- Vikipediyada ismi Jahongir va familiyasi Vohidov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Jahongir Vohidov | |
| Jahongir Tohirovich Vohidov | |
| Tugʻilgan sanasi: | 1995-yil 27-aprel |
| Tugʻilgan joyi: | |
| Yashash joyi: | Toshkent |
| Unvoni: | Grossmeyster (2019), xalqaro usta (2017) |
| Maksimal reytingi: | 2564 (Avgust, 2022-yil) |
| Hozirgi reytingi : | 2586 (2016-yil) |
| Mukofotlari: | |
Jahongir Tohirovich Vohidov (1995-yil 27-aprel, Samarqand, Oʻzbekistonda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik shaxmatchi, 2014-yilda grossmeyster unvoniga sazovor boʻlgan. Tromso shahrida oʻtkazilgan 41-Butunjahon shaxmat olimpiadasi (2014-yil)da Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida dona surgan. Shaxmatning rapid yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston chempioni (2015-yil). Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasi gʻolibi. Oʻzbekiston iftixori medali sohibi.
Faoliyati
Jahongir 2013—2014- va 2015—2016-yillarda Hastings xalqaro shaxmat kongressining gʻolibi boʻlgan. Sportchi 2017-yilgi shaxmat bo'yicha Jahon kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan va musobaqaning birinchi bosqichida Peter Svidler tomonidan magʻlubga uchratilgan edi.
U, shuningdek, shaxmat boʻyicha 2021-yilgi Jahon kubogiga yoʻllanmasiga ega chiqadi. Turnirda 137-oʻrinni egallab, birinchi bosqichda Levan Pantsulaiani 1,5:0,5 hisobida magʻlub etgan. Ikkinchi bosqichda toʻqqizinchi raqam ostida tasniflangan Leinier Domínguez Pérezni 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchratishga muvaffaqa boʻladi. Uchinchi bosqichda esa Pavel Ponkratovdan magʻlubiyat qabul qilib olishga majbur boʻladi.
Vahidov 2022-yilgi Shaxmat Olimpiadasida soʻnggi turning hal qiluvchi oʻyinida 4-doskada Max Warmerdamni magʻlub etib, oʻyin natijasini Oʻzbekiston foydasiga hal qildi va ularga Olimpiadada gʻolib chiqish imkonini taqdim etdi. Ushbu olimpiadada sportchi oʻz doskasida individual natijalar boʻyicha oltin medalni ham qoʻlga kiritadi. Olimpiada doirasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari tarkibida, Jahongir Vahidov bilan birgalikda, Nodirbek Abdusattorov (18 yosh), Shamsiddin Vohidov (20 yosh), Javohir Sindarov (17 yosh), Nodirbek Yoqubboyev (20 yosh) kabi sportchilar ham mamlakat sharafini himoya qilishgan.
Natijalar jadvali
| Yil | Shahar | Turnir | + | − | = | Natija | Oʻrin |
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 2010 | Kuala-Lumpur | «3rd KL Open Chess Championship» | 5 | 3 | 1 | 5½ / 9 | |
| 2011 | Bandar-Seri-Begavan | «Brunei 2011 IM Tournament 1» | 3 | 0 | 6 | 6 / 9 | |
| Bandar-Seri-Begavan | "Brunei 2011 IM Tournament 2" | 4 | 0 | 5 | 6½ / 9 | ||
| Kuala-Lumpur | "Raja Nazrin Shah Invitational Masters Chess Championship" | 5 | 1 | 3 | 6½ / 9 | ||
| 2012 | Bandar-Seri-Begavan | «Brunei Invitational Grand Master Tournament 2012» | 5 | 0 | 4 | 7 / 9 | |
| 2013 | Dushanbe | «3rd Central Asia Cup» | 5 | 0 | 4 | 7 / 9 | |
| 2014 | Tromso | 41-Butunjahon shaxmat olimpiadasi | 5 | 3 | 1 | 5½ / 9 | |
| 2022 | Chennay | 44-shaxmat olimpiadasi | 5 | 0 | 3 | 6½ / 8 |
Mukofotlari
- Oʻzbekiston iftixori (2022-yil)
- Mardlik ordeni (2026-yil 28-sentyabr) — Mamlakatimizda, qadimiy Samarqand shahrida ilk bor o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashib, o‘zining yuksak professional mahorati, aql-zakovati, iroda va matonatini yaqqol namoyon etgani, dunyoning 200 dan ziyod davlatidan kelgan eng kuchli shaxmatchi va grossmeysterlar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shgani, shuningdek, respublikamizda sportni keng ommalashtirishda shaxsiy namuna ko‘rsatib kelayotgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptirish borasidagi katta xizmatlari uchun.
- 27-aprelda tugʻilganlar
- 1995-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda tugʻilganlar
- Mardlik ordeni sohiblari
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Shaxmatchilar
- Oʻzbekiston shaxmatchilari
- Yashayotgan insonlar
- Shaxmat grossmeysterlari
- Alifbo boʻyicha sportchilar