Gaz generatori (gaz... va lot. generator — hosil qiluvchi) — 1) aso-san qattiq va suyuq yoqilgʻilardan yonuvchi gaz hosil qiladigan apparat. Gaz generatorining transport va muqim (statsionar) turlari bor. Transport G.g.da oʻtin, pistakoʻmir, antratsit va torf kabi qattiq yoqilgʻilardan avtomobil va traktorlarning dvigatellari uchun yonuvchi gaz olinadi. Muqim G.g. qizitish, pishirish va eritish pechlari oʻrnatilgan sanoat korxonalari uchun gaz ishlab chiqaradi. Gaz generatori koʻpincha ichki devorlari oʻtga chidamli gʻishtdan teriladigan shaxtadan iborat boʻladi. Bu shaxtaga yuqoridan yoqilgʻi solib turiladi, pastdan havo yuboriladi, yoqilgʻi qatlamini kolosnikli panjara koʻtarib turadi. Gaz generatorining ishi yonilgʻini yuqori temperaturalarda havoda oksidlashga va suv bugʻida oksidlashga asoslangan. Bosim ostida va bugʻkislorod aralashmasidan foydalangan holda koʻmirdan tarkibida 15% gacha metan boʻlgan shahar gazi hosil boʻladi; 2) suyuqlikli raketa dvigateli generatori — yoqilgʻi yoki uning komponentlari yonishi yoki parchalanishi (termik, katalitik va hokazo) hisobiga qaynoq gaz (temperaturasi 200—900°) ishlab chiqariladigan apparat. Bunday gaz turbonasos ag-regatini harakatga keltirish uchun ish jismi hisoblanadi. Bunday gaz generatorining asosiy ish organlari — aralashtirish kallagi va kallak.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |