Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Matematika instituti (1959–1985) Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi (1984–1985) Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirigi

Mahmud Salohiddinov

Ushbu maqola xushsifat maqolalar sarasiga kiradi.
Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mahmud Salohiddinov
Tavalludi 23-may 1933-yil
Namangan, Namangan viloyati, O‘zbekiston SSR, SSSR
Vafoti 27-aprel 2018-yil(2018-04-27)
(84 yoshda)
Toshkent shahri, O‘zbekiston
Istiqomat joylari Namangan shahriToshkent shahri
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Sohasi Xususiy hosilali differensial tenglamalar, integral tenglamalar
Ish joylari

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Matematika instituti (1959–1985)
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi (1984–1985)
Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirigi (1985–1988)

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi (1988–1994)
Institutlar Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (1958–1996)
Taʼlimi

Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti) 1950–1955

1955–1958-yillarda aspirantura
Ilmiy darajasi Fizika-matematika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Akademik rahbarlari Rossiya fanlar akademiyasining Matematika instituti rahbari A. V. Bitsadze
Mukofotlari

Oʻzbekiston fan arbobi
Mehnat shuhrati ordeni

Dini Islom, hanafiylik
Dafn etilgan joyi Yalangʻoch-2 qabristoni

Mahmud Salohiddinovich Salohiddinov (1933-yil 23-noyabr, Namangan shahri, O‘zbekiston SSR, SSSR – 2018-yil 27-aprel, Toshkent, O‘zbekiston) – sovet va oʻzbek matematik olimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor (1969-yil), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi akademigi (1974-yil). Oʻzbekistonda differensial tenglamalar sohasidagi ilmiy maktab tashkilotchisi va rahbari. „Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti“ laureati (1974). 1974-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib saylangan.

Mahmud Salohiddinov 1958–1959-yillarda Oʻrta Osiyo davlat universitetining matematik analiz kafedrasida oʻqituvchi, 1980–1986, 1993–1996-yillarda differensial tenglamalar kafedrasi mudiri, 1959–1967-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Matematika institutida ilmiy xodim, boʻlim mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari va 1959–1985-yillarda direktor lavozimida faoliyat yuritgan. 1984–1985-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, keyinchalik 1988–1994-yillarda akademiya prezidenti, 1985–1988-yillarda Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri va 1994–1997-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi fizika-matematika fanlari boʻlimi raisi lavozimida ishlagan[⇨].

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga asosan „Oʻzbekiston fan arbobi“ faxriy unvoni, „O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i“, „Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi“, „Buyuk xizmatlari uchun“, „Fidokorona xizmatlari uchun“, „Mehnat shuhrati“ va „Hurmat Belgisi“ ordenlari bilan taqdirlangan[⇨].

Tarjimai holi

Mahmud Salohiddinovich Salohiddinov 1933-yil 23-noyabrda Namangan shahrida tavallud topgan. Millati – oʻzbek. Dastlab oʻrta maʼlumotni Namangan shahridagi 4-umumtaʼlim maktabida olgan. 1950–1955-yillarda Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) ning fizika-matematika fakultetida matematik analiz mutaxassisligi boʻyicha tahsil olgan. 1955–1958-yillarda Oʻrta Osiyo Davlat universitetida aspiranturani tamomlagan.

Mahmud Salohiddinov qabri. Toshkent Yalangʻoch-2 qabristoni (27-aprel 2018-yil).

Faoliyati

Mahmud Salohiddinov 1958–1959-yillarda Oʻrta Osiyo Davlat universitetining matematik analiz kafedrasida oʻqituvchi, 1980–1986, 1993–1996-yillarda differensial tenglamalar kafedrasi mudiri hamda 1959–1967-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutida ilmiy xodim, boʻlim mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari va 1959–1985-yillarda direktor lavozimida faoliyat yuritgan. 1984–1985-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, keyinchalik 1988–1994-yillarda akademiya prezidenti, 1985–1988-yillarda Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri va 1994–1997-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi fizika-matematika fanlari boʻlimi raisi lavozimida ishlagan.

Shuningdek, olim Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining turli nashriyotlarida ham faoliyat yuritgan, jumladan, 1988–1997-yillarda „Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi maʼruzalari“, 1987–1988-yillarda „Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi axboroti“, 1991–2013-yillarda „Oʻzbekiston matematika jurnali“ ilmiy jurnallari bosh muharriri va tahrir hayʼati aʼzosi boʻlgan.

1985-yildan 2000-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi va parlamenti deputati sifatida faoliyat yuritgan.

Mahmud Salohiddinovning akademik rahbari Rossiya fanlar akademiyasining Matematika instituti rahbari A. V. Bitsadze boʻlgan. Olimning ilmiy-tadqiqot faoliyati asosan xususiy hosilali differensial tenglamalar va integral tenglamalarga oiddir. 1958-yilda fizika-matematika fanlari nomzodi, 1967-yilning may oyida „Aralash-qoʻshma tipdagi uchinchi tartibli tenglamalar nazariyasiga oid“ mavzusida doktorlik ilmiy ishini himoya qilib, fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 1976-yil differensial tenglamalar boʻyicha Bolgariya Fanlar akademiyasining Matematika institutiga maʼruzalar oʻqish uchun taklif qilingan. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti qoshidagi Matematika institutidagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi kengashining raisi, keyinchalik aʼzosi.

Xalqaro ilmiy va matematik kongresslarda hamda differensial tenglamalar boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro simpozium va anjumanlarda ishtirok etgan.

YillarShaharlar
1966Moskva
1970Nice
1983Varshava
1989Pekin
1990Kioto
1992Tehron
1992, 1994Istanbul
1976, 1985Sofiya
1978Ashxobod
1984Samara
1986, 1996, 2003, 2012 Nalchik
1992, 2000, 2007 Novosibirsk
1986, 1991 Tbilisi
1991, 2006, 2009 Olmaota

Davlat va ilmiy delegatsiyalar aʼzosi sifatida turli davlatlarga safarlar qilgan.

Yillar Davlatlar
1970 Suriya
1989 Xitoy
1987, 1990, 1991, 1992 Hindiston
1990 Yaponiya
1991, 1992, 1994 Turkiya
1992 AQSh
1992 Eron
1993 Fransiya
1993 Chili
1994, 2000, 2003, 2007, 2012 Rossiya

Olim 5 ta monografiya, 6 ta darslik, 6 ta oʻquv qoʻllanma hamda 236 ta ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.

Kitoblari

Darsliklari

Unvon va mukofotlari

  • „Oʻzbekiston fan arbobi“ faxriy unvoni (1984-yil)
  • „Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti“ laureati (1974-yil)
  • „Buyuk xizmatlari uchun ordeni“ (2007-yil)
  • „Fidokorona xizmatlari uchun ordeni“ (2017-yil)
  • „Mehnat shuhrati ordeni“ (2003-yil)
  • „Hurmat Belgisi“ ordeni (1976-yil)
  • „Mustaqillik nishoni“ (1992-yil)
  • Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy yorligʻi
  • „Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi“ (1976-yil)
  • Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti ilmiy kengashi qaroriga asosan „Yuksak xizmatlari uchun“ belgisi bilan taqdirlangan (1992-yil)

Vafoti va xotirasi

Mahmud Salohiddinov 2018-yil 27-aprel kuni 84 yoshida vafot etgan va Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Yalangʻoch-2 qabristoniga dafn etilgan. 2018-yil 22-noyabr kuni akademik Mahmud Salohiddinovning 85 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasida „Differensial tenglamalarning zamonaviy muammolari va ularning tadbiqlari“ mavzusida respublika ilmiy konferensiyasi oʻtkazilgan.

Adabiyotlar

  • Ummatov R. Gʻaznai Namangon/ Ensiklopediya (3-jildli) 1-kitob/ Oltin odamlar. Toshkent: „Sharq“, 2022 448-bet. ISBN 978-9943-8832-1-4. 
  • М.Х.АХМЕДОВА, К.А.ГАЮБОВА. Узбек тили. Тошкент: „Тошкент“, 2019 140-bet. 
Yuqori