Robiʼa ul-Adaviya | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlar | |
| Dini | Islom |
| Era | Islom oltin davri (Damashq va Bagʻdod xalifaligi) |
| Asosiy qiziqish(lar)i | Tasavvuf, zohidlik |
| Mashhur fikr(lar)i | Ilohiy ishq |
Robiya al-Adabiya (arabcha: رابعة العدوية القيسية البصرية); Robiʼa ul-Adaviya deb ham yoziladi; 713/714 — 801) — zohidlikning ilk vakilasi. Qashshoq arab oilasida tugʻilib, choʻri qilib sotilgan. Keyinchalik xudojoʻyligi va zohidlarga xos turmush tarziga ixlos bilan rioya etgani sababli ozodlikka chiqarilgan. Bir necha yil sahroda yolgʻizlikda kun kechirgan, keyin Basrada yashagan. Robiya al-Adabiya Allohni sevishdan boshqa jamiki narsalarni rad etish tarafdori boʻlgan. Allohdan hech bir ta'ma — manfaat koʻzlamay, uni mutlaq sevish — inson maʼnaviy hayotining mohiyati ekanini zohidlardan birinchi boʻlib taʼkidlagan. Uning gʻoyalari keyingi avlod so'fiylari orasida keng tarqalib, Bistomiy, Xalloj, Ibn Farid, Ibn Arabiy va boshqa so'fiylar taʼlimotining asosini tashkil etgan. Robiya al-Adabiya taqvodorlik, Allohni sevish namunasi deb bilinib, avliyo sifatida ulugʻlanadi. Robiyatul Adaviya oiladagi to'rt qizning so'nggisi bo'ladi. Islomni qabul qilgan, Robbisiga itoatkor otasi va onasi ham qullikdan ozod qilingan bo'lishadi. Robiyatul Adaviyaning oilasi faqir bo'ladi. Robiya Basra shahrida tug'ilib, tug'ilishi bilanoq butun Basra ahliga quvonch olib keladi, kelgan chaqaloq o'z barakasi bilan kelgan bo'ladi. Butun umrini Allohga bag'ishlagan Robiyatul Adaviya, sultondan sovchi kelganida ham, Allohga ibodat qilish yo'lida chalg'ishdan qo'rqib turmushga chiqmadi. Unga qancha mol-mulkni taklif qilishdi, lekin u Basra shahrining bir kichik kulbasida nafsi bilan bo'lgan kurashda g'olib bo'ldi. Uning butun hayoti va Allohga oshiqligi haqida Sa'diya Erol Aykachning "Men Robiya" kitobidan batafsil bilishingiz mumkin.
- Pages using infobox religious biography with unsupported parameters
- No local image but image on Wikidata
- Islom shaxsiyatlari haqidagi chala maqolalar