Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Gavhar Zayirovna Alimova (tugʻ. 1970-yil 6-oktyabr, Jomboy tumani, Samarqand viloyati) – Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi, senator.

Gavhar Alimova

Vikipediyada ismi Gavhar va familiyasi Alimova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Gavhar Zayirovna Alimova (tugʻ. 1970-yil 6-oktyabr, Jomboy tumani, Samarqand viloyati) – Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi, senator.

Gavhar Alimova
 Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi
Mansab davri
2020-yil 6-martdan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Hokim Erkinjon Turdimov
Oʻtmishdoshi Muzaffar Xashimov
 Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari — viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2018 – 2020
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Hokim Erkinjon Turdimov
Parlament Tanzila Norboyeva
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
Mansab davri
2015 – 2018
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Parlament Nigʻmatilla Yoʻldoshev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 6-oktyabr 1970-yil (1970-10-06) (55 yosh)
Jomboy tumani, Samarqand viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi Adolat sotsial-demokratik partiyasi
Taʼlim Samarqand davlat universiteti
Mukofotlari

Ilmiy darajasi

1995-yil Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

  • 1989—1991-yillarda Samarqand viloyati Jomboy tumani 16-maktab yoʻriqchisi
  • 1991—1992-yillar Samarqand viloyati Payariq tumani 1-maktab oʻqituvchisi
  • 1992—1995-yillar Toshkent shahar Hamza tumani 152-maktab oʻqituvchisi
  • 1995—1997-yillar „Mulkdor“ gazetasi kadrlar boʻlim boshligʻi
  • 1997—1998-yillar Toshkent shahar Hamza tumani 10-sonli musiqa maktabi oʻqituvchisi
  • 1998—1999-yillar Respublika "Adolat" gazetasi muxbiri
  • 1999—2003-yillar Toshkent shahar Hamza tumani hokimligi Oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish majmuasi bosh mutaxassisi
  • 2003—2004-yillar Toshkent shahar Hamza tumani hokimi oʻrinbosari – xotin-qizlar qoʻmitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi
  • 2004—2006-yillar Toshkent shahar Hamza tumani „Mahalla“ jamgʻarmasi raisi oʻrinbosari
  • 2006—2009-yillar Oʻzbekiston "Mahalla" xayriya jamgʻarmasi respublika boshqaruvi Oila va xotin-qizlar bilan ishlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi
  • 2009—2011-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish kompleksi mutaxassisi
  • 2011—2015-yillar Oʻzbekiston „Mahalla“ xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi oʻrinbosari
  • 2015—2018-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
  • 2018—2020-yillar Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari – viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi raisi
  • 2020-yil Samarqand viloyat Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari
  • 2020-yil 6-mart sanasidan Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi.

Oilasi

Oilali.

Mukofotlari

  • „Shuhrat“ medali (2016)
  • „Adolat“ koʻkrak nishoni
  • Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi (2022)
  • Doʻstlik ordeni (2022)
  • „Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi“ koʻkrak nishoni (2022)
Yuqori