Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

„Bakinskiy rabochiy“ (oʻzbekcha: Boku ishchisi) – Ozarbayjonda rus tilida nashr etiladigan ijtimoiy-siyosiy gazeta. Gazeta Ozarbayjonda va xorijda boʻlayotgan i

Bakinskiy rabochiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bakinskiy rabochiy
Turi ijtimoiy-siyosiy
Asos solingan 1906-yil
Bosh muharrir Ilgar Guseynov
Tili ruscha
Bosh ofisi Boku, Bulbul shox koʻchasi, 18-uy
Adadi 3 ming
Vebsayt http://www.br.az/

„Bakinskiy rabochiy“ (oʻzbekcha: Boku ishchisi) – Ozarbayjonda rus tilida nashr etiladigan ijtimoiy-siyosiy gazeta. Gazeta Ozarbayjonda va xorijda boʻlayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni yoritib boradi.

Tarixi

„Bakinskiy rabochiy“ gazetasi tahririyati, Boku, 1908-yil

Rossiya sotsial-demokratik ishchi partiyasi Boku tashkilotining matbaa organi sifatida gazetaning ilk soni 1906-yil aprelda (boshqa manbaga koʻra mayda) noqonuniy ranishda chop etilgan. Gazeta tashkil etilishida Iosif Stalin ishtirok etgan.

1908-yil sentyabrda gazeta qonuniy nashr etila boshlandi, biroq oktyabrga kelib „zararli yoʻnalishda“ ekanligi tufayli politsiya tomonidan yopildi.

1917-yil 22-aprelda gazeta nashr etilishi qayta tiklandi va 1918-yil 10-avgustgacha davom etdi. Bu davrda gazeta muharrirlaridan bir Prokofiy Japaridze boʻlgan.

1920-yil 25-iyuldan boshlab gazeta dastlab „Azerbaydjanskaya bednota“ (oʻzbekcha: Ozarbayjon kambagʻallari) nomi bilan, 7-noyabrdan esa „Bakinskiy rabochiy“ nomi bilan chiqa boshladi. Ozarbayjon SSR Kommunistik partiyasining Markaziy organi boʻlgan. Sergey Yeseninning aksar sheʼrlari birinchi marta gazetada bosilgan.

1969-yilda adadi 130 ming nusxani tashkil qilgan boʻlsa, 2009-yilda 3 ming nusxagacha kamaygan.

Mukofotlari

  • Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1946-yil 8-iyun) – birinchi soni nashr etilganining 40 yilligi munosabati bilan ishchilarni siyosiy tarbiyalash va Ozarbayjon SSR ishchilari, dehqonlari va ziyolilarini sotsialistik qurilish vazifalarini bajarishga safarbar etishdagi xizmatlari uchun.
  • Rossiya Federatsiyasi Prezidentidan minnatdorchilik (1999-yil 21-iyun, Rossiya) – koʻp yillik faol faoliyati va chet elda rus matbuotini rivojlantirishga qoʻshgan katta hissasi uchun.

Muharrirlari

  • 1917—1918-yillar – Prokofiy Japaridze
  • 1922—1925-yillar – Pyotr Chagin
  • 1931—1933-yillar – Ivan Morozov (1889—1957)
  • 1936-yil – N. K. Beliy
  • 1940-yillarda (urush oxiri – 1947-yil) – Genrix Pisman
  • 1946-yil – Andrey Malyutin
  • 1950-yillardan 1970-yillargacha – Mixail Okulov
  • 2001—2011-yillar – Agabek Askerov
  • 2011—2021-yillar – Raxman Gadjiev
  • 2021-yildan hozirga qadar – Ilgar Guseynov
Yuqori