Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Bektemir Roʻzmatjon oʻgʻli Meliqoʻziyev (1996-yil 8-aprelda, Oʻzbekiston, Fargʻona viloyati, Furqat tumani, Shoimbek qishlogʻi) — oʻrta, ikkinchi oʻrta va yengi

Bektemir Meliqoʻziyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bektemir Meliqoʻziyev
Statistikasi
Asl ismi Bektemir Roʻzmatjon Oʻgʻli Meliqoʻziyev
Laqabi Bek the Bully (ruscha: Bek xuligan)
Vazn toifasi Super oʻrta vazn
Vazni

Oʻrtacha (72,57 kg gacha), 2-oʻrtacha (76,2 kg gacha),

Yengil vazn (79,38 kg gacha)
Boʻyi 175 sm
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Murabbiyi Maruf Axmedov
Tavalludi 1996-yil 13-aprel (1996-04-13) (30 yosh)
Furqat tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston
Uslubi Southpaw pozitsiyasi
Medallari va yutuqlari
Erkaklar havaskor boksi
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston vakili
Olimpiada oʻyinlari
Kumush2016 Rio-de-JaneyroOʻrtavazn
Havaskorlar o'rtasidagi jahon chempionati
Kumush2015 Doha Oʻrtavazn
Bronza2017 Hamburg Yengil - ogʻir vazn
Osiyo chempionati
Oltin2015 BangkokOʻrtavazn
Oltin2017 ToshkentYengil - ogʻir vazn
Yoshlar Olimpiya Oʻyinlari
Oltin2014 NanjingYarim oʻrta vazn
Professional faoliyati
Birinchi jangi Martin Fidel Rios
Oxirgi jangi Gabriel Rosado
Janglari soni 13

Bektemir Roʻzmatjon oʻgʻli Meliqoʻziyev (1996-yil 8-aprelda, Oʻzbekiston, Fargʻona viloyati, Furqat tumani, Shoimbek qishlogʻi) — oʻrta, ikkinchi oʻrta va yengil vazn toifalarida ishtirok etuvchi oʻzbek professional bokschisi. Havaskorlar oʻrtasida Olimpiya oʻyinlari kumush medali sovrindori (2016), jahon chempionatining ikki karra sovrindori (2015, 2017) va ikki karra Osiyo chempioni (2015, 2017). Professionallar oʻrtasida 2-oʻrta vazn toifasida amaldagi WBO Inter-Continental (2020) va WBA Continental Americas (2019-2021) chempioni.

BoxRec reytingidagi eng yaxshi pozitsiya 25-oʻrin (2021-yil fevral) va super oʻrta vazn toifasidagi oʻzbek bokschilari orasida 1-oʻrinni egallagan. Asosiy xalqaro boks tashkilotlari reytingiga koʻra WBO reytingida 12-oʻrinni, WBA reytingida 15-oʻrinni va WBC reytingining 33-oʻrinni egallab, sayyoramizning eng yaxshi super oʻrta vaznli TOP-35 bokschilari qatoriga kirgan.

Biografiyasi

Bektemir Meliqoʻziyev Oʻzbekistonning Fargʻona viloyati, Furqat tumani, Shoimbek qishlogʻida tugʻilgan.

Havaskor boksdagi faoliyati

2014-yil yanvar oyida yarim oʻrta vazn toifasida (69 kg gacha) yoshlar oʻrtasida Osiyo chempioni boʻldi.

2014-yil aprel oyida yarim oʻrta vazn toifasida (69 kg gacha) yoshlar oʻrtasida jahon chempioni boʻldi.

2014-yil avgust oyida yarim oʻrta vazn toifasida (69 kg gacha) Oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari chempioni boʻldi.

2014-yilgi Oʻzbekiston chempionati

U bu musobaqada oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) ishtirok etdi. U chorak finalda Shuhrat Abdullayevni, yarim finalda Jaloliddin Oʻktamovni va finalda Xurshid Normatovni magʻlub etib gʻalaba qozondi.

2015-yilgi Osiyo chempionati

U oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) ishtirok etdi. 1/8 finalda u shri-lankalik Senai Navarathnani magʻlub etdi. Chorak finalda u qozog‘istonlik Janibek Alimxanulini magʻlub etib, yarim finalda eronlik Sajad Mehrabini magʻlub etdi. Va finalda hindistonlik Vikas Krishanni ham magʻlub etib gʻalaba qozondi.

2015-yilgi Jahon chempionati

Bektemir bu chempionatda oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) ishtirok etdi. 1/16 finalda gruziyalik Zaala Kvachatadzeni, 1/8 finalda fransiyalik Kristian Mbillini, Chorak finalda rossiyalik Petra Xamukovani va yarim finalda irlandiyalik Maykl OʼReylini magʻlub etib, finalda u kubalik Arlen Lopezga magʻlub boʻldi va 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

2016-yilgi Jahon chempionati

2016-yilgi Jahon chempionatida Bektemir „Uzbek Tigers“ (Oʻzbekiston) jamoasini himoya qildi. U oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) janglar olib bordi. 2016-yil 22-aprelda rossiyalik Aleksandr Agafonovga magʻlub boʻldi.

2016-yilgi Olimpiada

Bu yilgi olimpiadada oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) ishtirok etgan Meliqoʻziyev 1/8 finalda avstraliyalik Daniel Lewis ustidan gʻalaba qozondi. Chorak finalda hindistonlik Vikas Krishan Yadav ustidan, Yarim finalda meksikalik Misael Rodrigues ustidan gʻalaba qozondi. Finalda kubalik Arlen Lopezga magʻlub boʻlib, 2-oʻrinni egalladi.

2017-yilgi Butunjahon boks seriyasi

Bu yilgi musobaqada Bektemir Meliqoʻziyev „Uzbek Tigers“ (O‘zbekiston) jamoasini himoya qildi. U yengil vazn toifasida (81 kg gacha) ishtirok etdi. 2017-yil 18-fevral kuni qozogʻistonlik Nurdaulet Jarmanovni magʻlub etdi. 2017-yil 18-mart kuni xitoylik Huang Jiabinni magʻlub etdi.

2017-yilgi Osiyo chempionati

Meliqoʻziyev 2017-yilgi Osiyo chempionatida yengil vazn toifasida (81 kg gacha) ishtirok etdi. 1/8 finalda eronlik Amin Ziadini, chorak finalda tojikistonlik Shabbos Negmatulloevni, yarim finalda u xitoylik Huang Jiabingni va finalda qozog‘istonlik Erik Aljanovni mag‘lub etib gʻolib boʻldi.

2017-yilgi Butunjahon boks seriyasi

2017-yilgi Butunjahon boks seriyasida „Uzbek Tigers“ (O‘zbekiston) jamoasini himoya qildi. U yengil vazn toifasida (81 kg gacha) ishtirok etdi. 2017-yil 19-may kuni kubalik Julio Sezar La Kruzga magʻlub boʻldi.

2017-yilgi Jahon chempionati

2017-yilgi Jahon chempionatida Meliqoʻziyev yengil vazn toifasida (81 kg gacha) ishtirok etdi. 1/8 finalda u rossiyalik Muslim Gadzhimagomedov ustidan va chorak finalda qozog‘istonlik Erik Aljanov ustidan gʻalaba qozongan Meliqoʻziyev yarim finalda irlandiyalik Jozef Uordga magʻlub boʻldi va ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

2018-yilgi Butunjahon boks seriyasi

Bektemir Meliqoʻziyev 2018-yilgi Butunjahon boks seriyasida ham oldingi yillardagidek „Uzbek Tigers“ (O‘zbekiston) jamoasini himoya qildi. U yengil vazn toifasida (81 kg gacha) ishtirok etdi. 2018-yil 1-martda kolumbiyalik Diego Motoani, 2018-yil 7-aprel kuni venesuelalik Nalek Korvajani magʻlub etdi.

Professional faoliyati

Bektemir Meliqoʻziyev professional boksda faoliyatini olib borishini eʼlon qildi. Va u professional boksdagi debyutini 2019-yil 13-iyun kuni Martin Fidel Ríosga qarshi oʻtkazdi. 1-raundda nokaut bilan gʻalaba qozondi.

2021-yil 19-iyun kuni Meliqoʻziyev oʻzining eng qiyin raqibi, amerikalik sobiq bokschi Gabriel Rosado bilan jang qildi. U birinchi raunddayoq Rosadoni kuchli zarbalar berib, jangni nazorat qilayotgandek tuyuldi, ammo Rosado kutilmaganda uchinchi raundda Meliqoʻziyevni kuchli ustunlik bilan ushlab oldi va unga kuchli zarba berdi. Meliqoʻziyev oʻzini tiklay olmadi mgʻlub boʻldi. Sharhlovchilar va tahlilchilarning fikricha, bu nokaut yilning eng yaxshi nokautiga daʼvogar edi. 2023-yil 22-aprelda Gabriel Rosado bilan ikkinchi marta bellashdi. Va ochkolar boʻyicha gʻalaba qozondi.

2019-yilning 2-noyabr kuni Meliqoʻziyev Kley Kollardga qarshi professional jang oʻtkazdi. Meliqoʻziyev bir qancha ogʻir zarbalar bilan raqibini sekin-asta magʻlub etib, toʻrtinchi raundda texnik nokaut bilan gʻalaba qozondi. Meliqo‘ziyev 2019-yilning 13-dekabr kuni Von Aleksandrga qarshi jang qilganida professional sifatida birinchi marta muddatidan oldin gʻalaba qozondi..

2020-yil 14-fevral kuni Meliqoʻziyev Oskar Kortesga qarshi jang oʻtkazdi. Dastlabki raundda Meliqoʻziyev ustunlikni oʻz qoʻliga oldi. Jang davomida Kortes bir nechta zarbalarni amalga oshirishiga qaramay Meliqoʻziev ikkinchi marta raundda raqibini tanasiga ogʻir zarba berib, nokdaund holatiga tushirdi. Ikkinchi nokdaundan soʻng hakam Edvard Ernandes jangni tugatishga qaror qildi. Meliqoʻziyevning oltinchi professional jangi 2020-yil 30-oktyabr kuni Alan Kampaga qarshi boʻlib oʻtdi. Meliqoʻziyev uchinchi raundda nokaut bilan gʻalaba qozondi.

Meliqoʻziyev yarim ogʻir vazn toifasida sobiq chempion Sergey Kovalev bilan 2021-yil 30-yanvar kuni jang oʻtkazishi kerak edi, biroq Kovalyovda taqiqlangan modda borligi aniqlangach, jang bekor qilindi. Uning oʻrniga Meliqoʻziev 2021-yil 13-fevral kuni Morgan Fitch bilan jang qildi va bahsda Fitchni ikki marta nokdountga uchratib, uchinchi raundda nokaut bilan gʻalaba qozondi.

Professional boksdagi natijalari

13 uchrashuv, 12 gʻalaba (9 nokaut), 1 magʻlubiyat.
No. Natija Natija

(gʻalaba-magʻlubiyat)

Raqib Turi Raund, vaqt Sana Manzil Eslatmalar
13 Gʻalaba 12–1 Gabriel Rosado UD 10 22-aprel 2023-yil T-Mobile Arena, Paradise, Nevada, AQSh WBA Qitʼalararo superoʻrta vazn toifasida gʻolib chiqdi
12 Gʻalaba 11–1 Ulises Siyerra KO 3 (10), 2:59 28-yanvar 2023-yil YouTube teatri, Inglewood, Kaliforniya, AQSh Superoʻrta vazn toifasida WBO Global chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi
11 Gʻalaba 10–1 Sladan Janjanin TKO 3 (8), 2:18 6-avgust 2022-yil Dickies Arena, Fort Worth, Texas, AQSh
10 Gʻalaba 9–1 David Zegarra KO 2 (10), 0:30 19-mart 2022-yil Galen Center, Los Angeles, Kaliforniya, AQSh
9 Gʻalaba 8–1 Sergei Ekimov UD 8 17-dekabr 2021-yil Hotel Renaissance, Toshkent, Oʻzbekiston
8 Magʻlubiyat 7–1 Gabriel Rosado KO 3 (12), 1:21 19-iyun 2021-yil Don Haskins Center, El Paso, Texas, AQSh Lost WBA Amerika qitʼasi superoʻrta vazn toifasi;
WBO Xalqaro superoʻrta vazn toifasi uchun
7 Gʻalaba 7–0 Morgan Fitch KO 3 (8), 2:08 13-fevral 2021-yil Fantasy Springs Resort Casino, Indio, Kaliforniya, AQSh
6 Gʻalaba 6–0 Alan Campa KO 3 (10), 0:21 30-oktyabr 2020-yil Fantasy Springs Resort Casino, Indio, Kaliforniya, AQSh Superoʻrta vazn toifasida WBO Qitʼalararo chempionligini qoʻlga kiritdi
5 Gʻalaba 5–0 Oscar Cortes KO 1 (10), 2:04 14-fevral 2020-yil Honda Center, Anaheim, Kaliforniya, AQSh
4 Gʻalaba 4–0 Vaughn Alexander UD 10 13-dekabr 2019-yil Fantasy Springs Resort Casino, Indio, Kaliforniya, AQSh
3 Gʻalaba 3–0 Clay Collard TKO 4 (8), 2:22 2-noyabr 2019-yil MGM Grand Garden Arena, Paradise, Nevada, AQSh
2 Gʻalaba 2–0 Ricardo Adrian Luna Flores KO 1 (8), 2:13 30-avgust 2019-yil Pasadena City Hall, Pasadena, Kaliforniya, AQSh
1 Gʻalaba 1–0 Martin Fidel Ríos KO 1 (6), 1:39 13-iyun 2019-yil Avalon Gollivud, Los Angeles, Kaliforniya, AQSh

Yutuqlari

Havaskor faoliyatida

  • 2014 ʻʻʻ2014ʻʻʻ Oltin Yarim oʻrta vazn toifasida (69 kg gacha) yoshlar oʻrtasida Osiyo chempioni.
  • 2014 Oltin Yarim oʻrta vazn toifasida (69 kg gacha) yoshlar oʻrtasida jahon chempioni.
  • 2014 Oltin Yarim oʻrta vazn toifasida (69 kg gacha) Yoshlar Olimpiya oʻyinlari chempioni.
  • 2014 Oltin Oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) Oʻzbekiston chempioni.
  • 2015 Oltin Oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) Osiyo chempioni.
  • 2015 Kumush Oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) Jahon chempionati kumush medal sovrindori.
  • 2016 Kumush Olimpiya oʻyinlarida Oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) kumush medal sovrindori.
  • 2017 Oltin Yengil vazn toifasida (81 kg gacha) Osiyo chempioni.
  • 2017 Bronza Yengil vazn toifasida (81 kg gacha) Jahon chempionati bronza medal sovrindori.

Professional faoliyatida

  • WBA kamari Amerika qitʼasi boʻylab 2-oʻrta vazn toifasi (2019-2021).
  • WBO kamari Qitʼalararo 2-oʻrta vazn (2020).
  • WBO kamari 2-oʻrta vaznda global (2023— hozirgacha).
  • WBA kamari Qitʼalararo 2-oʻrta vazn (2023 —hozirgacha).

Doping boʻyicha mish-mishlar

2021-yilning may oyida Bektemir Meliqoʻziyev bilan doping aniqlangani va 4 yilga mahalliy va jahon musobaqalaridan chetlashtirilgani haqida habarlar tarqalgan edi. Ammo, bu yolgʻon maʼlumot boʻlib, chetlashtirilishning sababi doping emas, balki, boshqa sabablar ekanligi aniq boʻldi.

Yuqori