| Ilir Meta | |
|---|---|
![]() | |
| Albaniya Prezidenti | |
| Mansab davri 2017-yil 24-iyuldan – 2022-yil 24-iyulgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Edi Rama |
| Oʻtmishdoshi | Bujar Nishani |
| Vorisi | Bajram Begaj |
| Albaniya Bosh vaziri | |
| Mansab davri 1999-yil 29-oktyabrdan – 2002-yil 29-yanvargacha | |
| Prezident | Rexhep Meidani |
| Oʻtmishdoshi | Pandeli Majko |
| Vorisi | Pandeli Majko |
| Albaniya Parlamenti spikeri | |
| Mansab davri 2013-yil 10-sentyabrdan – 24-iyul 2017-yilgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Jozefina Topalli |
| Vorisi | Valentina Leskaj (v.b.) |
| Albaniya tashqi ishlar vaziri | |
| Mansab davri 2009-yil 17-sentyabrdan – 2010-yil 17-sentyabrgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Sali Berisha |
| Oʻtmishdoshi | Lulzim Basha |
| Vorisi | Edmond Haxhinasto |
| Mansab davri 2002-yil 31-iyuldan – 2003-yil 18-iyulgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Fatos Nano |
| Oʻtmishdoshi | Arta Dade |
| Vorisi | Luan Hajdaraga (v.b.) |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1969-yil 24-mart Skrapar, Albaniya |
| Siyosiy partiyasi | Sotsialist Partiyasi (1990–2004) en:Socialist Movement for Integration (2004–2017) mustaqil (2017–present) |
| Turmush oʻrtogʻi | Monika Kryemadhi |
| Bolalari | Bora Era Besar |
Ilir Meta (1969-yil 24-mart, Chorovoda) – alban siyosatchisi, Albaniyaning sobiq prezidenti. 1999-yildan 2002-yilgacha Albaniya Bosh vaziri. 2002-yildan 2003-yilgacha va 2009-yildan 2010-yilgacha tashqi ishlar vaziri. 2013-yildan Albaniya parlamenti spikeri. Chap va oʻng hukumatlarda Bosh vazir oʻrinbosari, iqtisodiyot, savdo, energetika vaziri lavozimlarida ishlagan.
Biografiyasi
Tirana universitetining iqtisod fakultetining siyosiy iqtisod boʻlimini tamomlagan, aspiranturada ham tahsil olgan. Tirana universitetining Iqtisodiyot fakultetida oʻqituvchi boʻlgan. Bir qancha taniqli universitetlar va xorijiy akademiyalarda, jumladan Garvard universiteti, London iqtisodiyot maktabi va Berlindagi Yevropa akademiyasida maʼruzalar oʻqigan.
Albaniya Sotsialistik partiyasi (PS) aʼzosi sifatida Meta 1999-yildan 2002-yilgacha bosh vazir lavozimida ishlagan. Keyinchalik 2004-yilda Integratsiya uchun sotsialistik harakatga (LSI) asos solgan va partiyani boshqarishda davom etmoqda. 2009-yildan 2013-yilgacha LSI Demokratik partiya bilan hukumat koalitsiyasining aʼzosi boʻlgan.
2013-yilgi parlament saylovlaridan soʻng Ilir Meta 2013 yil 10 sentyabrda parlament spikeri etib saylandi. 2017-yil 28-aprelda Albaniya prezidenti etib saylandi. Uning nomzodi uchun 140 deputatdan 87 nafari ovoz berdi.
Anvar Xoʻja davridagi qatagʻonlarni qoralagan.
2021-yil 9-iyun kuni parlament prezidentga ishonchsizlik votumini eʼlon qildi. 104 nafari „maʼqul“, 7 nafari „qarshi“, 3 nafari „betaraf“ ovoz berdi. Yakuniy qaror Konstitutsiyaviy sud tomonidan uch oy ichida qabul qilinadi. Meta avvalroq impichment boʻyicha tergov qoʻmitasiga kelishdan bosh tortib, „konstitutsiyaga zid va noqonuniy institutdan kelgan har qanday soʻrovni eʼtiborsiz qoldirishini“ aytgandi.
Ilir Meta alban, ingliz va italyan tillarida gapiradi. Monika Kruemazi bilan turmush qurgan. Ularning Bora, Era va Besar ismli ikki qizi va bir oʻgʻli bor. 2017-yilda Albaniya prezidenti etib saylangan. 2017-yil 24-iyulda lavozimga kirishdi.
- 24-martda tugʻilganlar
- 1969-yilda tugʻilganlar
- Skraparda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
