yilning dekabr oyi oxirida Xodjayev Bosh vazir o‘rinbosari lavozimini saqlab qolgan holda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimidan ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari

2024-yil 21-noyabr kuni hukumatning yangilangan tarkibi shakllantirilganidan so‘ng, Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Vazirlar Mahkamasining rasmiy sahifasida u investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari sifatida qayd etilgan.

Investitsiyalarni jalb qilish‚ sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoni bilan Investitsiyalarni jalb etish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi raisi etib tayinlangan.

JST bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya raisi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-iyundagi PQ-181-sonli qaroriga muvofiq Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya raisi etib tayinlandi.

Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi raisi

2025-yilning may oyida Milan shahrida (Italiya) bo‘lib o‘tgan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Boshqaruvchilar kengashining 58-yillik yig‘ilishida Jamshid Xodjayev OTB Boshqaruvchilar kengashining 2025–2026-yillar uchun raisi etib tasdiqlandi.

2020-yil 1-sentyabrda – Xoʻjayevning nomzodi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi siyosiy kengashi aʼzosi sifatida tasdiqlangan.

Mukofotlari

2024-yil 24-avgustda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.

Yuqori