| Giorgi Zaurovich Gaxariya | |
|---|---|
გიორგი ზაურის ძე გახარია | |
![]() | |
| Mansab davri 2019-yil 9-sentyabr – 2021-yil 18-fevral | |
| Prezident | Salome Zurabishvili |
| Oʻtmishdoshi | Mamuka Baxtadze |
| Vorisi | Mayya Tskitishvili (v.b.) |
| Mansab davri 2017-yil 13-noyabr – 2019-yil 9-sentyabr | |
| Bosh vazir | Giorgi Kvirikashvili Mamuka Baxtadze |
| Oʻtmishdoshi | Giorgi Mgebrishvili |
| Vorisi | Vaxtang Gomelauri |
| Mansab davri 2016-yil 26-noyabr – 2017-yil 13-noyabr | |
| Bosh vazir | Giorgi Kvirikashvili |
| Oʻtmishdoshi | Dmitriy Kumsishvili |
| Vorisi | Dmitriy Kumsishvili |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 19-mart, 1975-yil Tbilisi, Gruziya SSR, |
| Siyosiy partiyasi | Gruziya uchun (2021-yil may oyidan) |
| Taʼlim | 1) Tbilisi Davlat universiteti (tarix fakulteti) 2) MDU (politologiya fakulteti, 2000) 3) MDU (biznes-maktab, 2004) |
| Kasbi | tarixchi, politolog, tadbirkor, siyosatchi |
| Kabinet | MDU |
| Imzosi | ![]() |
Giorgi Zaurovich Gaxariya (gruzincha: გიორგი ზაურის ძე გახარია) — Gruziya davlat va siyosat arbobi. Avvalroq u 2019-yil 9-sentyabrdan 2021-yil 18-fevralgacha Gruziya Bosh vaziri, Gruziya Ichki ishlar vaziri va Bosh vazir o‘rinbosari (2017-2019), Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri (2016-2017) bo‘lgan.
Biografiyasi
Taʼlim
Giorgi Gaxariya Tbilisi Davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan. 1994-2000-yillarda Moskva Davlat universitetida (siyosiy fanlar fakulteti, siyosatshunoslik magistri) tahsil olgan. 2002-2004 yillarda Moskva davlat universitetining Oliy biznes maktabida tahsil olgan.
Gruziya hukumatida ishlash

Xususiy biznesda ishlagandan soʻng (SFK Groupda - Bosh direktor; Lufthansa Service Holding AGda - Sharqiy Yevropa, MDH va Rossiya boʻylab biznesni rivojlantirish boʻyicha direktor), 2013-yil mart oyida u Gruziya biznes-ombudsmanı etib tayinlandi. 2014-yil dekabr oyidan boshlab u Gruziya hukumati iqtisodiy kengashi kotibi lavozimini birlashtirdi. Giorgi Kvirikashvili bosh vazir boʻlgach, 2016-yilning noyabrida Giorgi Gaxariyani Iqtisodiyot vaziri lavozimiga oʻzining oʻrniga tayinlagan edi. 2017-yil 13-noyabrda Gaxariya Gruziya ichki ishlar vaziri etib tayinlandi. Gruziya bosh vaziri oʻrinbosari lavozimini ham egalladi.
2019-yil 3-sentyabrda Mamuka Baxtadze isteʼfoga chiqqanidan soʻng u Gruziya Bosh vaziri lavozimiga nomzod sifatida koʻrsatilgan. 9-sentyabr, dushanba kuni u hukumat rahbari lavozimini egalladi. 2021-yil 18-fevralda Giorgi Gaxariya muxolifatchi siyosatchi Nikanor (Nika) Meliyani hibsga olish qarori yuzasidan partiyadoshlari bilan kelishmovchiliklar tufayli isteʼfoga chiqdi.
Oʻz partiyasini yaratish
2021-yilning may oyida u “Gruziya uchun” partiyasiga asos solgan va Tbilisi meri uchun saylovda ushbu partiyadan ishtirok etgan.
- Gurjiston Bosh vazirlari
- Yashayotgan insonlar
- 1975-yilda tugʻilganlar
- 19-martda tugʻilganlar


