| Farrux Soipov | |
|---|---|
| Tavalludi | 1984-yil 25-sentyabr Toshkent, OʻzSSR |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | Aktyor, rejissyor |
| Janr | Komediya, melodrama, drama |
| Boʻyi | 1,93 m |
| Vikiiqtibosda Farrux Soipovga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Farrux Soipov (1984-yil 25-sentyabr, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek aktyori va rejissyori.
Hayoti
Farrux Soipov 1984-yil 25-sentabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Farrux yoshligidan sahnani orzu qilgan va maktab xorida qoʻshiq kuylab yurgan. Ammo maktabdan keyin yuridik oliygohga oʻqishga kirgan.
Sanʼatni tark etishi
2017-yilda u sanʼatni tark etgan. „Sayyod.com“ sayti muallifi uning sanʼatdan ketish sababini quyidagicha izohlagan:
Farruxning dunyoqarashi so‘nggi yillarda ancha teranlashib, u ko‘p narsani o‘ziga ep ko‘rmaydigan bo‘la boshlagan edi. Shuning uchun ham uning bu qarori to‘g‘ri.
Javohir Zokirov esa bu haqida quyidagi fikrlarni aytgan:
O‘sha paytda u ruhiy tushkunlikka tushib qolgandi. Kinoda kelajagini ko‘rolmay, hafsalasiz bo‘lib qolganini sezish qiyin emasdi. Hatto kinoga tushishni ham xohlamay qolgandi. Shunda Farruxga “Film tarixda qoladi, odamlar ko‘radi. Keyinchalik uni ko‘rib afsuslanmaslik uchun rolni maromiga yetkazib ijro etgin. Odamlar ko‘rib, mana o‘zbeklar ham shunaqa zo‘r kino olishibdi, deyishsin”, deganman.
Sanʼatni tark etganidan keyin u tadbirkorlik bilan shugʻullanishga oʻtgan. U bundan keyin ancha vaqt ekranlarda koʻrinish bermagan va 2018-yilga kelib umraga kelgan vaqtida Jasur Hamroyevga intervyu bergan.
Faoliyati
Farrux Soipov ilk rolini „Marjona“ filmida ijro etgan. Shu filmdan soʻng u alohida aktyorlik mahoratlari kurslarida oʻqigan. Keyinchalik AQShga borib, maxsus kinematografiya kurslarida tahsil olgan. Farrux Soipovning birinchi taniqli filmi „Kelgindi kuyov“ boʻlgan. Bu filmda u AQShdan kelgan talaba yigit rolini ijro etgan. Uning ilk rejissyorligidagi film esa „Qalbim oʻgʻrisi“ boʻlib, unda oʻzi ham rol ijro etgan.
Farrux Soipov drama, melodrama, komediya va jangari filmlarda turli obrazlar yaratdi. Ulardan „Qalbim oʻgʻrisi“, „Feride“, „Sugʻdiyona“, „Oshiqlar“, „Panox“, „Kelgindi kelin“, „Osiy banda, 2011“, „Nafs“, „Muhabbatnoma“ va boshqalar bor.
Bundan tashqari Farrux Soipov xonandalik borasida ham oʻzini sinab koʻrgan. Ijodida „Gʻozal bu dunyo“, „Sen kechir“, „Nafs“ kabi qoʻshiqlari mavjud.
Filmografiyasi
| Yil | Nomi | Obraz | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2004 | Marjona | Mashrab | Bosh rol |
| 2005 | Kelgindi kuyov | Suhrob, amerikalik talaba yigit | Bosh rol |
| Goʻzallik Siri | Shohruh | Bosh rol | |
| 2006 | Kelgindi kelin | Elbek | Bosh rol |
| Sugʻdiyona | Rustam | Bosh rol | |
| 2007 | Sevginator | Farruh | Epizod |
| Panoh | Sanjar | Bosh rol | |
| 2008 | Boyvachcha: Amakivachchalar | Farruh | Epizod |
| Feride | Farhod | Bosh rol | |
| 2009 | Ada emas, dada | Epizod | |
| Oshiqlar | Jahongir | Bosh rol | |
| Qalbim oʻgʻrisi | Jafar | Bosh rol, rejissyor | |
| 2010 | Muhabbatnoma | Shohjahon | Bosh rol |
| Yuzma yuz | Qodir | Bosh rol | |
| 2011 | Osiy Banda | Farruh | Epizod |
| Nafs | Samir | Rejissyor | |
| 2012 | Kelgindi qaynona | Behruz | Bosh rol |
| 2014 | Angel of Death | Rossiya, AQSh va Oʻzbekiston filmi | |
| 2015 | Sotqin | Sarvar | Bosh rol |
Diskografiyasi
| Yil | Nomi | Shoir | Bastakor | Izoh |
|---|---|---|---|---|
| Ey, yurt | ||||
| Gʻozal bu dunyo | ||||
| Sen kechir | ||||
| Nafs |
- 25-sentyabrda tugʻilganlar
- 1984-yilda tugʻilganlar
- Alifbo boʻyicha aktyorlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonlik aktyorlar
- Alifbo boʻyicha rejissyorlar
- Oʻzbekistonlik rejissyorlar