| Ziyatdinbek Toygonbayev | |
|---|---|
![]() | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Fuqaroligi | O‘zbekiston |
| Tavallud sanasi | 1974-yil 15-sentyabr O‘sh viloyati |
| Faoliyat yillari | 2003-yildan hozirgi vaqtga qadar boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi |
| Mukofotlar | „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi“, "Doʻstlik" ordeni, II darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni |
| Sport | |
| Qaysi sport | boks |
| Klubi | Uzbek Tigers |
Toygonbayev Ziyatdinbek Kurmanbekovich – oʻzbekistonlik professional bokschi va murabbiy, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi. Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi. Ikki kara Olimpiyada oʻyinlari chempioni Hasanboy Doʻstmatovning murabbiyi sifatida tanilgan.
Tarjimai holi
Toygonbayev Ziyatdinbek Kurmanbekovich 1974-yil 15-sentyabrda Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyatida tugʻilgan. 1995-yilda Andijon davlat universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakultetini tugatgan. Uzoq yillardan beri Andijon viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi boks boʻyicha murabbiyi sifatida ishlab keladi. Ziyatdinbek Toygonboyevga 2017-yilda Shavkat Mirziyoyevning „Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisida“gi farmoniga muvofiq Oʻzbekiston fuqaroligi berildi.
Professional boksdagi faoliyati
Bokschi sifatida koʻplab musobaqalarda ishtirok etgan, 1995-yilda kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati gʻolibi boʻlgan.2001-yilda professional boksga oʻtdim. 61 kg vazn toifasida professional bokschi sifatida Oʻzbekistonning birinchi chempioni boʻlish sharafiga muyassar boʻlgan. 2001-2003-yillar davomida professional boksda 7 ta jang oʻtkazgan. Ilk jangini 2001-yil 31-mart kuni rossiyalik sportchi Rozalin Nasibulinga qarshi oʻtkazib, gʻalaba qozongan . Professional boksda koʻp jang oʻtkazmagan Toyganbayev 2003-yilning 12-mart kuni Sergey Zimnevich bilan oʻtkazgan jangdan soʻng oʻz faoliyatini yakunlagan .
Murabbiylik faoliyati
Ziyatdinbek Toygonboyev oʻzbek boksi rivojiga katta hissa qoʻshgan murabbiyilardan biri. U xalqaro maydonda muvaffaqiyatlarga erishgan koʻplab istiqbolli sportchilarni tarbiyalab voyaga yetkazdi. U – ikki karra olimpiya oʻyinlari chempioni Hasanboy Doʻsmatov, Osiyo chempionlari Sanjar Rahmonov, Shuhrat Abdullayev va yana koʻplab chempionlarni tarbiyalagan. Toʻygʻonboyev rahbarligida Doʻsmatov oʻz mahoratini yanada oshirib, boksda yuqori natijalarga erishdi, bu esa har ikkalasining ham sport doiralarida eʼtirof va hurmatga sazovor boʻlishiga olib keldi.
Mukofotlari
Toyganbayev „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi“, "Doʻstlik" ordeni , II darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni bilan mukofotlangan.
- Oʻzbekiston bokschilari
- Yashayotgan insonlar
