Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Azizbek Murodulla oʻgʻli Turgʻunboyev (1994-yil 1-oktyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, „Andijon“ va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ya

Azizbek Turgʻunboyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Aziz va familiyasi Turgʻunboyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Azizbek Turgʻunboyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Azizbek Murodulla oʻgʻli Turgʻunboyev
Tavallud sanasi 1994-yil 1-oktyabr (1994-10-01) (31 yosh)
Tavallud joyi Pop tumani, Oʻzbekiston
Boʻyi 1.73 m (5 ft 8 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Andijon
Raqami 17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2014 Navbahor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2018 Navbahor 76 (15)
2019—2021 Navbahor 42 (13)
2021—2023 Paxtakor 75 (13)
2024—2025 Sivaspor 33 (1)
2026— Andijon 0 (0)
Milliy terma jamoa
2018 Oʻzbekiston U23 5 (1)
2018— Oʻzbekiston 43 (6)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 10-iyun uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2026-yil 17-fevral uchun)

Azizbek Murodulla oʻgʻli Turgʻunboyev (1994-yil 1-oktyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, „Andijon“ va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi.

Futbolchilik faoliyati

Fargʻona vodiysining Pop tumanida tugʻilgan Turgʻunboyev faoliyatini oʻzi tugʻilib oʻsgan Namanganning „Navbahor“ klubida boshlagan. Namanganning „Navbahor“ klubi tarbiyalanuvchisi. U ushbu klubning yoshlar jamoasida oʻynagan va 2015-yildan 2021-yilgacha „Navbahor“ klubining asosiy jamoasi safida toʻp surgan. 2018-yilgi mavsumda yakunida Oliy ligada 3-oʻrinni egallagan boʻlsa, Turgʻunboyevning oʻzi bu yilda 27 oʻyinda 7 ta gol urgan.

2018-yil 23-mart, Keniya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida 23 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasida debyut qilgan. 28-iyun kuni olimpiya terma jamoasi tarkibida Ummon jamoasiga qarshi oʻyinda gol urgan. 2018-yil noyabr oyida Ektor Kuper Turgʻunboyevni Osiyo Kubogi turniriga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Avstraliyada boʻlib oʻtadigan terma jamoa yigʻinida ishtirok etishni taklif qilgan. Turgʻunboyev 2019-yil yanvar oyida boʻlib oʻtadigan tanlovda ishtirok etish uchun tanlangan.

2019-yil boshida futbolchi Toshkentning „Paxtakor“ klubiga oʻtishi borasida janjal markazida boʻlgan. Poytaxt klubi bilan shartnoma imzolagan Turgʻunboyev „Navbahor“ jamoasi bilan ham amalda shartnomasi mavjudligi va Namangan jamoasi tarkibida mashg;ulotlarni davom ettirishi „Paxtakor“ jamoasining rasmiy shikoyatiga sabab boʻlgan. 2019-yil 7-fevral, futbolchi ikki jamoa bilan shartnoma imzolagani uchun keyingi transfer oynasigacha diskvalifikatsiya qilingan. Transferni amalga oshirishda ishtirok etgan bir qancha xodimlar ham olti oydan ikki yilgacha muddatga futbolda faoliyat olib borishdan chetlatilgan. Nihoyat Azizbek 2021-yilgi mavsum uchun „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va Toshkent klubi tarkibiga oʻtgan.

2024-yil AFC Osiyo kubogi 2023 musoboqasida ishtirok etib qaytganidan soʻng „Paxtakor“ jamoasini tark etgan va Turkiya Superligasida ishtirok etuvchi „Sivaspor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati

U Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2018-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. U terma jamoadagi debyut uchrashuvini 2018-yilning 19-may kuni Eronga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan. Oʻsha yilning 8-iyun kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida ham Oʻzbekiston terma jamoasi safida maydonga tushgan.

Turgʻunboev Oʻzbekiston terma jamoasining 2019-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogi uchun qaydnomasiga kiritilgan va turnirda ishtirol etgan

Faoliyat statistikasi

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Xalqaro Boshqa Jami
DivisionIshtGolIshtGol Isht GolIshtGol Isht GolIshtGol
Navbahor 2015 Oʻzbekiston Oliy ligasi1000 10
2016 Oʻzbekiston Oliy ligasi14020 160
2017 Oʻzbekiston Superligasi 29 8 2 0 31 8
2018 Oʻzbekiston Superligasi 28 7 1 0 29 7
2019 Oʻzbekiston Superligasi 13 2 2 1 35 9
2020 Oʻzbekiston Superligasi 25 8 2 1 21 2
Jami 110 25 9 2 119 27
Paxtakor 2021 Oʻzbekiston Superligasi 25 5 4 0 3 0 1 0 33 5
2022 Oʻzbekiston Superligasi 26 3 2 0 6 1 1 0 35 4
2023 Oʻzbekiston Superligasi 24 5 4 1 6 2 1 0 36 8
Jami 75 13 10 1 15 3 3 0 103 17
Sivaspor 2023/2024 Turkiya Superligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
18538193 153 3 022244

Term jamoa

2024-yil 3-fevralda boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra.

Terma jamoaYilIshtGol
Oʻzbekiston 201860
201930
202050
202100
202251
202391
202462
Umumiy344

Term jamoa uchun gollar

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2022-yil 14 iyun Markaziy stadioni, Namangan, Oʻzbekiston  Tailand 2 – 0 2 – 0 2023 yilgi Osiyo kubogi saralashi
2. 2023-yil 23-sentyabr AQSH  Meksika 2 – 1 3 —3 Oʻrtoqlik uchrashuvi
3. 2024-yil 23-yanvar Al Janoub stadioni, Al Vakrah, Qatar  Avstraliya 1 – 1 1 – 1 AFC Osiyo kubogi 2023
4. 2024-yil 30-yanvar Al Janoub stadioni, Al Vakrah, Qatar  Tailand 1 – 0 2 – 1 AFC Osiyo kubogi 2023

Yutuqlar

Terma jamoa

  • MOFA millatlar kubogi sohibi: 2025

Klub

Paxtakor

Mukofotlari

2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Yuqori