Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Andrey Oleksiyovich Lunin (ukraincha: Андрій Олексійович Лунін Andrey Lunin; 1999-yil 11-fevralda tugʻilgan) – ukrainalik professional futbolchi, La Liganing „R

Andriy Lunin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Andriy Lunin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andriy Oleksiyovich Lunin
Tavallud sanasi 1999-yil 11-fevral (1999-02-11) (27 yosh)
Tavallud joyi Berestin, Ukraina
Boʻyi 192 cm (6 ft 3 1⁄2 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Real Madrid
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012—2015 Metalist Xarkov
2015—2016 Dnipro
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2017 Dnipro 22 (0)
2017—2018 Zorya Luhansk 29 (0)
2018— Real Madrid 33 (0)
2018—2019 →  Leganés 5 (0)
2019—2020 →  Valladolid 0 (0)
2020 →  Oviedo 20 (0)
Milliy terma jamoa
2014—2015 Ukraina U16 5 (0)
2015—2016 Ukraina U17 9 (0)
2016 Ukraina U18 1 (0)
2017 Ukraina U19 3 (0)
2019 Ukraina U20 6 (0)
2017—2018 Ukraina U21 5 (0)
2018— Ukraina 13 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Andrey Oleksiyovich Lunin (ukraincha: Андрій Олексійович Лунін Andrey Lunin; 1999-yil 11-fevralda tugʻilgan) – ukrainalik professional futbolchi, La Liganing „Real Madrid“ klubi va Ukraina milliy futbol terma jamoasi darvozaboni.

Jamoalardagi faoliyati

Lunin „Metalist“ yoshlar sport maktabi (birinchi murabbiyi Aleksandr Xrabrov) va „Dnepr“ yoshlar sport maktabi (birinchi murabbiy Kostyantyn Pavlyuchenko) jamoasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Dnepr

2016-yilning yozidan boshlab, oʻsmirlar sport maktabini tugatgandan soʻng, u „Dnepr“ zaxira jamoasida oʻynadi. Lunin 17 yoshida asosiy tarkib futbolchisi sifatida 2016-yil 16-oktyabr kuni Ukraina Premer-ligasida Lvovning „Karpaty“ klubiga qarshi oʻyinda debyut qildi. Mavsumning qolgan qismida „Dnepr“ning birinchi raqamli darvozaboni boʻlib, jamoa safida liga va klub musobaqalarida jami 25ta oʻyinda maydonga tushdi. Biroq mavsum yakunida moliyaviy tartibsizliklar tufayli „Dnepr“ toʻgʻridan-toʻgʻri Ukraina Ikkinchi ligasiga (futbolning uchinchi darajasi) tushib ketdi va koʻplab oʻyinchilar, jumladan, Luninga ham klubni tark etishga ruxsat berildi.

Zorya Lugansk

Lunin 2017-18-yilgi mavsumni „Zorya Lugansk“ klubi tarkibida oʻtkazib, u yerda ham qisqa muddat ichida oʻzini birinchi darvozabon sifatida koʻrsatdi. 2017-yilning 14-sentyabrida Lunin Yevropa Ligasi guruh bosqichida „Arena Lvov“ oʻyingohida „Östersunds“ga qarshi bahsda (0:2) Yevropadagi debyutini oʻtkazdi. U oʻsha mavsumda barcha musobaqalarda 36 ta oʻyinda, shu jumladan, Zoryaning Yevropa Ligasidagi oltita oʻyinida maydonga tushdi.

Real Madrid

Lunin Ispaniya kubogi doirasida CD Leganésga qarshi oʻyinda.

2018-yilning 19-iyunida Madridning „Real“ klubi Zorya Lugansk bilan Lunin transferi yuzasidan 8,5 million yevro va 5 million bonuslar evaziga kelishuvga erishdi. Toʻrt kundan soʻng shartnoma imzolandi va u klub tarixidagi birinchi ukrainalik futbolchiga aylandi. 2018-yilning 27-avgustida u La Liganingboshqa bir jamoasi CD Leganesga ijaraga berildi. Chempionatning yarmida u Ivan Kuelyarning oʻrinbosari boʻlishidan mamnun ekanligini va shartnomasini yakunlashini aytdi.

2019-yil 13-avgustda u 2019/20 yilgi mavsum uchun „Real Valyadolid“ ga ijaraga berildi. 2019-yil 15-oktyabrda Lunin 2019-yilgi Golden Boy mukofoti uchun 21 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi 20 nafar futbolchi roʻyxatiga kiritildi.

2020-yilning 15-yanvarida „Real Valyadolid“ bilan shartnoma bekor qilindi. Oʻsha kuni Real Oviedo Luninni 2020-yilning 30-iyuniga qadar ijaraga olganini eʼlon qildi.

U 2020-21-yilgi Ispaniya Kubogi doirasida Alkoyanoga qarshi 1:2 hisobida magʻlubiyatga uchralgan bahsning qoʻshimcha boʻlimida maydonga tushib „Real Madrid“ safidagi ilk debyutini oʻtkazdi. Madridliklar 2021-22 yilgi mavsum chempionligini rasmiylashtirganidan soʻng, Lunin 2022-yil 8-may kuni Madrid derbisida „Real“ 1:0 hisobida „Atletiko“ga gʻalabani boy bergan oʻyinda La Ligadagi debyutini amalga oshirdi. 2022-yil 15-may kuni u „Kadis“ga qarshi oʻyinda harakat qilib, penaltini qaytarishga muvaffaq boʻldi va jamoani mehmondagi magʻlubiyatdan asrab qoldi (1:1).

Xalqaro maydondagi karyerasi

Lunin Ukraina terma jamoasidagi debyutini 19 yoshida, 2018-yilning 23-mart kuni Saudiya Arabistoni bilan oʻrtoqlik uchrashuvida (1:1) oʻtkazdi.

2019-yilda u Ukraina U20 terma jamoasi safida FIFA U-20 Jahon chempionatidagi birinchi gʻalabasiga erishdi. U jamoaning yettita oʻyinidan oltitasida maydonga tushdi, Serbiya va Lyuksemburgga qarshi UEFA Yevro-2020 saralash bosqichi oʻyinlarida Ukrainaning asosiy tarkibiga chaqirilgani uchun Kolumbiyaga qarshi chorak final uchrashuvini oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi. Janubiy Koreyaga qarshi kechgan final oʻyinidan soʻng (3:1) Lunin turnirning eng yaxshi darvozaboni sifatida „Oltin qoʻlqop“ bilan taqdirlandi.

Karyera statistikasi

Klub

2022-yil 15-may holatiga koʻra
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Mintaqaviy Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Dnepr 2016-17 Ukraina Premer-ligasi 22 0 3 0 — 25 0
Zorya Lugansk 2017-18 Ukraina Premer-ligasi 29 0 1 0 6 0 36 0
Real Madrid 2018-19 La Liga 0 0 0 0 0 0 0 0
2020-21 La Liga 0 0 1 0 0 0 1 0
2021-22 La Liga 2 0 2 0 0 0 4 0
2022-23 La Liga 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 2 0 3 0 0 0 5 0
Leganes (ijara) 2018-19 La Liga 5 0 2 0 — 7 0
Valyadolid (ijara) 2019-20 La Liga 0 0 2 0 — 2 0
Oviedo (ijara) 2019-20 Segunda divizioni 20 0 — — 20 0
Karyera jami 78 0 11 0 6 0 95 0

Xalqaro

202-yil 8-iyun holatiga koʻra
Ukraina
Yil Oʻyin Gol
2018 4 0
2019 1 0
2020 1 0
2022 1 0
Jami 7 0

Sovrinlari

Real Madrid

Ukraina U20

  • FIFA U-20 Jahon chempionati: 2019

Individual

  • Ukrainaning oltin isteʼdodi: 2017-yil
  • FIFA U-20 Jahon chempionati Oltin qoʻlqop: 2019
Yuqori