| Papa Benedikt XVI | |
|---|---|
| | |
| Tavalludi | 16-aprel 1927-yil Marktl, Weimar Respublikasi |
| Vafoti | Vatikan shahri 12-iyul 2022-yil (95 yoshda) |
| Fuqaroligi | Germaniya, Vatikan shahri va Italiya |
| Otasi | Joseph Ratzinger |
| Onasi | Maria Peintner |
| Imzosi | |
| | |
Benedikt XVI, tugʻilgan nomi Joseph Aloisius Ratzinger (talaffuzi: Yozef Aloyzius Ratsinga; 16-aprel 1927, Marktl, Germaniya — 31-dekabr 2022, Vatikan) — Rim papasi (2005-2013), Rim katolik cherkovi va Vatikan davlati boshligʻi. Fuqarolik nomi — Yozef Ratsinger. Myunxen universiteti huzuridagi Ilohiyot institutini tugatgach, 1951-yili ruhoniy rutbasini qabul qildi. 1952—1977 yillarda Germaniyadagi oliy oʻquv yurtlarida oʻqituvchi. 1977-yildan Myunxen va Frayzing arxiyepiskopi, shuningdek, kardinal. 1981—2005-yillarda diniy taʼlimotlar boʻyicha kongregatsiya (boshqaruv organi) prefekti, Vatikan kardinallari hayʼati dekani (2002—2005). 2005-yil 19-aprelda Rim papasi va Rim katolik cherkovi boshligʻi etib saylandi hamda Benedikt XVI nomini oldi va 2013-yilgacha xizmat qildi. Rim papalari ichida eng uzoq yashagan shaxs sifatida rekord oʻrnatgan. Kelib chiqishi nemis boʻlgan ilk Rim papasi (soʻnggi ming yil ichida).
- 16-aprelda tugʻilganlar
- 1927-yilda tugʻilganlar
- 12-iyulda vafot etganlar
- 2022-yilda vafot etganlar
- Rim papalari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar