![]() Bayındır 2021-yilda | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Altay Bayındır | ||
| Tavallud sanasi | 1998-yil 14-aprel | ||
| Tavallud joyi | Osmangazi, Turkiya | ||
| Boʻyi | 1.98 m | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Manchester United | ||
| Raqami | 1 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2007–2011 | Bursaspor | ||
| 2011–2012 | Arabayatağıspor | ||
| 2012–2013 | Bursa Yolspor | ||
| 2013–2016 | Ankaragücü | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2016–2019 | Ankaragücü | 28 | (0) |
| 2019–2023 | Fenerbahçe | 116 | (0) |
| 2023– | Manchester United | 4 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2014 | Turkiya U17 | 1 | (0) |
| 2017 | Turkiya U19 | 1 | (0) |
| 2018 | Turkiya U20 | 2 | (0) |
| 2018 | Turkiya U21 | 10 | (0) |
| 2021– | Turkiya | 1 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (25-may uchun) | |||
Altay Bayındır (1998-yil 14-aprelda tug‘ilgan) — turkiyalik professional futbolchi. Angliya Premyer-ligasining Manchester United futbol klubi va Turkiya milliy futbol terma jamoasi safida to‘p suradi.
Klublardagi faoliyati
Anqaragücü
Bayındır Turkiya Superligasidagi oʻzining debyut oʻyinini 2018-yil 30-noyabrda Çaykur Rizespor jamoasiga qarshi oʻtkazgan.
Fenerbahçe
2019-yil 8-iyulda Bayındır Fenerbahçe bilan to‘rt yillik shartnoma imzolagan. U jamoadoshi Harun Tekin bilan raqobatda ustun kelgan va jamoaning asosiy darvozaboniga aylangan. 2019-yil 19-avgust kuni u Gaziantep jamoasiga qarshi Şükrü Saracoğlu stadionida boʻlib oʻtgan o‘yinda Fenerbahçe safida debyut qilgan.
2020-yil 3-oktabrda Bayındır Fatih Karagümrükga qarshi 4-tur o‘yinida Erik Saboning penaltisini qaytargan. Bu o‘yin Fenerbahçe foydasiga 2:1 hisobida yakunlangan. 2020-yil 6-dekabrda u yana bir penalti zarbasini – bu safar Denizlispor futbolchisi Radosław Murawski tomonidan tepilgan zarbani bartaraf etgan va Fenerbahçe 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Bu o‘yinda Fenerbahçe 10 kishi bo‘lib o‘ynagan bo‘lsa-da, Bayındır yettita muhim seyv amalga oshirgan.
2021-yil 30-oktabr kuni Konyasporga qarshi uchrashuv vaqtida Bayındır Serdar Gürler bilan to‘qnashuv natijasida jarohat olgan va maydonni tark etgan. Ertasi kuni klub rasmiy bayonot bergan. Altay Bayındırning yelkasida singan joy aniqlanmagan bo‘lsa-da, akromioklavikulyar ajralish kuzatilgan. Unga operatsiya qilishga qaror qilingan va davolash jarayoni boshlangan.
2023-yil 18-mart sanasida u muddati 2023-yil oxirida tugashi kutilayotgan shartnomasini 2027-yilgacha uzaytirgan. 2023-yil 17-aprelda Bayındır operatsiya qilingan.
Manchester United
2023-yil 1-sentabrda Bayındır Manchester Yunayted klubiga to‘rt yillik shartnoma asosida qo‘shilgan. Shu tariqa u klub tarixidagi birinchi turkiyalik futbolchiga aylangan. Transfer narxi 4.3 million funt sterling deb xabar qilingan. U klub safidagi ilk o‘yinini 2024-yil 28-yanvarda Newport Countyga qarshi Angliya kubogida amalga oshirgan.
2025-yil 12-yanvarda Bayındır Arsenalga qarshi Angliya kubogi o‘yinida asosiy darvozabon sifatida maydonga tushgan. 72-daqiqada Martin Ødegaardning penaltisini qaytargan. O‘yin durrang bilan tugab navbat penaltilar seriyasigacha yetib borgan. Bayındır penaltilarda Kai Havertzning zarbasini to‘sgan va Manchester United keyingi bosqichga yo‘l olgan. Altay ushbu uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.
2025-yil 13-aprelda Bayındır Newcastle Unitedga qarshi Angliya Premyer-ligasi o‘yinida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan. O‘yin 4:1 hisobida Newcastle foydasiga yakunlangan.
Xalqaro faoliyati
Yoshlar jamoasi
Bayındır 2018-yilda Toulon turnirida Turkiya U20 terma jamoasi safida ishtirok etgan.
Kattalar terma jamoasi
Bayındır 2020-yil 9-noyabrda murabbiy Şenol Güneş tomonidan UEFA Millatlar Ligasi turniri doirasida Vengriya va Rossiyaga qarshi o‘yinlar uchun kattalar terma jamoasiga chaqirilgan. U 2021-yil 27-may kuni Ozarbayjonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ilk bor Turkiya terma jamoasi safida maydonga tushgan.
- 14-aprelda tugʻilganlar
- 1998-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Turkiyalik erkak futbolchilar
- Erkak futbol darvozabonlari
- MKE Ankaragücü futbolchilari
- Fenerbahçe S.K. futbolchilari
- Turkiya Super Ligasi futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari
- Manchester United F.C. oʻyinchilari
