Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Fernando Ruiz Hierro (talaffuzi: Fernando Ruiz Yerro) 1968-yil 23-martda Ispaniyada tavallud topgan. Ispaniyalik futbolchi Ispaniya terma jamoasi va Real Madrid

Fernando Hierro

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Fernando Hierro
Hierro (2018-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fernando Ruiz Hierro
Tavallud sanasi 1968-yil 23-mart (1968-03-23) (58 yosh)
Tavallud joyi Vélez-Málaga, Ispaniya
Boʻyi 1.87 m
Ampluasi Himoyachi, tayanch yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1973–1978 Vélez
1979 Málaga
1980–1986 Vélez
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1986–1987 Valladolid B
1987–1989 Valladolid 58 (3)
1989–2003 Real Madrid 439 (102)
2003–2004 Al-Rayyan 19 (3)
2004–2005 Bolton Wanderers 29 (1)
Total 545 (109)
Milliy terma jamoa
1989–1990 Ispaniya U21 5 (2)
1989–2002 Ispaniya 89 (29)
Boshqargan klublari
2014–2015 Real Madrid (yordamchi)
2016–2017 Oviedo
2018 Ispaniya
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Fernando Ruiz Hierro (talaffuzi: Fernando Ruiz Yerro) 1968-yil 23-martda Ispaniyada tavallud topgan. Ispaniyalik futbolchi Ispaniya terma jamoasi va Real Madridning sobiq sardori, himoyachi, murabbiy hisoblanadi.

Fernando Ruiz Hierro „Real Madrid“ bilan besh karra Ispaniya chempioni va uch karra Chempionlar ligasi gʻolibi.

Fernando Ruiz Hierro Ispaniya terma jamoasi tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilar orasida oʻninchi (89 oʻyin) va toʻpurarlar orasida toʻrtinchi (29 gol) oʻrinni egallab turibdi.

Faoliyati

Fernando Ruiz Hierro 1989-yil 20-sentyabrda 21 yoshida Luis Suares qoʻl ostida milliy terma jamoadagi debyutini A Korunyada Polshaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (1:0) oʻtkazgan. U terma jamoadagi ilk golini 1990-yil 19-dekabrda (terma jamoa uchun uchinchi oʻyin) Yevropa chempionati saralash oʻyinida (9:0) Albaniyaga qarshi oʻyinda kiritgan. 22 yoshli Fernando Ruiz Hierro 1990-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan, ammo u maydonga tusha olmagan.

Hammasi boʻlib Fernando Ruiz Hierro terma jamoa safida 89 ta oʻyin oʻtkazib, 29 ta gol urgan (bu koʻrsatkich boʻyicha Fernando tarixda beshinchi oʻrinda turadi), ammo bu vaqt davomida Ispaniya terma jamoasi hech qachon turnirning chorak final bosqichidan oʻta olmagan.

Menejerlik va murabbiylik faoliyati

2007-yilning sentyabridan Ispaniya futbol federatsiyasi sport direktori lavozimida ishlagan. Fernando Ruiz Hierro federatsiyadagi faoliyati davomida Ispaniya terma jamoasi Yevropa (2008-yil) va jahon chempioniga aylandi (2010-yil). 2011-yil iyul oyida u oʻz ona viloyatiga qaytib, „Malaga“ direktori boʻldi. Biroq, 2012-yilning may oyida u klubni tark etdi.

2014-yilning 10-iyulida Fernando Ruiz Hierro Zinedin Zidan oʻrniga „Real Madrid“ bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga yordamchi boʻldi. 2016-yil iyun oyida u „Oviedo“ klubi bosh murabbiyi boʻldi, biroq bir yildan soʻng tomonlar oʻzaro kelishuvga koʻra shartnomani bekor qilishga qaror qilishdi.

Statistika

Jamoa Mavsum Liga Kubok Xalqaro Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Real Valladolid C. F. 1987-88 29 1 2 31 1
1988-89 29 2 6 35 2
Jami 58 3 8 0 0 0 66 3
Real Madrid C. F. 1989-90 37 7 5 4 46 7
1990-91 35 7 3 5 1 43 8
1991-92 37 21 7 3 9 2 53 26
1992-93 33 13 6 6 5 45 18
1993-94 34 10 5 5 2 44 12
1994-95 33 7 2 5 40 7
1995-96 31 7 4 1 5 1 40 9
1996-97 39 6 6 2 45 8
1997-98 28 3 2 10 3 40 6
1998-99 28 6 3 1 9 1 40 8
1999-00 20 5 2 14 2 45 7
2000-01 29 5 1 13 1 42 6
2001-02 30 5 5 14 49 5
2002-03 25 1 1 12 38 1
Jami 439 102 52 8 111 18 602 128
Al-Rayyan S. C. 2003-04 19 3 19 3
Bolton Wanderers F. C. 2004-05 29 1 29 1
Umumiy karyerasida 545 109 60 8 111 18 716 135

Mukofotlar

Real Madrid
  • La Liga: 1989-90, 1994-95, 1996-97, 2000-01, 2002-03
  • Qirol kubogi: 1992-93
  • Ispaniya Superkubogi: 1990, 1993, 1997, 2001-yillar
  • UEFA Chempionlar Ligasi: 1997-98, 1999-2000, 2001-02
  • Qitʼalararo kubok: 1998, 2002
  • UEFA Superkubogi: 2002-yil
  • Iberoamerikana kubogi: 1994
Al-Rayyan
  • Qatar amiri kubogi: 2003-04

Shaxsiy sovrinlar

  • FIFA XI: 1996, 1997, 1998
  • UEFA yilning eng yaxshi klub himoyachisi: 1997-98
  • Yilning ESM jamoasi: 1996-97, 1997-98
  • FIFA Jahon chempionati yulduzlar jamoasi: 2002-yil
Yuqori