Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Benoît Ntambue Badiashile Mukinayi Baya (2001-yil 26-martda tugʻilgan) – Fransiyalik professional futbolchi, Premyer Liganing „Chelsea“ klubi va Fransiya milliy

Benoît Badiashile

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Benoît Badiashile
Badiashile 2021-yil Monaco safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Benoît Ntambue Badiashile Mukinayi Baya
Tavallud sanasi 2001-yil 26-mart
Tavallud joyi Limoges, Fransiya
Boʻyi 1,94 m (6 ft 4 in)
Ampluasi Markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008–2016 Malesherbes
2016–2018 Monaco
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018–2019 Monaco II 12 (0)
2018–2023 Monaco 106 (6)
2023– Chelsea 34 (1)
Milliy terma jamoa
2016 Fransiya U-16 5 (0)
2017–2018 Fransiya U-17 6 (0)
2018 Fransiya U-18 2 (0)
2018–2019 Fransiya U-19 18 (0)
2020–2023 Fransiya U-21 19 (0)
2022– Fransiya 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)


Benoît Ntambue Badiashile Mukinayi Baya (2001-yil 26-martda tugʻilgan) – Fransiyalik professional futbolchi, Premyer Liganing „Chelsea“ klubi va Fransiya milliy terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida toʻp surmoqda.

Hayoti

Benoît Ntambue Badiashile Mukinayi Baya 2001-yil 26-martda Haute-Vienne Limoges shahrida tugʻilgan. Kelib chiqishi kongolik.

Klubdagi karyerasi

Monaco

2018-yil 5-fevral kuni Badiashile Monaco klubi bilan ilk professional shartnomasini imzoladi. 11-noyabr kunida esa PSGga qarshi oʻyinda Liga 1 doirasidagi debyutini oʻtkazadi.

Chelsea

2023-yil 5-yanvar kuni Badiashile Premyer Liga klubi Chelsea bilan yetti yarim yillik shartnoma imzoladi. The Guardian nashri xabariga koʻra ushbu transfer Londonliklar uchun 32,7 million funtga (37 million yevro) tushgan. Badiashile 2023-yil 15-yanvarida Crystal Palacega qarshi oʻyinda Chelsea safidagi debyutini oʻtkazgan.

Terma jamoadagi faoliyati

Badiashile Fransiya tarkibida 2016-yildan beri U-16 va U-21 kabi yoshlar va asosiy tarkibida toʻp surib kelmoqda.

Himoyachi 2022-yil sentyabr oyida Avstriya va Daniya qarshi kechgan UEFA Millatlar ligasi turniridagi oʻyinlarda ilk bor asosiy jamoa uchun chaqiruv olgan.

Shaxsiy hayoti

Badiashilening akasi Loïc Badiashile ham professional futbolchi.

Statistikasi

Klub

2024-yil 19-may holatiga koʻra
Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistika
Klub Mavsum Liga Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Monaco II 2017–18 Championnat National 2 3 0 3 0
2018–19 Championnat National 2 9 0 9 0
Umumiy 12 0 12 0
Monaco 2018–19 Liga 1 20 1 26 1
2019–20 Liga 1 16 0 20 0
2020–21 Liga 1 35 2 39 2
2021–22 Liga 1 24 1 34 1
2022–23 Liga 1 11 2 16 2
Umumiy 106 6 135 6
Chelsea 2022–23 Premyer Liga 11 1 11 1
2023–24 Premyer Liga 18 0 22 1
Umumiy 29 1 33 2
Umumiy 147 7 180 8

Terma jamoa

2022-yil 25-sentyabr holatiga koʻra
Terma jamoa safidagi statistikasi
Milliy jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Fransiya 2022 2 0
Umumiy 2 0
Yuqori