Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

„Armon“ (ruscha: Уходя, остаются) — taniqli oʻzbek rejissori Melis Abzalov 1986-yil yaratgan drama film. Filmda Ikkinchi jahon urushi yillarida oʻzbek ayollari,

Armon (film)

Armon“ (ruscha: Уходя, остаются) — taniqli oʻzbek rejissori Melis Abzalov 1986-yil yaratgan drama film. Filmda Ikkinchi jahon urushi yillarida oʻzbek ayollari, qariyalari va yoshlari qilgan mashaqqatli mehnat tasvirlangan.Kino Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tasvirga olingan

Armon

„Armon“ filmidan skrinshot. Yodgor Saʼdiyev (oʻngda) Boʻri rolida
Rejissyor(lar) Melis Abzalov
Ssenariy
muallif(lar)i
Rihsivoy Muhammadjonov
Vladimir Sokolov
Rollarda Oybarchin Bakirova
Dilorom Egamberdiyeva
Baxtiyor Zokirov
Obid Yunusov
Yodgor Saʼdiyev
Ra’no Zokirova
Diyas Rahmatov
Bastakor(lar) Rumil Vildanov
Distribyutor Oʻzbekfilm
Davomiylik 87 minut
Mamlakatlar Oʻzbek SSR, SSSR
Til oʻzbekcha

Syujeti

1920-yillarda Boʻri yosh bolaligida otasidan ayriladi. (Otasining ham ismi Boʻri boʻladi. Otasi rolini Yodgor Saʼdiyev oʻynagan.) Ulgʻaygach u shaharga borib oʻqiydi va elektr ishchisi boʻlib yetishadi. Soʻngra tugʻilgan qishlogʻiga qaytadi. Qishloqdagi barcha qizlarga manzur boʻlishiga qaramay, Boʻri allaqachon boshqa yigitga unashtirilgan Xumorni sevib qoladi. Fashistlar Olmoniyasi bilan Sovet Ittifoqi oʻrtasida urush boshlangach Boʻri hamqishloqlari bilan urushga otlanadi. U urushdan qaytib kelmaydi.

Rollarda

  • Boʻri (otasi) — Yodgor Saʼdiyev
  • Boʻri (oʻgʻli) — Baxtiyor Zokirov
  • Boyxotin — Oybarchin Bakirova
  • Rais — Obid Yunusov
  • Xumor — Dilorom Egamberdiyeva
  • Qoʻzivoy — Diyas Rahmatov
  • Oʻlmasoy — Raʼno Zokirova
Yuqori