Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Armen Yurevich Bagdasarov (1972-yil 31-iyulda Ozarbayjon SSR, Kirovobod shahrida tugʻilgan) — taniqli oʻzbek dzyudochisi va dzyudo boʻyicha murabbiy. 2005-2016-

Armen Bagdasarov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Armen Yurevich Bagdasarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 1972-yil 31-iyul (1972-07-31) (54 yosh)
Kirovobod, Ozarbayjon SSR
Sport
Qaysi sport Dzyodo
Medallar
Mehnat shuhrati ordeni
Sport mukofotlari
Olimpiya oʻyinlari
KumushAtlanta 199686kg gacha
Osiyo oʻyinlari
KumushBangkok 1998100kg gacha
Osiyo chempionati
BronzaDeli 199586kg gacha
OltinXo Shi Min 199686kg gacha
OltinVenchjou 199990kg gacha
BronzaOsaka 2000100kg gacha
Universiada
KumushPalma de Malorka 199990kg gacha

Armen Yurevich Bagdasarov (1972-yil 31-iyulda Ozarbayjon SSR, Kirovobod shahrida tugʻilgan) — taniqli oʻzbek dzyudochisi va dzyudo boʻyicha murabbiy. 2005-2016-yillarda Oʻzbekiston dzyudo federasiyasi prezidenti. Armen Bagdasarovning afsonaviy xizmati shundaki, u mustaqil Oʻzbekiston tarixida mamlakatga yozgi Olimpiya oʻyinlari medalini qoʻlga kiritgan birinchi sportchi hisoblanadi.2007-2021-yillarda Xalqaro dzyudo federasiyasi (IJF) sport direktori, 2021-yilda Xalqaro dzyudo federasiyasi Referi direktori,  2017-yilda esa 8 dan (DAN) bilan taqdirlangan.

Tarjimai hol

1990-1992-yillarda Yoshlar oʻrtasida SSSR chempionati birinchi gʻolibi. 1992-yilda 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati birinchi bronza medali sovrindori boʻlgan. 1993-2001-yillarda Armen Bagdasarov dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. Uning sport faoliyatidagi choʻqqisi 1996-yilga toʻgʻri kelib,  Osiyo chempioni boʻlgan va Atlantadagi Olimpiya oʻyinlarining kumush medalini qoʻlga kiritgan. Bagdasarov 1998-yilda ham Osiyo oʻyinlarining kumush medali sohibi boʻldi, 1999-yilda esa yana Osiyo chempionatida qoʻli baland kelib, Oʻzbekiston mustaqilligining oʻn yilligi bilan markalar seriyasi chiqarildi, ulardan biri Armen Bagdasarovning sport yutuqlariga bagʻishlangan.

Bagdasarov Armen Yuriyevichning murabbiylari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy Pyatayev Vladimir Evgeniyevich va Morduxayev Isaak Ilichlar edi.

2001-yilda Armen Bagdasarov sportdagi faoliyatini yakunlab, dastlab dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi, 2005-yilda esa ushbu sport turining milliy federasiyasini boshqargan. Shu bilan bir qatorda sportning jangovar turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati direktori ham sanaladi. 2007-yilda Xalqaro dzyudo federasiyasi (IJF) sport direktori etib saylanadi. 2021-yilda Xalqaro dzyudo federasiyasi (IJF) hakami direktori lavozimiga tayinlanadi.

Mukofot va unvonlar

  • “Mehnat shuhrati” ordeni (1996)
  • Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000)
  • Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy (2006)
Yuqori