Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Behistun yozuvi (shuningdek, Bisotun, Bistun yoki Bisutun; forscha: „Xudoning joyi“ maʼnosini anglatuvchi, eski forscha: bagastana) — Eronning Kirmonshoh viloya

Behistun kitobalari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Taxtali trassalar qoʻyilgan Behistun yozulari

Behistun yozuvi (shuningdek, Bisotun, Bistun yoki Bisutun; forscha: „Xudoning joyi“ maʼnosini anglatuvchi, eski forscha: bagastana) — Eronning Kirmonshoh viloyatidagi Behistun togʻidagi jarlikda koʻp tilli yozuv va katta qoyatosh relyefi, gʻarbiy Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida, buyuk Doro (r. miloddan avvalgi 522-486) tomonidan tuzilgan. Eski fors, Elamit va Bobil (Akkad tili turi): kabi uch turdagi tillarning matnlar jamlanmasindan iborat qoyatosh mixxatli yozuvlari.

Buyuk Doro muallifligida yozilgan bu yozuv miloddan avvalgi 522-yilning yozida Fors imperiyasi podshosi sifatida taxtga oʻtirilishidan to miloddan avvalgi 486-yilning kuzida vafotigacha boʻlgan davrdagi muhim tarixiy manbalarni oʻz ichiga oladi. Yozuvlar Doro I ning qisqacha tarjimai holi, jumladan, uning nasl-nasabi va ajdodlariga talluqli bitiklar bilan boshlanadi. Ahmiyatli jihati Misr va Xitoy bitiklari bilan teng hisoblanadi. Unda qadimgi Ahamoniylar sulolasi tarixi va kelib chiqishi, shuningdek sulolaviy shajara daraxti ham berilgan. Undagi ayniqsa, qadimgi Fors imperyasi tarkibiga kiruvchi xalqlar haqidagi maʼlumotlar eng muhimlaridir. Chunki, unda hali arxeologlar va tarixchilar tomonidan yetarlicha oʻrganilmagan 23 ta qadimiy oʻlka va ularda yashovchi xalqlarning qisqacha tasnifi berib oʻtilgan. Xususan, yurtimizda yashagan qadimgi saklar, massagetlar va ulardan keyingi avlod xalqlari boʻlmish xorazmiylar, bakteriyaliklar haqida maʼlumotlar berilgan. Ammo, bu kabi maʼlumotlar xaligacha uzbek tililida nashr etilmayotgani va yurtdoshlarimizning oʻz tarixiga eʼtiborsizligi meni juda tashvishga soladi. Bu kabi muhim manbalar topib oʻrganilishi va xalqimizning kim boʻlganini anglashi uchun qattiq nashr holatida bosmadan chiqarilishi kerak deb oʻylayman.

Behistun yozuvi ustuda bajarilgan izlanishlar

Shahanshoh Doro va unga qarshi chiqqan 10 dana isyonchi tasviri. Ularustida Ahuramazda Doro ularga adolatli xukm chiqarmoqda.

Yozuv taxminan 15m (49ft) balandlikda 25m (82ft) kenglikda va 100m (330 t) Bobil va Midiya poytaxtlarini (Bobil va Ecbatana) bogʻlaydigan qadimiy ohaktoshli jarlik yoʻlidan oʻtgan yaʼniki, joylashgan. Buning sababi bu yoʻldan oʻtgan har bir odam podsholikning tarixi qanday boʻlganligini bildirish maqsadida qilingan, bu esa oʻsha paytda tarixga va unda oʻz nomini abadiy qoldirishga sholarning qanchalik eʼtibor berishini bildiradi. Qadimgi fors tilidagi matn besh ustundan iborat 414 satrni; Elamit matni sakkizta ustunda 593 satrni, Bobil tilidagi matni esa 112 satrni oʻz ichiga oladi. Berilgan tasvirda koʻrinib turibdiki, Doro oʻzining shohlik belgisi sifatida boshida toj kiygan holatda va chap oyogʻini isyonchi odamning koʻkragiga qoʻygan holda tasvirlangan. Shahanshohning orqasida esa ikkita ikkita soqchi joylashgan va shohni qoʻriqlayapti. Podshodan oʻng tomonda birin ketinlikda turgan isyochilar joylashgan, boʻyinlarida sirtmoq va zanjirband holda. Doro ularga hukm oʻqiyapti. Ularning ustida Zardushtiylikning muqaddas xudosi Ahuramazda joylashgan. Bu esa Doroga xudoning marxamati ila berilgan taxtni va gʻalabani bildiradi.

Ser Genri Roulinson

1835-yilda Eron Shohining harbiy kuchlariga tayinlangan Britaniya Sharqiy-Hindiston kompaniyasi armiyasining ofitseri Ser Genri Roulinson yozuvni astoydil oʻrganishga kirishadi. Bu davrda shaharcha „Behistun“ deb atalardi, mos ravishda yodgorlik „Behistun yozuvi“deb nomlangan edi. Unga borishni imkoni yoʻq boʻlishiga qaramasdan, Roulinson mahalliy bolaning yordami bilan jarlikni oʻlchashga va eski fors yozuvini nusxalashga muvaffaq boʻldigan. Ammo faqat qadimiy fors tilidagi yozuvlarni koʻchira oldi holos. Elamit tili jar boʻylab joylashgan, Bobil yozuvlari esa undan toʻrt metr balandda edi, shu sabab ularga yetib borolmaganliklari tufayli oʻranishni keyinga qoldirishgan.

Genri Raulinson, U Ossuriologiya fani, yani, eroniy va mesapotamiya tillarini oʻrganuvchi talim, otasi deb yuritiladi.

Roulinson Forscha matnlar va Georg Fridrix Grotefend (nemis epigrafisti va filologi edi. U asosan mixxat yozuvini ochishga qoʻshgan hissasi bilan tanilgan) ning tasniflari yordamida matnning sirini ochishga kirishadi yani tarjimani boshlidi. Birinchi boʻlimda u Geradot oʻzining sharqiy mamlakatlarga qilgan safarini yoritgan asarda keltirgan shohlarning nomlarini ketma ketligini topadi, biroq nomlar Gerodotning yunoncha transkripsiyasindan bashqacharoq edi, misol uchun Doro nomi Dâryavuš deb keltirilgandi, gerodotnikida Δαρειος.yani Darios. Afsuski, bu kitob ham uzbek tilga tarjima qilinmagan, internet manbalarida ham afsuski uning Gerodotga tegishliligindan boshqa manba topolmaysiz. Belgilarni nomlarga moslashtirish orqalini R. mixxatni 1838 yilda tekstlarni deshifrofkaladi va uni Britaniya Qirollik Jamiyati (Buyuk Britaniya va Irlandiya Qirollik Osiyo Jamiyati, odatda Qirollik Osiyo Jamiyati (RAS) nomi bilan tanilgan, oʻzining 1824 yil 11 avgustdagi qirollik nizomiga binoan, „Osiyo bilan bogʻliq adabiyot, sanʼat va ilm-fan bilan bogʻliq narsalarni tekshirish va ragʻbatlantirish“ bilan shugʻullangan.)va Parijdagi Société Asiatique „Osiyo jamiyati“ (Osiyoni oʻrganishga bagʻishlangan fransuz taʼlim jamiyati. U 1822 yilda Osiyo haqidagi bilimlarni rivojlantirish va tarqatish missiyasi bilan tashkil etilgan. Uning geografik qiziqish chegaralari Magʻribdan Uzoq Sharqqa qadar boʻlib. Jamiyat The Journal asiatique nashr etagan. Hozirgi kunda jamiyatning Fransiyada va xorijda 700 ga yaqin aʼzosi bor; uning kutubxonasida 90 000 dan ortiq jild mavjud) ga topshiradi.

    R. keyinchalik oʻz harbiy majburyati yuzasidan Afgʻonistonga ketadi va 1843 yilda Eronga qaytib keladi, oʻz ishini yakunlashga kirishadi. Bu safar u fors va elam yozuvlari orasidagi boʻshliqni taxtalar bilan toʻldirish orqali kesib oʻtdi va keyinchalik elam yozuvidan nusxa koʻchirdi. U mahalliy aholi orasidan chaqqonroq bir bolani topib unga qoyadagi teshiklarga joylashib to Bobil yozuvinacha koʻtarilatovgʻin bola topdi, shunda yozuvlarning nusxasini olishga imkon tugʻulardi. U yozuvni nusxalashda Papier-mâché usulidan ayyorona foydalandi. Yaniki, qoyaga boʻyoq surtilgan va unga qogʻozni tekkizib olish natijasinda(bosish) mixxatni nusxasi olingan. Buni hozir yosh bolalar, shuningdek men ham tangalardan nusxa olishda foydalanganman. Roulinson boshqa bir qancha olimlar, xususan Edvard Xinks, Julius Oppert, Uilyam Genri Foks Talbot va Edvin Norris bilan alohida yoki hamkorlikda ishlagan holda, bu yozuvlarni deshifrladi va oxir-oqibat ularni toʻliq oʻqiy olish qobiliyatiga ega boʻldi. Behistun yozuvining qadimgi forscha boʻlimlarining tarjimasi matnning elam va bobil qismlarini keyinchalik shifrlash qobiliyatiga yoʻl ochdi, bu zamonaviy Assurologiya(Assyriology)ning rivojlanishiga katta yordam berdi.

    Assuriologiya-Assyriology Bu Mesopatamiya va Qadimgi Eron hududlarida yashovchi xalqlarning lingvistikasi bilan shugʻullanuvchi fan boʻlib unga keng manoda Roulinson asos solgan. Uning tadqiqotlaridan keyin Behistun bitiklarni chuna olishga erishildi. Shu boisdan uni shu fanning otasi deb ham atashadi.

    Nasl-nasab

    Yozuvning birinchi qismida Buyuk Doro oʻzining nasl-nasabi va ajdodlarini keltirib oʻtadi. Quyidagi yozuvlar esa uning keltirib oʻtgan soʻzlarining aniq tarjima nusxasi boʻlib, uning oilasidagi ajdodlarining ketma ketligini aytadi. U shuningdek Shohlar avlodidan ekanligi va Ahuramazda inom etgan davlatning 9-hukmdori ekanligini bayon qiladi. Eron shohlarining Zardushtiylik diniga boʻlgan katta etiborini etiborga olish lozim.

    Shoh Doro aytadi: Mening otam Histas [Vishtaspa]; Histasning otasi Arsames [Arshama] edi; Arsamesning otasi Ariaramnes [Ariyaramna] edi; Ariaramnesning otasi Teispes [Cišpiš] edi; Teipesning otasi Axamenes [Haxâmanish] edi. Shoh Doro aytadi: Shuning uchun bizni Ahamoniylar deb atashgan; Qadim zamonlardan beri biz olijanob edik; Qadim zamonlardan beri bizning sulolamiz shoh boʻlib kelgan. Shoh Doro aytadi: Mening sulolamdan sakkiz nafari mendan oldin podshoh boʻlgan; Men toʻqqizinchisiman. Biz ketma-ket toʻqqizta shoh boʻldik.

    Ahamoniylar sulolasi. Sulolaviy daraxti

    Shoh Doro aytadi: Axuramazdoning inoyati bilan men shohman; Ahuramazda menga saltanat berdi.

    Kir Buyukga atalgan ramziy monument

    Mamlakat hududlari

    Hukmdor shuningdek uning qoʻl ostidagi hududlarni keltirib oʻtadi. Unda jami 23 ta hududni sanab oʻtadi. Shuningdek ularning joylashuvi va qanday xalqlar yashaganligi, qancha soliq toʻlaganligi, ayniqsa qay yoʻsinda nimalar orqali oʻlpon berganliklari keltirilgan. Bu orqali biz bu xalqlarning nima bilan shugʻullarganliklari va nimalar yetishtirganligini bilishimiz mumkin. Xalqlarning tosh yuzasiga oʻyma tasvirlar orqali tasvirlangani tufayli undagi xalq kiyinish madaniyatiga talluqli qimmatli malumotlarni olish mumkin. Qoʻshimcha ravishda biz xaritadan koʻrishimiz mumkinki Yurtimiz 3 ta satraplik yaniki Doro I tomonidan boʻlingan mamuriy hududiy birlik, u malum bir hududda yashovchi xalq va qabilalarning bir biriga yaqinligi va qarindoshligi boʻyicha guruhlarga boʻlib ular yashovchi hududni chegaraladi va satraplik maqomini beradi. Ularga Podsho xonadonidan boʻlgan va yaqin insonlarini Satrap boshligʻi qilib tayinlaydi. Koʻrsanib turgʻaninday biz XV, XVI va XII satrapliklar hududiga kirganmiz.

    Men quyida Shahanshoh Doro Behistunda keltirgan soʻzlarnini tarjimasini joyladim;

    Ahamoniylar davlatining eng gullab yashnagan davrlari miloddan avvalgi VI asrning II choragi

    Shoh Doro aytadi: Bular menga tobe boʻlgan davlatlardir va Axuramazdaning inoyati bilan men ularning shohi boʻldim: Fors [Pârsa], Elam [Ûvja], Bobil [Bâbiruš], Ossuriya [Athura], Arabiston [Arabaya] , Misr [Mudraya], dengiz boʻyidagi mamlakatlar [Tyaiy Drayahyâ], Lidiya [Sparda], yunonlar [Yauna (Ionia)], Midiya [Mâda], Armaniston [Armina], Kapadokiya [Katpatuka], Parfiya [Partava], Drangiana [Zraka], Aria [Haraiva], Xorasmiya [Uvârazmîy], Baqtriya [Bâxtriš], Soʻgʻd [Suguda], Gandhara [Gadâra], Skifiya [Saka], Sattagydia [Thataguš], Arachosia [Harauvatiška] va; jami yigirma uchta yer.

    Mojarolar va isyonlar

    Doro I hokimyatga kelgan ilk hukmronligi vaqtda, bu taxminan miloddan avvalgi 522-519 yillarga toʻgʻri keladi, mamlakat isyonlar bilan toʻla edi. Jami 10 ta hududda satrapliklar isyon koʻtarib mustaqillik davo qilayotgn edilar. Shoh ularni ham B. yozuvlarida keltirib oʻtgan. Unda Kir II va Kambiz II lardan qolgan taxt, unga isyonlarga toʻla boʻlgan davlatni tashlab ketgani, hamda, ularni bostigani haqida soʻz boradi. Ularning bazilari quyida keltirildi;

    Assiana boʻrtma naqshi

    Assina relyefi c. Miloddan avvalgi 519 yil: "Bu Asshina. U „Men Elam shohiman“ deb yolgʻon gapirdi"

    Nidintu-Belning relyefi: "Bu Nidintu-Bêl. U yolgʻon gapirdi, „Men Nabonidning oʻgʻli Navuxadnazarman. Men Bobil shohiman“.

    Tritantaxmesning relyefi: "Bu Tritantaxmes. U yolgʻon gapirib, "Men Sagartiya shohiman, Kiaksar oilasidanman.

    Araxaning relyefi: "Bu Araxa. U yolgʻon gapirdi: "Men Nabonidning oʻgʻli Navuxadnazarman. Men Bobilda shohman

    Fradaning o`ymasi: "Bu Frada. Men Marg'iona podshosiman" deb yolg'on gapirdi.
    Skunxaning Behistun relyefi. Yorliq: Bu Saka Skunxa.

    Adabiyotlar

    *Adkins, Lesley, Empires of the Plain: Henry Rawlinson and the Lost Languages of Babylon, St. Martinʼs Press, New York, 2003.

    • Rawlinson, H. C., Archaeologia, 1853, vol. xxxiv, p. 74.
    • Thompson, R. Campbell. „The Rock of Behistun“. Wonders of the Past. Edited by Sir J. A. Hammerton. Vol. II. New York: Wise and Co., 1937.


    Yuqori