Farob turkmancha: Farap | |
|---|---|
| Shahar | |
![]() | |
| 39°10′0″N 63°36′20″E / 39.16667°N 63.60556°E | |
| Mamlakat | Turkmaniston |
| Viloyat | Lebap viloyati |
| Hukumat | |
| • Hokim | Hasan Jumakuliyevich Metkuliyev |
| Markazi balandligi | 191 m |
| Rasmiy til(lar)i | Turkman tili |
| Aholisi (2010) | 17 277 |
| Milliy tarkib | Turkmanlar, oʻzbeklar |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5:00 |
| Telefon kodi | +993 448 |
| Pochta indeks(lar)i | 746070 |
| Avtomobil kodi | LB |
| | |
Farob (turkmancha: Farap) — Turkmanistonning Lebap viloyatidagi shahar. Aholisi 16 731 nafar (2009). Farob Oʻzbekistonning Olot tumani bilan chegarada joylashgan shahar hisoblanadi.
Etimologiyasi
Farob nomining kelib chiqishi va maʼnosi nomaʼlum. Vamberi buni forscha „toza suv“ jumlasining buzilgan shakli deb hisoblagan.
Tarixi

Farob shaharchasi SSSR vaqtida Turkmaniston SSRning Chorjoʻy viloyati Farob tumanining markazi edi. 2016-yildan shahar maqomi berilgan.
2022-yil 9-noyabrda markazi Farob boʻlgan Farob tumanining tugatilishi munosabati bilan u Chorjoʻy tumani tarkibiga kiritildi.
Geografiyasi
Turkmanoboddan 8 km shimoli-gʻarbda, Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida, Ashxoboddan 474 km uzoqlikda joylashgan. Turkmanobod — Farob yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi.
Aholisi
| Yil | 1959 | 1970 | 1979 | 1989 | 2009 |
|---|---|---|---|---|---|
| Aholi soni (nafar) | 3 725 | 5 134 | 6 486 | 8 524 | 16 731 |
Diqqatga sazovor joylari
- Temir yoʻl vokzali;
- Xristian qabristoni;
- Musulmon qabristoni.
Yana qarang
- Lebap viloyati shaharlari
