Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Boʻri Allamurodovich Allamurodov (1947-yil 10-noyabr (ayrim manbalarda 10-iyul), Kofrun qishlogʻi, Boysun tumani — 2018-yil 29-yanvar, Oʻzbekiston) — sovet davl

Boʻri Allamurodov

Vikipediyada ismi Boʻri va familiyasi Allamurodov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Boʻri Allamurodovich Allamurodov (1947-yil 10-noyabr (ayrim manbalarda 10-iyul), Kofrun qishlogʻi, Boysun tumani — 2018-yil 29-yanvar, Oʻzbekiston) — sovet davlat va partiya arbobi.

Boʻri Allamurodovich Allamurodov
Namangan viloyati partiya qoʻmitasining 12-birinchi kotibi
Mansab davri
1987-yil 5-oktybar  1990-yil 7-avgust
Oʻtmishdoshi Nazir Rajabov
Vorisi Botirali Hakimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-noyabr 1947-yil
Boysun tumani
Vafoti 29-yanvar 2018-yil(2018-01-29)
(70 yoshda)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari Xalqlar doʻstligi ordeni

Tarjimayi holi

Boʻri Allamurodov 1947-yil 10-noyabrdaSurxondaryo viloyati, Boysun tumani, Kofrun qishlogʻida tavallud topgan. 1969-yilda Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasini, 1989-yil KPSS Markaziy qoʻmitasi qoshidagi Ijtimoiy fanlar akademiyasini tugatgan. 1972-yildan KPSS aʼzosi. Ilk mehnat faoliyatini 1962-yilda Sherobod tumanidagi „Yangiobod“ sovxozidan boshlagan. 1969—1971-yillarda harbiy xizmatni oʻtagan. 1971-yildan boshlab Allamurodov Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzida faoliyat koʻrsata boshlaydi. Dastlab 1971-yili Oʻzbekiston leninchi kommunistik yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati qoʻmitasi instruktori, boʻlim mudiri, 1973-yildan Leninchi kommunistik yoshlar ittifoqi Markaziy qoʻmitasi boʻlim mudiri oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 1975-yilda Oʻzbekiston leninchi kommunistik yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi etib saylanadi. 1977-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Surxondaryo viloyati qoʻmitasida boʻlim mudiri, 1978-yilda Ukraina Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasida boʻlim mudiri oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 1982-yil mart oyida Oʻzbekiston leninchi kommunistik yoshlar ittifoqi Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi etib saylanadi. 1982-yil may oyida boʻlib oʻtgan Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzining 19-syezdida esa Allamurodov BLKYI Markaziy qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasi aʼzoligiga saylanadi. 1985-yili Sirdaryo viloyat partiya qoʻmitasi ikkinchi kotibi, 1987-yil 5-oktyabrdan 1990-yil 7-avgustgacha Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi hamda bir vaqtning oʻzida Namangan viloyati kengashi raisi boʻlgan. 1990-yil avgustda respublika Kasaba uyushmalari kengashi raisi, sentyabr oyidan esa Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining kengashi raisi boʻladi.

Boʻri Allamurodov 2018-yil 29-yanvarda 70 yoshida vafot etgan.

Mukofotlari

  • Mehnat qizil bayrogʻi ordeni (1981);
  • Xalqlar doʻstligi ordeni (1986).

Xotira

Hozirgi vaqtda Boʻri Allamurodov xotirasiga bagʻishlab tabdirlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Yuqori