Abdulkarim Buxoriy (? — 1830-yil) — Buxoro amirligida yashagan tarixchi, geograf, sayyoh.
1804-yil amir Haydar Rossiyaga yuborgan elchilar safida taʼminotchi boʻlib Peterburg, Moskva va Astraxon (Hoji Tarxon) shaharlarida boʻlgan. 1807-yil Turkiyaga yuborilgan elchilar safida sarkotib boʻlib Istanbulga borgan va u yerda uylanib, umrining oxiriga qadar yashab qolgan.
Abdulkarim Buxoriyning Turkiston va Afgʻoniston tarixiga doir birgina asari bizgacha yetib kelgan boʻlib, u „Tarixi Nadimiy“ nomi bilan mashhur. Bu asarni fransuz sharqshunosi Sh. Shefer „Markaziy Osiyo tarixi“ deb nomlab, fransuz tilida Parijda nashr etgan (1876-yil).
- Alifbo boʻyicha olimlar
- Buxoro amirligida tugʻilganlar
- 1830-yilda vafot etganlar
- Istanbulda vafot etganlar
- Buxoro amirligi elchilari
- Buxoro amirligi tarixchilari