Gastón Rodrigo Pereiro López (talaffuzi: Gaston Rodrigo Pereyro Lopes; 1995-yil 11-iyunda Urugvayning Montevideo shahrida tugʻilgan) — urugvaylik futbolchi, „Cagliari“ futbol klubi va Urugvay terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Gastón Rodrigo Pereiro López | ||
| Tavallud sanasi | 1995-yil 11-iyun | ||
| Tavallud joyi | Montevideo, Uruguay | ||
| Boʻyi | 1.88 m | ||
| Ampluasi | himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Cagliari | ||
| Raqami | 20 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| —2008 | Racing Club Montevideo | ||
| 2008—2013 | Nacional | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2013—2015 | Nacional | 39 | (11) |
| 2015—2020 | PSV | 118 | (44) |
| 2020— | Cagliari | 57 | (8) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2012—2015 | Urugvay U20 | 21 | (8) |
| 2017— | Urugvay | 13 | (5) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 27-avgust uchun) | |||
Klublardagi faoliyati
Gastón Pereiro faoliyatini „Nacional“ futbol klubida boshlagan. 2014-yil 29-yanvar kuni Libertadores kubogi doirasida Boliviyaning „Oriente Petrolero“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Gastón Pereiro jamoa safida debyut qilgan. 1-fevral kuni Montevideoning „Racing“ jamoasiga qarshi bahsda u Urugvay premyer ligasida debyut qilgan. Oʻsha uchrashuvda Gastón Pereiro oʻzining ilk golini urgan. 2015-yil 12-fevral kuni Gastón Pereiro Libertadores kubogi doirasida Chilining „Palestino“ futbol klubiga qarshi o‘yinda gol urgan. Oʻsha yili u Urugvay chempioni boʻlgan.
Xalqaro faoliyati
2015-yil boshida Gastón Pereiro Urugvay yoshlar terma jamoasi tarkibida Janubiy Amerika yoshlar oʻrtasidagi uy chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Chili, Peru, Paragvay, Argentina, ikki marta Kolumbiya va Braziliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Gastón Pereiro beshta gol urgan va yoshlar terma jamoasining bronza medallarini qo‘lga kiritishiga yordam bergan.
Oʻsha yilning yozida Gastón Pereiro Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Gastón Pereiro Serbiya, Meksika, Mali va Braziliya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Serblarga qarshi kechgan bahsda Gastón Pereiro gol urgan.
2017-yilning 10-noyabr kuni u asosiy Urugvay terma jamoasi safida Polshaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan. 2018-yilning 8-sentyabr kuni Meksika terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda Gastón Pereiro terma jamoadagi ilk golini urgan.
Statistikasi
| Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Nacional | 2012—2013 | 0 | 0 | - | - | - | - | 0 | 0 |
| 2013—2014 | 15 | 5 | - | - | 6 | 0 | 21 | 5 | |
| 2014—2015 | 24 | 6 | - | - | 1 | 1 | 25 | 7 | |
| Jami | 39 | 11 | - | - | 7 | 1 | 46 | 12 | |
| PSV Eindhoven | 2015—2016 | 29 | 11 | 4 | 3 | 6 | 0 | 39 | 14 |
| 2016—2017 | 30 | 10 | 3 | 1 | 5 | 0 | 38 | 11 | |
| 2017—2018 | 29 | 12 | 4 | 0 | 2 | 0 | 35 | 12 | |
| 2018—2019 | 27 | 10 | 1 | 0 | 8 | 1 | 36 | 11 | |
| 2019—2020 | 4 | 2 | 1 | 0 | 3 | 0 | 8 | 2 | |
| Jami | 119 | 45 | 13 | 4 | 24 | 1 | 156 | 50 | |
| Cagliari Calcio | 2019—2020 | 10 | 1 | 0 | 0 | - | - | 10 | 1 |
| 2020—2021 | 15 | 2 | 1 | 0 | - | - | 16 | 2 | |
| 2021—2022 | 10 | 0 | 1 | 0 | - | - | 11 | 0 | |
| Jami | 35 | 3 | 2 | 0 | - | - | 37 | 3 | |
| Umumiy faoliyatida | 193 | 59 | 15 | 4 | 31 | 2 | 239 | 65 | |
- 11-iyunda tugʻilganlar
- 1995-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Urugvaylik erkak futbolchilari
- Cagliari Calcio futbolchilari
