Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Fyodor Vasilevich Kudryashov (1987-yil 5-aprelda tug'ilgan) - Rossiyalik professional futbolchi, Turkiyaning " Antalyaspor " klubi va Rossiya terma jamoasida ch

Fyodor Kudryashov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Fyodor Kudryashov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fyodor Vasilievich Kudryashov
Tavallud sanasi 1987-yil 5-aprel (1987-04-05) (39 yosh)
Tavallud joyi Mamakan, RSFSR, SSSR
Boʻyi 1.81 m
Ampluasi Left back
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Antalyaspor
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1997–2002 Sibiryak Bratsk

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 14-noyabr uchun)

Fyodor Vasilevich Kudryashov (1987-yil 5-aprelda tug'ilgan) - Rossiyalik professional futbolchi, Turkiyaning " Antalyaspor " klubi va Rossiya terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida o'ynaydi. U markaziy himoyachi sifatida ham to'p surishi mumkin.

Klubdagi karyerasi

Irkutsk viloyatida tug'ilgan Kudryashov Bratskning "Sibiryak" klubidan kelgan. 2004-yilda Sibir saralash bosqichida o'ynab, uni o'sha paytda Moskvaning "Spartak" skauti bo'lgan Sergey Shavlov ko'rib qolgan. "Spartak" o'rinbosarlari safida o'ynagach, 2006-yilgi mavsumning so'nggi o'yinida debyut qilgan. Yangi mavsumda Kudryashov kutilmaganda Klemente Rodriges ijaraga olinganidan so'ng asosiy jamoa o'yinchisiga aylangan.

2008-yilda Kudryashov iyuldan dekabrgacha "Ximki "da ijara asosida o'ynagan. 2010-yil avgust oyida u "Tomsk" klubiga ijaraga berilgan. U shuningdek, Moskvaning "Spartak" klubidan "Krasnodar" ga ijaraga berilgan.

2012-yilning 1-fevralida Norvegiyaning Rosenborg BK jamoasiga qarshi penaltilar seriyasida Kudryashov penaltidan foydalana olmagan, penaltilar seriyasi 10:9 hisobida yakunlangan, “Spartak Moskva” yutqazgan. Bu ularning Cup del Sol o'rtoqlik turniridagi ikkinchi o'yini bo'lgan.

2019-yilning 10-yanvarida u Qozonning “Rubin” klubi bilan shartnomasini bekor qilgan.

2019-yilning 31-yanvarida u Turkiyaning Istanbul Boshakshehir klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan. U 2019-yilning 20 -iyunida klubni tark etgan.

2019-yil 12-iyulda u Sochi PFK bilan shartnoma imzolagan. 2019-yil 18-dekabrda uning Sochi bilan shartnomasi oʻzaro kelishuv asosida bekor qilingan.

2020-yil 6-yanvarda u Turkiyaning " Antalyaspor " klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan.

2021-yilning 22-iyulida u turk klubi bilan shartnomasini uzaytirgan.

Xalqaro karyera

U 2016-yilning avgust oyida Turkiya va Ganaga qarshi o'yinlar uchun Rossiya terma jamoasiga chaqirilgan. U 2016-yilning 31- avgustida Turkiyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

2018-yilning 11-mayida u Rossiyaning JCh-2018 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan. 2018-yil 3-iyun kuni u jahon chempionatining yakuniy tarkibiga kiritilgan. Misrga qarshi guruhning ikkinchi o'yinida zaxiradan maydonga tushganidan so'ng, u Rossiyaning turnirdagi so'nggi uchta o'yinida - Urugvayga qarshi guruhning so'nggi o'yinida, Ispaniyani 1/8 finalida mag'lubiyatga uchrtagan va chorak finalda Xorvatiyaga mag'lub bo'lingan uchrashuvlarda asosoiy tarkibda maydonga tushgan.

2021-yil 11-may kuni u UEFA Yevro-2020 uchun kengaytirilgan 30 kishilik dastlabki tarkibga kiritilgan. 2021-yil 2-iyunda u yakuniy tarkibga kiritilgan. U 21-iyun kuni Daniyaga qarshi guruhdagi so'nggi o'yin boshlanishidan oldin Rossiyaning guruh bosqichidagi dastlabki ikkita o'yinini jarohati tufayli o'tkazib yuborgan, Rossiya 1:4 hisobida mag'lub bo'lgan va musobaqadan chiqib ketgan. Kudryashov ikkinchi bo'limning yarmida almashtirilgan.

Karyera statistikasi

Klub

Klub Mavsum Liga Kubok Qit'a Jami
Divizion O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol
FC Sibiryak Bratsk 2003 PFL 3 0 0 0 – 3 0
2004 14 1 1 0 – 15 1
Jami 17 1 1 0 0 0 18 1
FC Spartak Moscow 2005 RPL 0 0 1 0 – 1 0
2006 1 0 0 0 0 0 1 0
2007 7 0 2 0 2 0 11 0
2008 1 0 0 0 2 0 3 0
FC Khimki 16 0 1 0 – 17 0
FC Spartak Moscow 2009 7 0 0 0 – 7 0
2010 9 0 0 0 – 9 0
FC Tom Tomsk 10 0 0 0 – 10 0
FC Spartak Moscow 2011–12 11 0 3 0 0 0 14 0
Jami 36 0 6 0 4 0 46 0
FC Krasnodar 2011–12 RPL 9 0 0 0 – 9 0
FC Terek Grozny 2012–13 15 0 2 0 – 17 0
2013–14 15 0 2 0 – 17 0
2014–15 27 0 0 0 – 27 0
2015–16 13 0 2 0 – 15 0
Jami 70 0 6 0 0 0 76 0
FC Rostov 2015–16 RPL 11 1 – – 11 1
2016–17 24 0 0 0 12 0 36 0
Jami 35 1 0 0 12 0 47 1
FC Rubin Kazan 2017–18 RPL 26 0 2 0 – 28 0
2018–19 9 0 1 0 – 10 0
Jami 35 0 3 0 0 0 38 0
İstanbul Başakşehir 2018–19 SL 8 1 – – 8 1
PFC Sochi 2019–20 RPL 16 1 0 0 – 16 1
Antalyaspor 2019–20 SL 17 0 3 0 – 20 0
2020–21 36 0 4 0 – 40 0
Jami 53 0 7 0 0 0 60 0
Karyerada jami 305 4 24 0 16 0 345 4
Kudryashov 2021-yilda " Antalyaspor " bilan

Xalqaro

Rossiya
Yil O'yin Gol
2016-yil 4 0
2017-yil 11 0
2018 11 0
2019 9 1
2020 1 0
Jami 36 1

Xalqaro maydondagi gollar

Raq Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 08.06.2019 Mordoviya Arena, Saransk, Rossiya  San Marino 3 – 0 9–0 UEFA Yevro-2020 saralashi
Yuqori