Kolxida podsholigi - Gʻarbiy Gruziya hududida kolxlar tomonidan tuzilgan ilk quldorlik davlati (miloddan avvalgi VI—II asrlar). Kolxida podsholigi miloddan avvalgi IV asrda barcha gruzin qabilalarini birlashtirishga harakat qilgan; bu yerda hunarmandchilik, ayniqsa, zargarlik rivojlangan, kumush tanga "kolxidka"lar zarb etilgan (miloddan avvalgi VI asr). Kolxida podsholigi miloddan avvalgi VI asrning oxirida Eron, miloddan avvalgi II asrda Pont podsholigi, soʻng Rim tomonidan zabt etilgan.
Turkum::
- Tarixga oid chala maqolalar