| Valverde 2021-yilda | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Federico Santiago Valverde Dipetta | ||
| Tavallud sanasi | 1998-yil 22-iyul | ||
| Tavallud joyi | Montevideo, Urugvay | ||
| Boʻyi | 1.82 m | ||
| Ampluasi | Markaziy yarim himoyachi, Oʻng qanot yarim himoyachisi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Real Madrid | ||
| Raqami | 8 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2001-2008 | Estudiantes de la Unión | ||
| 2008-2015 | Peñarol | ||
| 2016-2017 | Real Madrid | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2015—2016 | Peñarol | 12 | (0) |
| 2016—2017 | Real Madrid Castilla | 30 | (3) |
| 2017— | Real Madrid | 104 | (5) |
| – | → Deportivo La Coruña | 24 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2012-2013 | Uruguay U15 | 25 | (7) |
| 2014-2015 | Urugvay U17 | 24 | (11) |
| 2015 | Urugvay U18 | 7 | (3) |
| 2015-2017 | Urugvay U20 | 15 | (2) |
| 2017- | Urugvay | 42 | (4) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (20-may uchun) | |||
Federico Santiago Valverde Dipetta (talaffuzi: Federiko Valverde; 1998-yil 22-iyulda tugʻilgan) – Urugvaylik professional futbolchi, Ispaniyaning Real Madrid klubi va Urugvay terma jamoasida markaziy yarim himoyachi, oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Oʻzining tezligi, chidamliligi bilan mashhur boʻlgan koʻp qirrali oʻyinchi, shuningdek, himoya yarim himoyachisi, oʻng qanot himoyachisi va baʼzan oʻng qanot himoyachisi sifatida ham oʻynashi mumkin.
Jamoalardagi faoliyati
Valverde oʻzining ilk faoliyatining koʻp qismini Peñarol bilan oʻtkazdi. 2015-16-yilgi mavsumda Cerroga qarshi oʻyinda Peñarol safida debyut qildi. Urugvayning yoshlar jamoasi aʼzosiga aylandi va Arsenal, Barcelona, Chelsea va Real Madrid kabi klublarning qiziqishini uygʻotdi.
Real Madrid
2016-yilning iyulida Peñaroldan Realga oʻtib, B jamoasiga qoʻshildi. Ikki oy oʻtgach, Valverde Castilla safida Real ga qarshi debyut qildi, oʻyinda uning klubi yutqazdi. U debyut mavsumida ikkinchi jamoaning doimiy aʼzosiga aylandi. Yarim himoyachi Castilla safidagi ilk golini 2016-yilning dekabrida Albacetega qarshi oʻyinda urgan edi.
Deportivo La Coruñaga ijara
2017-yilning 22-iyunida Valverde La Liga vakili Deportivo La Coruñaga bir yilga ijaraga berildi. U musobaqadagi debyutini 10-sentyabr kuni oʻtkazdi. Valverde mavsum davomida 24 ta oʻyinda maydonga tushdi, jamoasi quyi ligaga tushib ketdi.
2018: Real Madridga qaytish
Ijaradan qaytgach, Valverde 2018-19-yilgi mavsumda yangi bosh murabbiy Julen Lopeteguini hayratda qoldirdi va asosiy tarkibdan oʻrin oldi. 2018-yil 23-oktabr kuni Valverde 20 yoshida Santiago Bernabéuda FC Viktoria Plzeňga qarshi UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida Real Madriddagi rasmiy debyutini oʻtkazdi. 25 oʻyinda maydonga tushdi va asosiy jamoadagi birinchi mavsumida FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi.
2019-yildan hozirgi kungacha: Birinchi jamoa yutugʻi
Zinedine Zidanening klubga qaytishi va Markos Llorentening ketishi bilan Valverde 2019-20-yilgi mavsumda jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylandi. 2019-yilning 9-noyabrida u Real Madrid safidagi ilk golini La Liga doirasida Eibar ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda kiritdi.
2020-yilning 12-yanvarida Valverde Ispaniya Superkubogi finalida Atletico Madridga qarshi oʻyinda Álvaro Morataga nisbatan qoidabuzarlik qildi. Valverde maydondan chetlatildi, ammo uning harakatlari muqarrar gol boʻldan qutqardi, oʻyin oxirida Real Madrid gʻalaba qozondi. Valverde liga mavsumi davomida 33 oʻyinda maydonga tushdi, Real Madrid 2019-20 La Ligada gʻolib chiqdi.
27-sentyabr kuni Valverde Real Madridning 2020-21-yilgi mavsumdagi ilk golini La Liga doirasida Betisga urdi, yakunda 3:2 hisobida gʻalaba qozonishdi. Oʻyin futbolchisi boʻldi. Bir oy oʻtgach, 24-oktyabr kuni Valverde Camp Nouda Barcelona darvozasini 5-daqiqa ichida urdi va yakunda 3:1 hisobida gʻalaba qozonishdi. Valverde El Clásicoda gol urgan ikkinchi urugvaylik (Luis Suárezdan keyin) va Real Madrid uchun esa birinchi boʻldi. Bir hafta oʻtgach, Valverde Alfredo Di Stéfano stadionida Huescaga qarshi 4:1 hisobida gʻalabali oʻyinda gol urdi. Bu uning mavsumdagi uchinchi goli boʻldi.
2021-yilning 24-avgustida Valverde shartnomasini 2027-yilgacha uzaytirdi. 2022-yil 12-yanvarda Ispaniya Superkubogi yarim finalining qoʻshimcha taymlarida Barcelona darvozasiga 3-golni urdi (3:2. 28-may kuni u Chempionlar ligasi finalida Liverpool ustidan 1:0 hisobida gʻalabali oʻyinda Vinícius Júniorga golli uzatma berdi va Real Madrid UEFA Chempionlar Ligasidagi 14-marta chempionlikni qoʻlga kiritdi.
Terma jamolardagi faoliyati

Federico Valverde 2017-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Kumush toʻp bilan taqdirlandi, Urugvay turnirni toʻrtinchi oʻrinda yakunladi.
U birinchi marta 2017-yilning avgustida toʻliq tarkibga chaqirilgan va 2017-yil 5-sentyabrda Urugvay milliy futbol jamoasida debyut qilgan va Paragvayga qarshi oʻyinda kattalar jamoasi bilan birinchi xalqaro golini urgan. 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun Urugvayning 26 kishilik vaqtinchalik tarkibiga kiritilgan, biroq u 23 kishilik yakuniy tarkibdan tashqarida qolgan.
Valverde murabbiy Óscar Tabárez tomonidan 2019-yilda Braziliyada boʻlib oʻtadigan Amerika Kubogi uchun Urugvay terma jamoasining 23 kishilik yakuniy tarkibiga kiritildi. 29-iyun kuni Peruga qarshi oʻtkazilgan chorak finalda asosiy vaqtdan keyin 0:0 hisobidagi durang natija penaltilar seriyasiga qadar davom etdi; Urugvay 4:5 hisobida magʻlub boʻldi va musobaqadan chiqib ketdi.
2021-yil iyun oyida Federico 2021-yilgi Amerika kubogi uchun tarkibga tanlandi.
Shaxsiy hayoti
Valverde argentinalik jurnalist va boshlovchi Mina Bonino bilan ishqiy munosabatda. Ularning 2020-yil 20-fevralda tugʻilgan Benisio ismli bitta oʻgʻli bor.
Faoliyat statistikasi
Klub
- 28-may, 2022-yil
| Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Qitʼʻa | Boshqa | Jami | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Liga | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
| Peñarol | 2016 | Urugvay Primerasi | 12 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 13 | 0 | |
| Real Madrid Castilla | 2016-17 | Segunda B divizioni | 30 | 3 | — | — | — | 30 | 3 | |||
| Deportivo La Korunya (ijara) | 2017-18 | La Liga | 24 | 0 | 1 | 0 | — | — | 25 | 0 | ||
| Real Madrid | 2018-19 | La Liga | 16 | 0 | 5 | 0 | 4 | 0 | — | 25 | 0 | |
| 2019-20 | La Liga | 33 | 2 | 3 | 0 | 6 | 0 | 2 | 0 | 44 | 2 | |
| 2020-21 | La Liga | 24 | 3 | 1 | 0 | 7 | 0 | 1 | 0 | 33 | 3 | |
| 2021-22 | La Liga | 31 | 0 | 2 | 0 | 11 | 0 | 2 | 1 | 46 | 1 | |
| Jami | 104 | 5 | 11 | 0 | 28 | 0 | 5 | 1 | 148 | 6 | ||
| Jami faoliyati | 170 | 8 | 12 | 0 | 29 | 0 | 5 | 1 | 216 | 9 | ||
- Appearance(s) in Copa Libertadores
- Appearance(s) in UEFA Champions League
- Appearance(s) in Supercopa de España
Xalqaro
- 11-iyun, 2022-yilgi holat boʻyicha
| Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
|---|---|---|---|
| Urugvay | 2017 | 4 | 1 |
| 2018 | 4 | 0 | |
| 2019 | 12 | 1 | |
| 2020 | 2 | 0 | |
| 2021 | 13 | 1 | |
| 2022 | 8 | 1 | |
| Jami | 42 | 4 | |
- Gollar va natijalar birinchi boʻlib Urugvayning gollari sonini sanab oʻtadi.
| № | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 2017-yil 5 sentyabr | Estadio Defensores del Chaco, Asunsion, Paragvay | 1 – 0 | 2-1 | 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi | |
| 2. | 2019-yil 7 iyun | Estadio Centenario, Montevideo, Urugvay | 3 – 0 | 3-0 | Doʻstona | |
| 3. | 2021-yil 5 sentyabr | Estadio Campeón del Siglo, Montevideo, Urugvay | 2 – 0 | 4-2 | 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi | |
| 4. | 2022-yil 29 mart | Estadio San Karlos de Apoquindo, Santiago, Chili | 2 – 0 | 2-0 |
Yutuqlari
Peñarol
- Primera : 2015-16
Real Madrid
- La Liga : 2019-20, 2021-22 2023-2024
- Ispaniya Superkubogi : 2019-20, 2021-22
- UEFA Chempionlar Ligasi : 2021-22
- FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati : 2018 2022
Individual
- FIFA U-20 Jahon chempionati kumush toʻpi : 2017
- UEFA LaLiga yilning eng yaxshi jamoasi: 2019-20
Eslatmalar
- 22-iyulda tugʻilganlar
- 1998-yilda tugʻilganlar
- Montevideoda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Urugvaylik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Peñarol futbolchilari
- Real Madrid CF futbolchilari
- Real Madrid Castilla futbolchilari
- Deportivo de La Coruña futbolchilari
- Segunda División B oʻyinchilari
- La Liga oʻyinchilari
- UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Urugvay milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- Copa América 2019 oʻyinchilari
- Copa América 2021 oʻyinchilari
- Copa América 2024 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari
- Urugvaylik muhojir erkak futbolchilar
- Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar
