| Dananir al Barmakiyya دنانير البرمكية | |
|---|---|
| Tavalludi | VIII |
| Vafoti | taxminan 880-yillar Bagʻdod |
| Ijod qilgan tillari | Arab tili |
Dananir al-Barmakiyya (arabcha: دنانير البرمكية) (VIII asr oxiri – IX asr boshi) – arab qiyon musiqachisi va shoiri. Mashhur „Qoʻshiqlar kitobi“ muallifi sifatida ham tanilgan.
Madinadan al-Barmakiyya qul boʻlib, Yahyo ibn Xolid al-Barmakiyga sotilgan.
Qul sifatida qiyonlikka oʻrgatilgan. al-Barmakiyya Qiyon-musiqachi boʻlmish Badhlning shogirdi hamdir. Ustozlari orasida Ibrohim va Ishof al-Mausuliy, Ibn Jomiy, Fulayh va Bazl bor boʻlgan.
Dananir eng mashhur qiyon-musiqachilardan biri sifatida qayd etilgan. U zoʻr shoir, musiqachi va qoʻshiqchi sifatida tasvirlangan. Qoʻshiqchi sifatida abbosiy xalifasi Xorun ar-Rashid (786–809-yillar hukmronligi) ning eʼtiborini qozongan. Xalifa uning ijrosini tinglash uchun Bagʻdoddagi vazirining uyiga tashrif buyurgan va unga qimmatbaho sovgʻalar, jumladan, 30 000 oltin tanga qiymatidagi marjonni hadya qilgan.
„Kitob mujarrad al-agʻoniy“ („Tanlangan qoʻshiqlar kitobi“) muallifi sifatida ham tanilgan.
- Oʻlgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar
- Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar
- Madina kishilari
- 8-asr qullari
- 8-asr arab shaxslari
- Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr ayollari
- Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr shaxslari