Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Didar Gurbangeldiyevich Durdyyev (turkmancha: Didar Gurbangeldiýewiç Durdyýew; 1993-yil 16-iyul, Bolqonobod) – Turkmanistonning professional futbolchisi, FC Aha

Didar Durdyýew

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Didar Durdyýew
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Didar Gurbangeldyýewiç Durdyýew
Tavallud sanasi 1993-yil 16-iyul (1993-07-16) (33 yosh)
Tavallud joyi Bolqonobod, Bolqon viloyati Turkmaniston
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Arkadag
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012 Ahal 31 (14)
2013–2014 Altyn Asyr 69 (42)
2015 Hazyna
2016 Altyn Asyr
2017 Aşgabat
2018–2019 Ahal 15 (14)
2020 Mashʼal 5 (0)
2021–2022 Ahal 43 (46)
2023 Arkadag 59 (65)
Milliy terma jamoa
2012–2019 Turkmaniston 22 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 7-avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 7-avgust uchun)

 

Didar Gurbangeldiyevich Durdyyev (turkmancha: Didar Gurbangeldiýewiç Durdyýew; 1993-yil 16-iyul, Bolqonobod) – Turkmanistonning professional futbolchisi, FC Ahal klubi va Turkmaniston milliy futbol jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Biografiya

U Ashxobodning Olimp futbol maktabida futboldan taʼlim olgan. Didar shuningdek, Turkmaniston davlat iqtisodiyot va boshqaruv institutida ham taʼlim olgan. Didar Durdyevning otasi Gurbangeldi ham turkmanistonlik sobiq futbolchi, milliy terma jamoada oʻynagan.

Klub faoliyati

U oʻz faoliyatini 2012-yilda „Ahal“ futbol klubida boshlagan. Dastlabki masvumining oʻzida Turkmaniston chempionatining uchinchi toʻpurari boʻlgan (14 gol).

2014-yilda „Oltin Asir“ jamoasi bilan Yoqar Ligada oltin medalni qoʻlga kiritgan va musoboqada ikkinchi toʻpurar boʻlgan (26 gol). 2015-yilning fevral oyida u „Oltin Asir“ jamoasi tarkibidagi soʻnggi oʻyinini OFK kubogida „Al-Saqr“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi.

2015-yilning mart oyidan „Xazyna“ klubi shartnoma imzoladi.

2020-yil yanvar oyida Durdyev Qozogʻiston birinchi divizioni „Aktobe“ klubida qishki sinov mashgʻulotlarida qatnashdi.

2020-yilning mart oyida u Oʻzbekistonning „Mashʼal Muborak“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2020-yil 7-mart kuni Durdiyev Oʻzbekiston Superligasida „Bunyodkor“ ga qarshi oʻyinda (1:0) debyut qildi. 2020-yil avgust oyida klubni tark etadi.

2021-yil mart oyida Durdyyev „Ahal“ klubiga qaytdi.

Durdyevning Turkmaniston Yokari ligasida masvum davomida 27 ta goli bialn 2022 yilgi chempionat toʻpurari sifatida yakunladi. Buning natijasida Durdyevning jamoasi „Ahal“ klubi tarixda birinchi marta Turkmaniston chempionligini qoʻlga kiritdi.

Milliy terma jamoa

2013-yilgi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi kubogida Turkmaniston U 22 terma jamoasida oʻynagan.

Durdiyev 2012-yil OFK Chaqiruv kubogida kattalar terma jamoasidagi debyutini oʻtkazdi. 2014-yilgi OFK Chaqiruv kubogida Laosga qarshi oʻyinda 5:1 hisobida gʻalaba qozongan holda ikkita gol urdi.

Yutuqlar

Ahal FK

  • Turkmaniston Yokari ligasi : 2022
  • Turkmaniston kubogi : 2022

Mamlakat

  • OFK Chaqiruv kubogi: Ikkinchi oʻrin (1): 2012
Yuqori