Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Hami Mandirali (1968-yil 20-iyulda tugʻilgan) — turkiyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi. U deyarli butun faoliyati davomida „Trabzonspor“da oʻynagan.

Hami Mandıralı

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hami Mandıralı
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1968-yil 20-iyul (1968-07-20) (57 yosh)
Tavallud joyi Arsin, Turkiya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1978—1985 Trabzonspor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1985—1998 Trabzonspor 334 (180)
1998—1999 Schalke 04 22 (3)
1999—2002 Trabzonspor 82 (38)
2002 Ankaragücü 8 (1)
Milliy terma jamoa
1984 Turkiya U16 4 (0)
1985—1986 Turkiya U18 17 (1)
1987—1989 Turkiya U21 7 (2)
1987—1988 Turkiya U23 4 (0)
1987—1999 Turkiya 48 (8)
Boshqargan klublari
2008—2010 Turkiya U21
2014 Trabzonspor
2014—2015 Antalyaspor
2016 Trabzonspor
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Hami Mandirali (1968-yil 20-iyulda tugʻilgan) — turkiyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi. U deyarli butun faoliyati davomida „Trabzonspor“da oʻynagan.

Klubdagi faoliyati

Mandirali Turkiyaning Trabzon shahrida tugʻilgan. 10 yoshida Trabzonsporga qoʻshilgan va 1985-yilda 17 yoshida professional debyutini boshlagan. U tezda oʻz davrining eng kuchli yarim himoyachilaridan biri sifatida oʻzini namoyon qilgan. U Turkiya terma jamoasining doimiy oʻyinchisiga aylangan va har doim toʻpurarlar jadvalida birinchi oʻrinda boʻlgan. Mandirali yevrokuboklarda koʻplab gollar urib, oʻz mavqeyini koʻrsatib kelgan. U Yevrokuboklarda jami hisobda 23 ta gol urgan.

Mandirali, ayniqsa, oʻzining jarima zarbalari bilan mashhur boʻlgan, faoliyati davomida koʻp marotaba jarima zarbasidan gollar urgan. U jarima zarbalarini tepish sanʼatida oʻzining mashhur hamkasblari kabi toʻpni aylantirib tepishga urinmagan. Buning oʻrniga u zambarakdek zarbalar bergan ular jonli devorning ochiq qolib ketgan joylari orqali oʻtib ketgan va darvozabonlar bu holatda hech qanday yordam bera olmagan. Shu tarzda uning uslubi Roberto Karlosga qiyoslanardi.

U juda kuchli zarbaga ega boʻlib, uning zarbasi tezligi 140 km/soat tezlikdan baland boʻlgan. 1997-yilda San-Marino terma jamoasiga qarshi jarima zarbasi va Myunxen 1860ga qarshi maydon markazidan turib bergan zarbasi golga aylangan, keyinchalik bu zarbalarning tezligi ajablanarli darajada kuchli yaʼni 173 km/soatdan ortiqligi aniqlangan. U uzoq masofalardan, hatto 40 metrdan ham koʻp marta gol muallifiga aylangan.

1998-yilda u Germaniyaning „Schalke 04“ klubiga 7 million DM (3,5 million yevro) evaziga qoʻshilgan, ammo u yerda atigi bir yil oʻynagan. U 1999—2000-yilgi mavsumda 2,25 million yevro evaziga „Trabzonspor“ga qaytgan. Qaytgandan soʻng u eng yaxshi zarbalar boʻyicha oʻz oʻrnini tiklagan va har mavsumni doimiy ravishda klubning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunlagan. 2002-yilda uni rais Özkan Sümer jamoadan isteʼfoga chiqargan. Klubdan ketgacj Mandirali Ankaragücüga koʻchib oʻtgan, lekin u yerda uzoq qolmagan. Koʻp oʻtmay u nafaqaga chiqgan. Mandirali hech qachon liga chempionligini qoʻlga kiritmagan.

Xalqaro maydondagi gollar

Caption text
#SanaJoyRaqibDaqiqaNatijaMusobaqa
115-iyul 1991-yilGundadalurFarer orollari751-1Oʻrtoqlik uchrashuvi
225-mart 1992-yilLyuksemburg Lyuksemburg152-3Oʻrtoqlik uchrashuvi
325-mart 1992-yilLyuksemburg Lyuksemburg662-3Oʻrtoqlik uchrashuvi
48-aprel 1992-yilAnqara Daniya332-1Oʻrtoqlik uchrashuvi
526-avgust 1992-yilTrabzon Bolgariya683-2Oʻrtoqlik uchrashuvi
628-oktyabr 1992-yilAnqara San-Marino904-1FIFA 1994 jahon chempionati sralash
730-avgust 1995-yilIstanbul Shimoliy Makedoniya482-1Oʻrtoqlik uchrashuvi

Murabbiylik faoliyati

2008-yilning 1-iyulida Mandirali Turkiyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga ikki yillik shartnoma boʻyicha murabbiy etib tayinlangan.

Yutuqlar

  • Jahon reytingi (1888—2008): Turkiya va Germaniyada 499 ta oʻyinda 222 gol bilan 206-oʻrin
  • Turkiya chempionati tarixida urilgan gollar soni boʻyicha uchinchi (219),
  • Yevrokuboklarda urilgan eng koʻp gol (23ta „Trabzonspor“da),
  • Turkiya milliy futbol jamoasi uchun 40 oʻyinda 8 gol.
  • „Trabzonspor“ safida 558 ta oʻyin oʻtkazgan, bu har qanday oʻyinchi orasida eng koʻp hisoblanadi.

Jamoaviy yutuqlar

Klub

Trabzonspor

  • Turkiya kubogi : 1991-92, 1994-95
  • Turkiya Superkubogi : 1995
Yuqori