Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Asad Ismatov (1907-1953) – sovet oʻzbek teatr va kino aktyori. Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1948) unvoni sohibi.

Asad Ismatov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Asad va familiyasi Ismatov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Asad Ismatov
Tavalludi 1907
Andijon
Vafoti 17-fevral 1953-yil
Toshkent
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1935-1953
Mukofotlari O‘zbekiston SSR xalq artisti

Asad Ismatov (1907-1953) – sovet oʻzbek teatr va kino aktyori. Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1948) unvoni sohibi.

Hayoti

Isteʼdodli kino va teatr aktyori Asad Ismatov 1907-yilda Andijon viloyatining Ittifoq mahallasida tavallud topgan.

Faoliyati

1924-yilda „Umid“ truppasi nomi bilan qayta tiklangan hozirgi Andijon teatriga ishga kirgan. U teatrda rejissyor, rahbar sifatida faoliyat olib borgan. Teatrda ishlab yurgan paytlarda Shillerning „Makr va muhabbat“ pyesasida Ferdinand, Gogolning „Revizor“ pyesasida shahar hokimi rolini oʻynagan. 1928-yilda „Farhod va Shirin“ spektaklida Baxrom rolini oʻynagan. Oʻsha davrning mashhur hofizi, teatr arbobi Muhitdin Qoriyoqubov bilan uchrashuv uning hayotidagi muhim voqea boʻldi. U Muhitdin Qoriyoqubov rejissyorlik qilgan „Arshin mol-olan“ spektaklida Sulaymon rolini oʻynadi. Bundan tashqari teatrda „Ikki boyga bir malay“, „Ichkarida“ va „Adolat“ pyesalarini sahnalashtirgan. Keyinchalik Muqimiy teatrida K. Yashinning „Nurxon“ida Hoji, S. Abdullaning „Tohir va Zuhra“sida Qora Botir, Hamza teatrida „Alisher Navoiy“ spektaklida Husayn Boyqaro rollarini maromiga yetkazib ijro etgan. 1936-yilda Toshkent kinofabrikasi taklifiga binoan aktyor Toshkentga tashrif buyurgan. 1937-yili Aleksandr Usoltsev Gaff tomonidan suratga olingan birinchi ovozli film „Qasam“da bosh rollardan biri boʻlgan Azim obrazini gavdalantirdi. Keyinroq 1939-yilda „Azamat“ filmida Umar rolini oʻynagan. 1943-yilda rejissyor Yakov Protazanov tomonidan suratga olingan „Nasriddin Buxoroda“ filmida choyxonachi rolini oʻynagan. 1945 – yili suratga olingan Nabi Gʻaniyevning „Tohir va Zuhra“ filmidagi Boboxon roli Asad Ismatovga katta shuhrat keltirgan. 1947-yilda Komil Yormatov suratga olgan „Alisher Navoiy“ filmida Husayn Boyqaro rolini oʻynagan. 1948-yil Nabi Gʻaniyev oʻzbek mehnatkashlari hayoti aks ettirilgan Farg'ona qizi filmini suratga olgan. Ushbu filmda aktyor Jabbor ota obrazini gavdalantirgan. 1951-yilda esa „Paxtaoy“ filmida Bobo Mehnat rolini ijro etgan.

Vafoti

Asad Ismatov 1953-yil 17-fevral kuni Toshkent shahrida olamdan oʻtgan.

Filmografiya

  • 1937-yil – Qasamyod – Azim, mehnatkash
  • 1939-yil – Azamat – Umar
  • 1940-yil – Asal – Rizaev
  • 1941-yil – rahbarning chaqirigʻi bilan – kolxoz raisi
  • 1943-yil – Nasriddin Buxoroda – choyxonachi Ali
  • 1945-yil – Tohir va Zuhra – Boboxon
  • 1947-yil – Alisher Navoiy – Husayn Boyqaro
  • 1948-yil – Fargʻona qizi – prorab Jabbor ota
  • 1951-yil - Paxtaoy- Bobo Mehnat

Mukofot va sovrinlari

  • Mehnat Qizil Bayroq ordeni (6 mart 1950a) – 30 yilligi munosabati bilan sovet kinematografiyasini rivojlantirishdagi ajoyib xizmatlari uchun
  • O‘zbekiston SSR xalq artisti (1948)
  • Stalin mukofoti ikkinchi darajali (1948) – „Alisher Navoiy“ filmidagi Husayn Bayqaro rolini ijro etgani uchun (1947)
Yuqori