| Hasanboy Doʻsmatov | |
|---|---|
| | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | erkak |
| Tavallud paytidagi ismi | Doʻsmatov Hasanboy Marufjon oʻgʻli |
| Fuqaroligi | |
| Tavallud sanasi | 1993-yil 24-iyun Andijon |
| Boʻyi | 159 sm |
| Vazni | 49 kg |
| Mukofotlar | |
| Sport | |
| Qaysi sport | boks |
| Klubi | Uzbek Tigers |
| Faol tomoni | chapaqay |
| Murabbiy(lar)i | Ziyovutdin Toygʻonboyev |
Hasanboy Maʼrufjon oʻgʻli Doʻsmatov (oʻzbekcha: Дўсматов Хасанбой Марфжон ўғли; 1993-yil 24-iyun, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) – eng yengil vazn toifasidagi (49 kg) oʻzbek professional bokschisi. 2016-yilgi va 2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari chempioni, jahon chempioni (2023-yil), Jahon chempionati kumush medali sovrindori (2017-yil), Osiyo oʻyinlari kumush medali sovrindori (2018 yil), uch karra Osiyo chempioni (2015, 2017, 2022), Universiada gʻolibi (2013). 2016-yil Val Barker kubogi gʻolibi. 2013—2014-yillarda boks boʻyicha Ukrainaning „Ukraina atamanlari“ yarim professional jamoasi aʼzosi boʻlgan. Professionallar oʻrtasida 1-ogʻir vazn toifasida amaldagi WBA International chempioni. Afsonaviy final bahsi 2016-yil 14-avgustda Yuberxen Martinesga qarshi kechgan va Hasanboy gʻolibnikni qoʻlga kiritgan. Aiba natijalariga koʻra (17.02.2016) 11-chi oʻrinni egallagan.
Hayoti

Hasanboy Doʻstmatov 1993-yil 24-iyunda Andijon viloyatida tugʻilgan. Murabbiyi Ziyatdinbek Toygonboyev. Bokschilik faoliyatini 11 yoshida, Andijondagi boks maktabida boshlagan. 2012-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Andijon davlat universitetida tahsil olgan.
Havaskor boksdagi faoliyati
Doʻstmatov 2009-yilda Qozogʻistonda Qozogʻiston Respublikasi chempioni F. Shonazarov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnirda birinchi oʻrinni egallab, oʻzining ilk katta muvaffaqiyatiga erishdi. 2011-yilda 49 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida yoshlar oʻrtasidagi mamlakat chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
2013-yilda Olmaotada oʻtkazilgan AIBA jahon chempionatida toʻqqizinchi oʻrin boʻldi. 2014-yilda ukrainalik atamanlar tarkibida rossiyalik David Ayrapetyanga qarshi chorak final jangida gʻalaba qozondi. Oʻsha yili Oʻzbekiston milliy chempionatida ikkinchi, Incheondagi Osiyo oʻyinlarida yettinchi oʻrinni egalladi. 2015-yilda Butunjahon boks seriyasida 7 ta jang oʻtkazib, barcha yetti jangda gʻalaba qozongan.
2016-yil 17-fevraldagi AIBA reytingida 11-oʻrinni egallagan.
Havaskor boksdagi natijalari

- 2009-yil – Qozogʻiston Respublikasi chempioni F. Shonazarov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir (Uralsk, Qozogʻiston) – 1-oʻrin
- 2011-yil – Yoshlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati – 1-oʻrin
- 2012-yil – Makar Mazay xotirasiga bagʻishlangan „A“ toifasidagi 46-xalqaro turnir (Mariupol, Ukraina) – 1-oʻrin
- 2012-yil – Checheniston Respublikasi Prezidenti A. X. Qodirov xotirasiga bagʻishlangan IV xalqaro turnir (Rossiya) – 1-oʻrin
- 2012-yil – Oʻzbekiston chempionati – 1-oʻrin
- 2013-yil – Oʻzbekiston milliy kubogi – 1-oʻrin
- 2013-yil – Yozgi Universiada (Qozon, Rossiya) – 1-oʻrin
- 2013-yil – Oʻzbekiston chempionati – 1-oʻrin
- 2013-yil – Toʻrt millat turniri (Ostona, Qozogʻiston) – 1-oʻrin
- 2013-yil – Nikolay Manger xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir (Xerson, Ukraina) – 1-oʻrin
- 2014-yil – Checheniston Respublikasi Prezidenti A. X. Qodirov xotirasiga bagʻishlangan VI xalqaro turnir (Rossiya) – 1-oʻrin
- 2014-yil – Sydney Jackson xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir (Toshkent, Oʻzbekiston) – 1-oʻrin
- 2015-yil – Chemistry kubogi (Halle, Germaniya) – 1-oʻrin
- 2015-yil – Boks boʻyicha Osiyo chempionati (Bangkok, Tailand) – 1-oʻrin
- 2016-yil – Yozgi Olimpiya oʻyinlari (Rio-de-Janeyro, Braziliya) – 1-oʻrin
- 2017-yil – Boks bo'yicha Osiyo chempionati (Toshkent, Oʻzbekiston) – 1 oʻrin
- 2023-yil – Boks boʻyicha jahon chempionati (Toshkent, Oʻzbekiston) – 1-oʻrin
- 2024-yil – Yozgi Olimpiya oʻyinlari (Parij, Fransiya) – 1-oʻrin
Professional faoliyati
2019-yilning 16-noyabr kuni Doʻsmatov professional ringda meksikalik Jesus Cervantes Villanuevaga qarshi bahs olib bordi. Doʻsmatov ikkinchi raundda Vilyanuevaga chap qoʻli bilan zarba berib, nokautga uchratdi va gʻalaba qozondi. Debyutidan bir yil oʻtib, Doʻstmatov 2020-yilning 24-dekabr kuni Odiljon Sotqinovga qarshi professional bokschi sifatidagi ikkinchi uchrashuvini oʻtkazdi. Doʻstmatov bahsning boshidanoq ustunlik qildi va birinchi raundning oʻzida raqibini toʻrt marta nokautga uchratib nokaut bilan gʻalaba qozondi.
2024-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari
Hasanboy Doʻsmatov 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 1/16 finalida Puerto Riko vakili Xuan Manuel Lopesni 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan. Chorak finalda Qozogʻiston vakili Saken Bibossinov bilan toʻqnashib, 3:2 hisobida gʻalaba qozondi. Yarim final bahslarida Kabo Verdelik Daniel Varela de Pinadan ustun keldi va final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Finalda Fransiya vakili Billal Bennama ustidan gʻalaba qozondi va oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Unvon va mukofotlari
- „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni.
- „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni;
- El-yurt hurmati ordeni.
- „Aʼlo xizmatlari uchun“ koʻkrak nishoni
- Podpolkovnik harbiy unvoni
- 24-iyunda tugʻilganlar
- 1993-yilda tugʻilganlar
- Andijonda tugʻilganlar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchilar
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak bokschilar
- Boks boʻyicha Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari
- 2018-yilgi Osiyo oʻyinlari medal sohiblari
- Oʻzbekistonlik Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan bokschilar
- Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida oltin medali olgan sportchilari
- 2016-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari
- Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari kumush medali sohiblari
- 21-asrda Oʻzbekiston sportchilari
- 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar
- 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari
- 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempionlari
- Boks boʻyicha Osiyo Chempionlari
