Ibrat | |
|---|---|
| Shahar | |
| 40°33′14″N 71°8′48″E / 40.55389°N 71.14667°E | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| Rasmiy til(lar)i | oʻzbekcha |
| Aholisi (2022) | 32 ming |
| Milliy tarkib | 99.7% O'zbek |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| | |
Ibrat (Yangiqoʻrgʻon) — Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyati Buvayda tumanidagi shaharcha, tuman markazi. Tumanning janubida joylashgan. Tumanda 1 ta shaharcha (Yangiqo'rg'on),1 ta shaharcha va 40 dan ortiq MFYlar mavjud. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Bostonbuva. Qoʻqon shahridan 20 km sharqda joylashgan. Aholisi 32 ming kishi (2022). Pochta indeksi 151900.
Xoʻjaligi
Xoʻjaliklari Katta Fargʻona kanalidan suv oladi. Paxta tozalash, gʻisht zavodlari, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, MPT, kichik va xususiy korxonalar, mikrofirmalar, ipyigiruv va toʻquv, tikuvchilik trikotaj fabrikalari, meva va sabzavotni qayta ishlash, gilam toʻqish, vinochilik sexlari ishlab turibdi. Dehqon bozori, avtovokzal, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi.
Ijtimoiy soha
Qishloqda 3 ta umumiy taʼlim maktabi, 2 ta litsey-gimnaziya, nafis sanʼat, bolalar sport maktablari, kasb-hunar kolleji bor. Markaziy va bolalar kutubxonalari, sanʼat saroyi mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Fargʻona va Qoʻqon shahrilariga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.
- Oʻzbekiston geografiyasiga oid chala maqolalar
- Oʻzbekiston:Shaharchalar
- Fargʻona viloyati
- Buvayda tumani
