Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Kimyo va fizikada Avogadro doimiysi (ramzlari: L, NA) zarrachalar (odatda atom yoki molekulalar) soni N ning modda miqdori n (mol) ga nisbati NA = N/n deb aniql

Avogadro soni

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)

Kimyo va fizikada Avogadro doimiysi (ramzlari: L, NA) zarrachalar (odatda atom yoki molekulalar) soni N ning modda miqdori n (mol) ga nisbati NA = N/n deb aniqlanadi. Yaʼni, u modda molyar massasining oʻsha modda massasiga proporsiyasi faktoridir. Avogadro doimiysi 1 mol moddadagi zarrachalar sonini koʻrsatib, 6.02214129(27)×1023 mol−1 ga tengdir.

Kimyoviy miqdorning avvalgi taʼriflarida Avogadro soni atamasi ishlatilardi. Xalqaro Birliklar Tizimi asosiy birliklari toʻplamini qayta koʻrib chiqish natijasida kimyoviy miqdor konseptini yangidan belgilashga zarurat tugʻildi. Avogadro soni fransuz olimi Perrin tomonidan bir gramm-mol vodoroddagi molekulalar soni qilib tayinlangan edi. U keyinroq 12 g uglerod-12 izotopidagi atomlar soni qilib belgilandi.

Turli birliklarda NA qiymati
6.02214129(27)×1023 mol−1
2.73159734(12)×1026 funt-mol−1
1.707248434(77)×1025 unsiya-mol−1
Yuqori