Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Bayot, bayotlar — qadimgi oʻgʻuz qabilalaridan biri. Turkman tili lahjasida soʻzlashgan. 9-X asrlarda qay qabilasi bilan birga Dashti Qipchokda yirik oʻgʻuz qab

Bayot (qabila)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bayot, bayotlar — qadimgi oʻgʻuz qabilalaridan biri. Turkman tili lahjasida soʻzlashgan. 9-X asrlarda qay qabilasi bilan birga Dashti Qipchokda yirik oʻgʻuz qabilalari ittifoqiga bosh boʻlgan. XVI asr boshida shimoliy turkman qabilalari tazyiqi ostida Bayotning katta guruhi Sharqiy Xurosondan Amudaryoning oʻrta oqimi atroflari va Qorakoʻl vohasiga (Buxoroning gʻarbida) koʻchib kelishgan. XX asrda turkman, ozarbayjon, oʻzbek xalqlari tarkibiga kirgan. 1920-yilda Oʻzbekistonda (Qorakoʻl tumani va Buxoro atroflarida) 1460, 1924-yillarda Turkmanistonda 10,5 ming Bayot roʻyxatga olingan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Yuqori