![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 1971-yil 3-dekabr | ||
| Tavallud joyi | Mannheim, Germaniya | ||
| Boʻyi | 1.89 m | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1978-1984 | FC Kollnau | ||
| 1984-1986 | FC Emmendingen | ||
| 1986-1989 | SC Freiburg | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1989-1993 | Bayer Leverkusen | 75 | (6) |
| 1993-1995 | Borussia Mönchengladbach | 55 | (28) |
| 1995-2004 | Borussia Dortmund | 128 | (41) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1990-1993 | Germany U-21 | 20 | (17) |
| 1995 | Germaniya | 5 | (1) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2007-2008 | Germaniya U-17 | ||
| 2008-2009 | Germaniya U-19 | ||
| 2009-2010 | VfL Bochum | ||
| 2011-2012 | SpVgg Unterhaching | ||
| 2015-2017 | Jahn Regensburg | ||
| 2017-2018 | Bayer Leverkusen | ||
| 2020-2021 | FC Augsburg | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Heiko Herrlich (1971-yil 3-dekabrda tugʻilgan) — nemis futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi, faoliyati davomida hujumchi sifatida oʻynagan. U oxirgi marta „Augsburg“ klubini boshqargan.
Faoliyati
Herrlich Germaniya Bundesligasida 258 ta oʻyin oʻtkazib(1989-2004), „Bayer 04“, „Borussia Mönchengladbach“ va „Borussia Dortmund“ jamoalari tarkibida 75 ta gol urgan. Dortmundning „Borussiya“ jamoasi bilan 1996 va 2002-yillarda Germaniya chempioni, 1997-yilda Chempionlar Ligasi va Qitʼalararo kubogi gʻolibi, „Borussiya Myonxengladbax“ jamoasi bilan esa 1995-yilda DFB-Pokal gʻolibi boʻlgan.
2000-yil kuzida uning miyasida xavfli oʻsma borligi aniqlandi. U radiatsion nur terapiyasi bilan muvaffaqiyatli davolandi va 2001-yilda Bundesligaga qaytd. Ammo futbolchi sifatidagi mavqeyini qayta tiklay olmadi. U bir qancha jarohatlardan soʻng 2004-yilda professional faoliyatini yakunlaydi.
Xalqaro faoliyati
1995-yilda Herrlich Germaniya terma jamoasi safida UEFA Yevro-1996 saralash oʻyinlarida jami beshta oʻyin oʻtkazgan. U Uelsga qarshi oʻyinda gol uradi, ammo jarohati tufayli final turnirini oʻtkazib yuboradi.
Murabbiylik faoliyati
Herrlich 2005-yilda murabbiylik litsenziyasini oldi va Borussiya Dortmundning yoshlar jamoasini boshqara boshladi. 2007-yil iyul oyida u Germaniya U-17 terma jamoasiga murabbiy etib tayinlandi va 2007-yilda Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi. 2009-yil 27-oktyabrda u Germaniya futbol assotsiatsiyasidan ozod qilinadi. Keyinchalik u 2009-yilning 27-oktyabridan 2010-yilning 29-apreliga qadar VfL Bochum bosh murabbiyi boʻladi. U Bochum jamoasidagi faoliyati davomida to‘rtta g‘alaba, sakkizta durang va 10ta mag‘lubiyat qayd etgan.
2011-2012-yilgi mavsum boshida u SpVgg Unterhachingga yangi murabbiy etib tayinlandi. U 2012-yilning 25-may kuni shaxsiy sabablarga koʻra klubni tark etdi. U SpVgg Unterhaching jamoasi bilan 13 gʻalaba, 8 durang va 19 magʻlubiyat qayd etgan.
2013-yilning 21-iyunida u „Bavariya“ U-17 jamoasining bosh murabbiyi bo‘ldi. 2015-yil iyun oyida Myunxenning „Bavariya“ yoshlar boʻlimi qayta tuzildi va Herrlich Myunxenni tark etdi.
2015-yil 20-dekabrda u Jan Regensburg jamoasiga murabbiy etib tayinlandi. Uning shartnomasi 2015-2016-yilgi mavsum oxirigacha tuzilgan boʻlib, agar Jahn 3-oʻringa koʻtarilsa, yana bir yilga uzaytirilishi rejalashtirilgan ediRegensburg klubi Herrlich hukmronligi davrida ketma-ket koʻtarilib, 2-oʻringa chiqib oladi.
2017-yilning 9-iyunida Herrlichning Bayer Leverkusenga yangi bosh murabbiy sifatida qaytishi malum boʻldi.
U 2020-yil 10-martda „Augsburg“ klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan va 2021-yil 26-aprelida jamoani tark etgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
| Klub | Mavsum | Liga | Germaniya kubogi | Yevropa | Boshqa | Jami | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Liga | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
| Bayer Leverkusen | 1989-90 | Bundesliga | 16 | 0 | 1 | 0 | — | — | 17 | 0 | ||
| 1990-91 | 18 | 3 | 1 | 0 | 3 | 1 | — | 22 | 4 | |||
| 1991-92 | 28 | 3 | 5 | 2 | — | — | 33 | 5 | ||||
| 1992-93 | 13 | 0 | 0 | 0 | — | — | 13 | 0 | ||||
| Jami | 75 | 6 | 7 | 2 | 3 | 1 | 0 | 0 | 85 | 9 | ||
| Borussia Mönchengladbach | 1993-94 | Bundesliga | 23 | 8 | 2 | 0 | — | — | 25 | 8 | ||
| 1994-95 | 32 | 20 | 6 | 6 | — | — | 38 | 26 | ||||
| Jami | 55 | 28 | 8 | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 63 | 34 | ||
| Borussia Dortmund | 1995-96 | Bundesliga | 16 | 7 | 4 | 1 | 6 | 1 | — | 26 | 9 | |
| 1996-97 | 23 | 8 | 1 | 1 | 9 | 3 | — | 33 | 12 | |||
| 1997-98 | 21 | 7 | 3 | 2 | 7 | 2 | 3 | 1 | 34 | 12 | ||
| 1998-99 | 21 | 6 | 2 | 0 | — | — | 23 | 6 | ||||
| 1999-2000 | 22 | 6 | 1 | 0 | 9 | 1 | 1 | 0 | 33 | 7 | ||
| 2000-01 | 10 | 7 | 2 | 3 | — | — | 12 | 10 | ||||
| 2001-02 | 10 | 0 | 0 | 0 | 3 | 1 | — | 13 | 1 | |||
| 2002-03 | 5 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | — | 9 | 0 | |||
| Jami | 128 | 41 | 15 | 7 | 36 | 4 | 4 | 1 | 183 | 53 | ||
| Faoliyatida | 258 | 75 | 30 | 15 | 39 | 5 | 4 | 1 | 331 | 96 | ||
Xalqaro
| Yoʻq. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 1995-yil 26-aprel | Rheinstadion, Dyusseldorf, Germaniya | 1-1 | 1-1 | UEFA Yevro-1996 saralashi |
Yutuqlari
Oʻyinchi sifatida
Bayer Leverkusen
- DFB-Pokal : 1992-1993
Borussia Mönchengladbach
- DFB-Pokal: 1994-1995
Borussiya Dortmund
- Bundesliga : 1995-1996, 2001-2002
- UEFA Chempionlar Ligasi : 1996-1997
- Qitʼalararo kubok : 1997-yil
- UEFA kubogi sohibi: 2001-2002
- UEFA Superkubogi sohibi : 1997-yil
Individual
- Bundesliganing eng yaxshi toʻpurari : 1994-19995 (Mario Basler bilan birga)
Murabbiy sifatida
Germaniya U17
- FIFA U-17 Jahon chempionatida uchinchi oʻrin: 2007
Individual
- 17 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi murabbiy: 2008-yil
- 3-dekabrda tugʻilganlar
- 1971-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Germaniyalik erkak futbolchilar
