| Bulgʻor tili | |
|---|---|
| Mintaqalar | Markaziy Osiyo, Shimoliy Kavkaz |
| Holati | oʻlik |
| Turkumlanishi | |
| Turkum | Yevroosiyo tillari |
| Til oilasi |
|
| Alifbosi | arab |
| Til kodlari | |
| ISO 639-1 | - |
| ISO 639-2 | - |
| ISO 639-3 | XBO |

Bulgʻor tili — qadimgi bulgʻor qabilalarining tili. Bulgʻorlar avval Xun qabilalari ittifoqiga kirgan, slavyan, fin-ugor davlatlari bilan aloqada boʻlgan. 9 — 11 asrlardan saqlangan daraklardagi (14 — 15 asrlar) yozuvlarga, tarixiy ismlar tuzulishiga qaraganda, bulgʻor tili hozirgi chuvash tiliga yaqin boʻlgan. Bu ikkalasi turkiy tilining bulgʻor guruhiga mansub. Bulgʻor guruhidagi tillarning oʻzga turkiy tilidan oʻzgachaligi — „z“ oʻrniga „r“, „sh“, „s“ oʻrniga „l“ harfining foydalanishidir. Bulgʻor tili hozirgi boshqir, tatar tillarining shakllanishiga sabab boʻldi. Koʻchmanchilar bulgʻorlarni 7 — 9 asrlarda hozirgi Rossiyaning janubiga tomon quvganida, ularning bir boʻlagi vengr va slavyanlarning tarkibiga kirgan, shuning natijasida ularning tiliga bulgʻor sozʼlari koʻplab kirgan.
Bulgʻorcha, tatarcha va chuvashcha soʻzlar jadvali
| Voljskli-bulgʻorcha soʻzlar (r-uslub) | Taxminan transliteratsiya | Zamonaviy chuvashcha analog | Zamonaviy tatarcha analog | Soʻz maʼnosi |
|---|---|---|---|---|
| هیر | xir | xĕr | kiz | qiz |
| اول | avl (aul) | ivăl | ul | oʻgʻil |
| آیح | ayx | uyăx | ay (aygi) | oy |
| جال | djal | çul | el (djil) | yil |
| تواتو، تواتة | tuatu, tuata | tăvat(ă) | dүrt | toʻrt |
| آلط، آلطی | alti, alt | ult(ă) | alti | olti |
| جتی، جیات | djiat, dj-ti, djiete | çich(ĕ) | җide | etti |
| سکر | s-k-r | sakăr | sigez | sakkiz |
| طحر، طحور | t-xur, t-x-r | tăxăr | tugiz | toʻqqiz |
| وان | van, uan | vun(ă) | un | oʻn |
| جیریم، جرم | djirim, dj-r-m | çirĕm | egerme (җegerem) | yigirma |
| ووطر | vut-r | vătăr | utiz | oʻttiz |
| جور | djur | çĕr | yөz | yuz |
| ﺍﺣﺮﺖ | axirat | axrat | axiret | oxirat |
| ﺍﻜ | ike | ikӗ | ike | ikki |
| ﺩﻨﻴﺎﺮﻦ | denyadan, dunyadan, dunyaran (dunyaran) | tӗncheren | dөnyadan | dunyodan |
| ﺑﺎﻘﻲ | bakiy | — | bakiy | boqiy |
- Tillar
- Turkiy tillar