Denílson Pereira Neves (talaffuzi: Denilson Pereira Neves) 1988-yil 16-fevralda San-Pauluda tavallud topgan.Braziliyalik futbolchi yarim himoyachi vazifasini bajargan. Braziliyaning „Gremio“ klubida faoliyat yuritgan.
| Denílson | |
|---|---|
![]() | |
| Umumiy maʼlumotlari | |
| Ism sharifi | Denílson Pereira Neves |
| Tugʻilgan | 16-fevral 1988-yil(34 yosh) San-Paulu, Braziliya |
| Fuqaroligi | |
| Boʻyi | 178 cm |
| Pozitsiyasi | yarim himoyachi |
Biografiyasi
Denílson Pereira Neves oʻz faoliyatini „San-Paulu“da boshlagan, u yerda „kanonirlar“ bosh murabbiyi Arsen Venger unga eʼtibor qaratgunga qadar 12 oʻyin oʻtkazgan.
„Arsenal“ Denílson Pereira Nevesni 2006-yilning 31-avgustida transfer oynasining soʻnggi kunida 3,4 million funt sterlingga sotib oldi. U Gilberto Silvaning oʻrinbosarlari boʻlishi taxmin qilingandi, ammo tez orada Denílson Pereira Nevesning oʻyin uslubi Sesk Fabregasga oʻxshashligi maʼlum boʻldi.
2006-yilning noyabrida Braziliya U-19 yoshlar terma jamoasi sardori Denílson Pereira Neves Shveysariyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga terma jamoaga chaqirilgan, biroq oʻyinda qatnasha olmagan. Denílson Pereira Neves 2006-yilning 30-dekabrida „Arsenal“ safida „Sheffield United“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Yarim himoyachi klubdagi ilk golini 2007/08-yilgi mavsum boshida Liga kubogi bahsida „Newcastle“ga qarshi oʻyinda kiritgan.
2011-yil 18-iyulda futbolchi bir yillik ijara asosida „San-Paulu“ga koʻchib oʻtdi. 2012-yilning 5-iyulida „San-Paulu“ Denílson Pereira Nevesning ijara muddatini 2013-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirdi.
2013-yilning 3-iyunda tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra, „Arsenal“ 2011-yilda vataniga ijaraga joʻnab ketgan va oʻshandan beri qaytib kelmagan 25 yoshli Denílson Pereira Neves bilan shartnomani bekor qilgani maʼlum boʻldi. Erkin agent maqomidagi braziliyalik „San-Paulu“ bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi. Avvalroq Moskvaning „CSKA“ klubi futbolchiga yaqindan qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Statistika
| Nomi | Mamlakat | Mavsum | Oʻyinlar | Gollar |
|---|---|---|---|---|
| São Paulo F. C. | 2005-2006 | 22 | 0 | |
| Arsenal F. C. | 2006-2011 | 153 | 10 | |
| São Paulo F. C. | 2011-2015 | 187 | 1 | |
| Al-Wahda | 2015-2018 | 29 | 2 | |
| Cruzeiro E. C. (ijara) | 2016 | 5 | 0 | |
| Botafogo F. C. | 2018-2019 | |||
| Sliema Wanderers F. C. |
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Braziliyalik erkak futbolchilar
