(dan yoʻnaltirildi)
Askariy mirzo (1512-1558) – Mevat va Qandahor hokimi (1530–1551). Boburiylardan. Boburning uchinchi oʻgʻli. Komron Mirzo qutquvi bilan boburiylar hukmdori Humoyunga qarshi bir necha marta isyon koʻtargan va nihoyat Kobul yaqinida boʻlgan jang (1551)da asir olinib, oʻzining talabiga koʻra hajga joʻnatilgan. 1558-yil yoʻlda olamdan oʻtib, Makkadagi qabristonga dafn etilgan. Askariy mirzo she’riyatga ixlosmand boʻlib, forsiy va turkiy tillarda gʻazallar bitgan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |