Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

2015-yilda Shamsiddin Vohidov 14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida gʻolib chiqdi. 2018-yilda tezkor shaxmat boʻyicha

Shamsiddin Vohidov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shamsiddin Vohidov

Tugʻilgan sanasi: 2002-yil 11-yanvar (2002-01-11) (24 yosh)
Tugʻilgan joyi: Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Unvoni: Grossmeyster (2020), xalqaro usta (2016)
Maksimal reytingi: 2536 (2021-yil)
Hozirgi reytingi : 2552
Mukofotlari:

Oʻzbekiston iftixori

Shamsiddin Vohidov (2002-yil 11-yanvar) – oʻzbek shaxmatchisi, grossmeyster (2020).

Tarjimai hol

2015-yilda Shamsiddin Vohidov 14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida gʻolib chiqdi. 2018-yilda tezkor shaxmat boʻyicha jahon chempionatida u shaxmat boʻyicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen ustidan olamshumul gʻalabaga erishdi. 2021-yilda u onlayn shaxmat boʻyicha Osiyo chempionatida gʻolib chiqdi va FIDE jahon Kubkasiga saralanib olindi. 2021-yil Sochida boʻlib oʻtgan jahon chempionatining 1-raundida Luka Paychadzeni 2:0 hisobida magʻlub etgan, 2-raundda esa Sergey Karyakinga xuddi shunday hisobda imkoniyatni boy bergan.

2021-yilning noyabr oyida Riga shahrida Shamsiddin Vohidov FIDE Grand Shveysariya turnirida 89-oʻrinni egalladi.

Turnirlardagi muvaffaqiyati uchun FIDE Shamsiddin Vohidovga 2016-yilda xalqaro usta (IM) va 2020-yilda xalqaro grossmeyster (GM) unvonlarini berdi.

Mukofotlari

  • Oʻzbekiston iftixori (2022-yil)
  • Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi (2026-yil 28-sentyabr) — Mamlakatimizda, qadimiy Samarqand shahrida ilk bor o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashib, o‘zining yuksak professional mahorati, aql-zakovati, iroda va matonatini yaqqol namoyon etgani, dunyoning 200 dan ziyod davlatidan kelgan eng kuchli shaxmatchi va grossmeysterlar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shgani, shuningdek, respublikamizda sportni keng ommalashtirishda shaxsiy namuna ko‘rsatib kelayotgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptirish borasidagi katta xizmatlari uchun.
Yuqori