
Ari (Janet van Dyne) — Stan Lee, Jack Kirby va Ernie Hart tomonidan yaratilgan Marvel komikslaridagi xayoliy qahramon. U ilk marotaba Tales to Astonish komikslar seriyasida paydo boʻlgan (1963-yil iyun, 44-son). Ari — Qasoskorlar jamoasi asoschilaridan biri, shuningdek, jamoaning yetakchisi. U kattalashish va kichrayish qobiliyatiga ega, qanotlari bilan ham ucha oladi.
Komikslardagi qahramonning koʻrinishlari
U birinchi marta 1963-yil iyun oyida Tales to Astonish komikslar seriyasining 44-sonida paydo boʻldi.
1970-yilgi The Avengers komiksida rassom George Pérez qahramonning kostyumini bir necha marta oʻzgartirgan, bu esa qahramonga sezilarli taʼsir koʻrsatgan.
Qahramonning biografiyasi
Janet van Dyne Nyu-Jersida tugʻilgan. Uning otasi — boy olim Vernon van Dyne.
Filmlar va multseriallardagi rollari
Uni The Avengers: United They Stand, The Avengers: Earth's Mightiest Heroes kabi multseriallarda koʻrish mumkin. Janet van Dyne Marvel kinematografiya koinotining bir qismi boʻlgan quyidagi filmlarda rol ijro etgan:
- „Chumoli-odam“ filmida u fleshbekda paydo boʻladi, uni Hayley Lovitt ovozlashtirgan.
- „Chumoli-odam va Ari“, „Qasoskorlar: Intiho“, „Ant-Man and the Wasp: Quantumania“ filmlarida uning rolini Michelle Pfeiffer ijro etadi.
Tanqid va sharhlar
Ari IGN „Top 100 komiks qahramonlari“ roʻyxatida 99-oʻrinni va IGN „Eng yaxshi 50 qasoskor“ roʻyxatida 26-oʻrinni egalladi. Syfy.com sayti Arini eng feministik qahramonlardan biri deb atadi.
- Marvel Comics qahramonlari
- Komiks qahramonlari