| | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Qin Sheng | ||
| Tavallud sanasi | 1986-yil 2-noyabr | ||
| Tavallud joyi | Dalian, Liaoning, Xitoy | ||
| Boʻyi | 1.86 m (6 ft 1 in) | ||
| Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Shanghai Shenhua | ||
| Raqami | 26 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1999—2004 | Shandong Luneng | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2005—2008 | Qingdao Jonoon | 45 | (0) |
| 2008—2010 | Jiangsu Sainty | 58 | (2) |
| 2011 | Liaoning Whowin | 28 | (0) |
| 2012—2014 | Guangzhou Evergrande | 35 | (1) |
| 2014 | Meizhou Kejia | 13 | (5) |
| 2015 | Liaoning Whowin | 24 | (1) |
| 2016—2018 | Shanghai Shenhua | 41 | (0) |
| 2018 | → Dalian Yifang (Ijara) | 13 | (0) |
| 2019 | Dalian Yifang | 21 | (1) |
| 2020 | Shanghai Shenhua | 12 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2012—2013 | Xitoy | 10 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (31-dekabr uchun) | |||
Qin Sheng (talaffuzi: Sin Shen) (1986-yil 2-noyabrda Dalyan shahrida tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, Xitoy Superligasining „Shanghai Shenhua“ jamoasida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Qingdao Jonoon
Qin Sheng Dalyan shahrida tugʻilib oʻsgan boʻlsa-da, u 1999-yilda Shandongga koʻchib oʻtgan va Shandong Luneng yoshlar jamoalarida oʻynagan. Qin kattalar jamoasiga kira olmagan. 2005-yilgi mavsum boshida yuqori divizion vakili Qingdao Jonoong jamoasiga qoʻshilgan. Qingdaoda unga kattalar jamoasiga kirish imkoniyati berilgan va 2005-yilning 2-aprelida "Shanghai Shenhua "ga qarshi 2-0 oʻyinda ligadagi debyutini oʻtkazgan. Qingdaoda u 2007-yil 7-aprelda Changchun Yataiga qarshi 2:1 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng murabbiy Yin Tiesheng bilan janjallashib qolgan va jamoada oʻz oʻrnini yoʻqotgan. Keyingi mavsumda, Shandong yoshlar boʻyicha sobiq murabbiyi Guo Kanfeng jamoani boshqarishga kelganida, Qinga jamoada yana bir imkoniyat berilgan, ammo Qin bu imkoniyatdan foydalana olmagan va ligada bor-yoʻgʻi sakkizta oʻyinida maydonga tushgan.
Jiangsu Sainty
2008-yil sentabrida Qin 1 million yevro evaziga ikkinchi divizion vakli „Jiangsu Sainty“ klubiga oʻtgan va 2008-yil 27-sentyabrda „Chongqing Lifan“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Liga davomida Qin oʻzining birinchi golini 2008-yil 31-oktyabrda Shanghai East Asia jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan. Mavsum oxiriga kelib, Qin ligada yettita oʻyinda qatnashib, bitta gol urgan, Jiangsu divizion chempionligini qoʻlga kiritgan holda yuqori divizionga koʻtarilgan.
Liaoning Whowin
Qin 2011-yilning yanvarida erkin agent sifatida Liaoning Whowinga koʻchib oʻtgan. Qin klubda bir mavsum oʻynagan va 2011-yilgi mavsumni munosib oʻtkazgan, 28 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Guangzhou Evergrand
Qin 2012-yilning 10-yanvarida „Guangzhou Evergrand“ga oʻtgan. 2012-yilning 3-fevralida u 2012-yil Marbella kubogi doirasidagi CSKA Moskvaga qarshi oʻyinda (1:0) „Guangzhou“ safidagi ilk golini kiritgan. 2012-yilning 25-fevralida u Xitoy Superkubogi uchun „Tianjin Teda“ga qarshi oʻyinda (2:1) „Guangzhou“ safida rasman debyut qilgan va 59-daqiqada Zhao Xurining oʻrniga maydonga tushgan. Qin ligadagi debyutini mavsumning uchinchi turida 2012-yil 25-mart kuni „Henan Construction“ga qarshi yettinchi liga oʻyinida „Guangzhou“ uchun birinchi ligadagi golini urgan.
Qin 2014-yilgi mavsum boshida jamoa bosh murabbiyi Marselo Lippi bilan janjallashgan soʻngra murabbiylar shtabi aʼzosi bilan janjallashib qolgan va Lippi buni noprofessionallik deb hisoblab uni zahira futbolchisiga aylantirgan. U Guangzhou tomonidan isteʼfoga chiqarilgan va 2014-yilning iyul oyida Xitoyning ikkinchi ligasi vakili Meizhou Kejia bilan yarim yillik shartnoma imzolagan.
Liaoningga qaytish
Shanhai Shenhua bilan muvaffaqiyatsiz mavsumdan soʻng, Qin 2015-yil 27-fevralda Liaoning Whowinga qaytgan. U 2015-yil 7-mart kuni „Guizhou Renhe“ ga qarshi oʻyinda maydinga tushib, 4-daqiqada Chukaning gʻalaba goliga assistentlik qilgan. U Liaoning uchun birinchi golini 2015-yilning 21-martida Shijiazhuang Ever Brightga qarshi oʻyinda kiritgan. 2015-yilning 24-may kuni „Chongqing Lifan“ga qarshi oʻyinda Qin tezda jarima zarbasini amalga oshiribgolga assistentlik qilgan. 2015-yilgi mavsumda u 24 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Shanghai Shenhua
2016-yilning 15-yanvarida Qin Xitoy Superligasi vakili „Shanghai Shenhua“ga oʻtgan. U 2016-yilning 5-mart kuni „Shanhai“ safida „Yanbian Funde“ga qarshi oʻz uyida 1:1 hisobida durang oʻynagan. U 2016-yilgi mavsumda 13 ta sariq kartochka olgan, shulardan 11 tasi ligada va ikkitasi FA kubogida, bu ligadagi eng yuqori koʻrsatkich hisoblangan. 2017-yilning 11-martida Qin „Tianjin Quanjian“ga qarshi liga oʻyinida Axel Vitselni ataylab qoʻpollik ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan. Qin 300 000 ¥ miqdorida jarimaga tortilgan va ertasi kuni klub tomonidan zaxira jamoasiga tushirilgan.
Dalian Yifang
2018-yilning 21-iyunida Qin mavsumning qolgan qismi uchun oʻz shahrining „Dalian Yifang“ klubiga ijaraga berilgan. 2018-yilning 7-iyulida u Xitoy FA kubogi chorak finalining birinchi oʻyinida „Sichuan Jiuniu“ga qarshi oʻyinda 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. U 2018-yilning 18-iyulida „Hebei China Fortune“ga qarshi oʻyinda 0:0 hisobida durang oʻynagan va 75-daqiqada Zhou Ting oʻrniga maydonga tushgan. 2018-yilning 24-iyulida u Xitoy FA kubogi chorak finalining javob uchrashuvida „Sichuan Jiuniu“ga qarshi oʻyinda oʻzining birinchi golini — penaltidan kiritgan.
Qin 2019-yil 13-fevralda Dalian Yifangga transfer qilingan.
Xalqaro faoliyati
Qin 2012-yil 22-fevral kuni Xitoy terma jamoasi safida Quvaytga qarshi oʻyinda maydonga tushgan. 2013-yilning 11-iyunida u Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Jonathan de Guzmanga qoʻpollik qilgani uchun qizil kartochka olgan. Qin oʻzining soʻnggi xalqaro oʻyinini 2013-yil 15-iyun kuni Tailandga qarshi oʻtkazgan.
Faoliyat statistikasi
| Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Liga Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Qingdao Jonoon | 2005 | Xitoy Super Ligasi | 16 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | - | - | 17 | 0 | ||
| 2006 | 16 | 0 | 1 | 0 | - | - | - | 17 | 0 | |||||
| 2007 | 5 | 0 | - | - | - | - | 5 | 0 | ||||||
| 2008 | 8 | 0 | - | - | - | - | 8 | 0 | ||||||
| Jami | 45 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 47 | 0 | ||
| Jiangsu Sainty | 2008 | Xitoy Birinchi Ligasi | 7 | 1 | - | - | - | - | 7 | 1 | ||||
| 2009 | Xitoy Super Ligasi | 23 | 0 | - | - | - | - | 23 | 0 | |||||
| 2010 | 28 | 1 | - | - | - | - | 28 | 1 | ||||||
| Jami | 58 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 58 | 2 | ||
| Liaoning Whowin | 2011 | Xitoy Super Ligasi | 28 | 0 | 1 | 0 | - | - | - | 29 | 0 | |||
| Guangzhou Evergrande | 2012 | 21 | 1 | 4 | 0 | - | 5 | 0 | 1 | 0 | 31 | 1 | ||
| 2013 | 14 | 0 | 3 | 0 | - | 7 | 0 | 0 | 0 | 24 | 0 | |||
| 2014 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | |||
| Jami | 35 | 1 | 7 | 0 | 0 | 0 | 12 | 0 | 2 | 0 | 56 | 1 | ||
| Meizhou Kejia | 2014 | Xitoy Ikkinchi Ligasi | 13 | 5 | 1 | 0 | - | - | - | 14 | 5 | |||
| Liaoning Whowin | 2015 | Xitoy Super Ligasi | 24 | 1 | 1 | 0 | - | - | - | 25 | 1 | |||
| Shanghai Shenhua | 2016 | 27 | 0 | 3 | 0 | - | - | - | 30 | 0 | ||||
| 2017 | 5 | 0 | 4 | 0 | - | 1 | 0 | - | 10 | 0 | ||||
| 2018 | 9 | 0 | 1 | 0 | - | 4 | 0 | 1 | 0 | 15 | 0 | |||
| Jami | 41 | 0 | 8 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | 1 | 0 | 55 | 0 | ||
| Dalian Yifang (Ijara) | 2018 | Xitoy Super Ligasi | 13 | 0 | 4 | 1 | - | - | - | 17 | 1 | |||
| Dalian Yifang | 2019 | 21 | 1 | 3 | 0 | - | - | - | 24 | 1 | ||||
| Shanghai Shenhua | 2020 | 12 | 0 | 1 | 0 | - | 4 | 0 | - | 17 | 0 | |||
| Karyerada jami | 290 | 10 | 27 | 1 | 1 | 0 | 21 | 0 | 3 | 0 | 342 | 11 | ||
Yutuqlar
Klub
Jiangsu Sainty
- Xitoy Birinchi ligasi : 2008
- Xitoy Superligasi : 2012, 2013
- Xitoy FA kubogi : 2012
- Xitoy FA Superkubogi : 2012-yil
- Osiyo Chempionlar Ligasi : 2013-yil
Shanghai Shenhua
- Xitoy FA kubogi : 2017
- 2-noyabrda tugʻilganlar
- 1986-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Xitoylik erkak futbolchilar
