| 1921—1991 | |||||||||||||||||
| Maqom | Yarim mustaqil davlat (1921–22) ZSFSR tarkibida (1922–36) Sovet Ittifoqi respublikasi (1936–91) | ||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Hukumat boshchisi | |||||||||||||||||
• 1922 | Polikarp Mdivani | ||||||||||||||||
• 1990—1991 | Tengiz Sigua | ||||||||||||||||
| Davlat boshchisi | |||||||||||||||||
• 1990—1991 | Zviad Gamsakhurdia | ||||||||||||||||
| Tarixiy era | XX asr | ||||||||||||||||
| |||||||||||||||||
Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasi, Gruziya SSR (gruzincha: საქართველოს საბჭოთა სოციალისტური რესპუბლიკა; ruscha: Грузинская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Gruziyasi deb yuritiladi.
Gruziya SSR 1801-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan anneksiya qilinib olinishidan avval Kavkazda bir necha mustaqil davlat sifatida mavjud boʻlgan Gruziyaning anʼanaviy hududida tuzilgan. 1918-yilda mustaqillikka erishgan Gruziya Demokratik Respublikasini 1921-yilda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi ishgʻol qilgan. Gruziya 1922–1936-yillarda Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi tarkibida boʻlgan.
Gruziya SSR poytaxti Tbilisi shahri boʻlgan. Respublika 65 rayonga boʻlingan, 58 shahar, 55 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.
1989-yilning 18-noyabrida Gruziya SSR suverenitet eʼlon qildi. 1990-yilning 14-noyabrida mamlakat Gruziya Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yil 6-aprelda Gruziya oʻz mustaqilligini eʼlon qildi.
Tarixi
Gruziyada sinfiy jamiyat miloddan avvalgi 1-ming yilliklar boshlarida tarkib topgan. Miloddan avvalgi VI asrda Kolxida podsholigi, IV—III asrlarda Iberiya (Kartli podsholigi) tarkib topgan. VI asr boshidan X asr boshlarigacha Sosoniylar sulolasi, Vizantiya va Arab xalifaligi hukmronligi ostida boʻlgan. VI—X asrlarda gruzin elati tarkib topgan.

VIII—IX asr boshlarida Kaxeti, Ereti, Tao-Klarjeti feodal knyazliklari, Abxaziya podshologi vujudga kelgan. XIII—XIV asrlarda moʻgʻullar bostirib kirgan va Amir Temur qoʻshinlari Gruziya hududini egallagan. XVI—XVIII asrlarda Gruziya hududi Eron va Turkiya oʻrtasida kurash maydoniga aylangan.
1801-yili Gruziyaning sharqiy, 1803–1864-yillari gʻarbiy qismlari Rossiyaga qoʻshib olingan. XIX asrning 90-yillarida dastlabki sotsialist-demokratik tashkilotlar tuzilgan. 1918-yilda Gruziya Demokratik Respublikasi mustaqil davlatiga asos solingan.
1921-yilda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi Gruziyani ishgʻol qilgan va u yerda Sovet hokimiyatini oʻrnatgan. 1921-yili 25-fevralda Gruziya SSR tuzilgan. Gruziya 1922-yil 12-martdan Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi tarkibida boʻlgan. 1936-yil 5-dekabrdan ittifoqdosh respublika sifatida bevosita Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan.
1989-yilning 18-noyabrida Gruziya SSR suverenitet eʼlon qildi. 1990-yilning 14-noyabrida mamlakat Gruziya Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yil 6-aprelda Gruziya oʻz mustaqilligini eʼlon qildi.
- Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasi
- Sovet Ittifoqi respublikalari
- Sobiq sotsialistik respublikalar