Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Artezian suvlari — bosim taʼsirida boʻlgan yer osti suvlarining bir turi, suv oʻtkazmaydigan qatlamlar oraligʻida hosil boʻladi, ular ochilganda suv burgʻi qudu

Artezian suvlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Artezian suvlari — bosim taʼsirida boʻlgan yer osti suvlarining bir turi, suv oʻtkazmaydigan qatlamlar oraligʻida hosil boʻladi, ular ochilganda suv burgʻi quduqlardan fontan shaklida otilib chikddi. Artezian suvlari Yevropada birinchi marta Fransiyaning Artua (lot. Artesium) provinsiyasida ochilgani uchun shu nomni olgan. Bunday quduqlar Xitoy va Misrda juda qadimdan maʼlum edi. Oʻrta Osiyoning sugʻoriladigan zonasi Turon payette-kisligi artezian havzalari tizimiga kiradi, uning tarkibida Sirdaryo va Amudaryo guruhlariga boʻlinadigan nisbatan kichik bir qancha havzalar bor. Har bir yirik artezian havzasining turli gorizontlaridagi suvlar turli xil kimyoviy tarkibga ega: oʻta minerallashgan xlorid tipli shoʻr suvlardan toki kam minerallashgan gidrokarbonat tipidagi suvlargacha uchraydi. Artezian suvlarining birinchi turdagi suvlari, odatda, havzaning juda chuqur qismlarida joylashgan boʻladi, mineral va termal suvlar manbai hisoblanadi; ikkinchisi — yuqori gorizontlarda joylashgan boʻlib, yaylovlarni suv bilan taʼminlashda (mas, Qizilqum yaylovlari, Qarshi choʻl va hokazo), ichimlik suvi olishda, ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi (qarang Artezian qudugʻi).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Yuqori