Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Dehqonobod — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi shaharcha (1989-yildan). 1935-yilgacha Tanggʻaram qishogʻi deb atalgan. Tumanni

Dehqonobod (shaharcha)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dehqonobod — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi shaharcha (1989-yildan). 1935-yilgacha Tanggʻaram qishogʻi deb atalgan. Tumanning janubida, Boysuntogʻ tizmasining tarmogʻi Oqboshtogʻ etagida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Gʻuzor — 46 km. Dehqonobod hududidan Kichik Oʻradaryo oqib oʻtadi. Aholisi 7,4 ming kishini tashkil etadi (2000), asosan oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Dehqonoboddan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Oʻrta maktablar, internat maktabi, 2 ta klub, kasalxona, dorixona, bir qancha savdo, maishiy xizmat shaxobchalari, kichik, xususiy korxonalar mavjud. Aholi suvni Kichik Oʻradaryo va buloqlardan oladi.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Yuqori