Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Laziz Kudratov – Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, Strategik rivojlanish agentligi Bosh

Laziz Qudratov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Laziz va familiyasi Qudratov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Laziz Kudratov
Laziz Kudratov
Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktori
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1981-yil
Toshkent, OʻzSSR
Maʼlumoti Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Hosei universiteti (Yaponiya)

Laziz Kudratov – Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktori. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini hamda Hosei universiteti (Yaponiya) da taʼlim olgan.

Bolaligi

1981-yil Toshkent shahrida tugʻilgan.

Faoliyati

U 2003–2010-yillar oraligʻida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vazirligida turli mansablarida ishlagan, 2010–2014-yillarda Respublikaning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi boʻlgan. 2014–2016-yillar oraligʻida „Uzinfoinvest“ agentligining axborot bilan taʼminlash va xorijiy investitsiyalarni qoʻllab quvvatlash bo‘yicha direktori lavozimida ishlagan.

Laziz Kudratov 2017-yil iyunida Investitsiyalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qoʻmitasi raisining Birinchi oʻrinbosari etib saylandi. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari sifatidagi faoliyati davomida Qudratov Vashingtonda Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi. 2019-yilning yanvarida qoʻmita Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi sifatida tashkil etilgach, vazir oʻrinbosari lavozimida ishlashni boshladi.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentning 2021-yil 19-iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Strategik rivojlanish agentligika 2021-yilning 18-avgust sanasidagi №PQ-5224-sonli Qarori bilan Kudratov zimmasiga Bosh direktori vazifasi yuklatildi. Laziz Kudratov boshchiligidagi delegatsiyasi Londonda boʻlib oʻtgan MINEX Eurasia 2019 forumida ishtirok etishdi va Kudratov konferensiyada nutq soʻzladi.

2022-yilning 2-avgust kunida Laziz Kudratov Toshkentda boʻlib oʻtgan „Oʻzbekiston – Ozarbayjon – Turkiya“ uch tomonlama uchrashuvida mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning asosiy istiqbollari haqida soʻzladi. U Prezident huzuridagi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashiga kiruvchilar roʻyxatidan joy oldi.

Yuqori